Jiru: "Chelsi" bu mavsumda sovrinlar uchun kurasha olishiga ishonaman"

Mirjalol Normatov
18 avg 2019, 13:44
"Chelsi" hujumchisi Olive Jiru oldindagi mavsumda jamoasi chempionlik uchun kurasha olishiga ishonmoqda.

"Liverpul"ga qarshi o'yinla eng asosiysi g'alabaga ishonayotgandik. Shu boisdan jamoadoshlarim juda engil va ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Menimcha, bu yo'ldan ketsak, kelajakda o'z mevasini beradi.

Tarkibimiz juda kuchli. Asosiysi - bizda professional va juda sifatli futbolchilar yig'ilgan. Har doim jamoada yuqori kayfiyat hukm suradi. Oldimizdagi maqsadimiz bitta va barchamiz shu yo'ldan harakatlanamiz. Shu jihatdan olib qarasak, biz ushbu mavsumda sovrinlar uchun kurasha olishimizga ishonaman", - dedi Jiru.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express