Jiru: "Arsenal"? Endi mening qonim ko'k rangda"
21 may 2019 12:08
Yangiliklar


Jiru: "Arsenal"? Endi mening qonim ko'k rangda"
"CHelsi" hujumchisi o'zining sobiq jamoasiga qarshi o'yinni intizorlik bilan kutmoqda.
"Ko'klar" hujumchisi Olive Jiru Evropa Ligasi finali doirasidagi "Arsenal"ga qarshi bahsda o'ynashga tayyor.
"Men doim sobiq jamoalarimga qarshi o'ynashni yoqtiraman. Bu qiyin va bazida og'riqli bo'lishi mumkin, ammo his-tuyg'ularni bir chetga surib qo'yish kerak".
Eslatib o'tamiz, franciyalik forvard "kanonirlar" safini 2012 yildan 2018 yilgacha, yani 6 yil himoya qilgan.
"U erda o'tkazgan damlarim menga juda ham yoqadi. Bu mening Angliyadagi birinchi jamoam va kareramning katta qismidir. U har doim alohida bo'lib qoladi, ammo hozir mening qonim ko'k rangga kirganini his qilyapman. Bu rang Franciya terma jamoasining rangi bilan ham mos tushadi", - deydi Jiru.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar