Jiru: “CHelsi”dagi holatim meni xavotirga solmoqda
23 noy 2020 08:40
Yangiliklar
Jiru: “CHelsi”dagi holatim meni xavotirga solmoqda
“CHelsi”dagi holatim meni xavotirga solmoqda. Men hali ham jamoada rolim bor deb o'ylagandim. Biroq o'yin amaliyoti juda ham kamayib ketdi. Agar bu o'zgaradi, bo'lmasa qaror qabul qilishimga to'g'ri keladi. Bu boradagi poziciyam aniq. Yanvarda qaror qabul qilaman. Har doimgidek to'g'ri qaror qabul qilaman deb o'ylayman. Kimdir yoshim ancha katta ekanligi haqida gapirishi mumkin. Ammo o'zimni jismoniy jihatdan juda yaxshi his qilyapman. O'zimni yosh his qilyapman, o'ynash uchun xohish ham bor. SHunday ekan, faoliyatim yana uzoq davom etishi mumkinligini tushunyapman”, — deydi Olive Jiru.
Malumot uchun, Jiru “CHelsi” safida joriy mavsum 7 ta o'yinda qatnashdi. Hujumchi umumiy hisobda maydonda 157 daqiqa harakat qilib, 1 ta gol urdi, xolos.
Fikrlar