So’nggi yangiliklar

20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  0 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  1 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  5 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  5 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  8 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  18 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  5 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0

"Jirona" yakka peshqadam, "Sosedad" va "Real" ustunlikni golga aylantira olmadi Yangiliklar

"Jirona" yakka peshqadam, "Sosedad" va "Real" ustunlikni golga aylantira olmadi

Tunda bo'lgan "Xetafe" – "Kadis" uchrashuvi Primera-2023/24ning 12-turi yakuniga etdi.

Odatga ko'ra, maxsus ruknimiz orqali turning qiziq voqelariga etibor qaratamiz. Demak, bienvenido!


Tur etakchisi

Kutilmaganda, safarda "Osasuna"ni enggan (4:2) "Jirona" endi chempionatda yakka peshqadamga aylandi. To'g'ri, uchrashuvning malum bir qismida jamoa muxlislari asabiylashishlariga to'g'ri keldi – hisobni jironaliklar futbolchisi Ivan Martin ochdi, ammo avval 25 keyin 55-daqiqada gol urib, dubl qayd etgan Ante Budimir "Osasuna"ni oldinga olib chiqdi. 

Lekin "Jirona" o'zini yo'qotib qo'ymadi: Artem Dovbik muvozanatni tiklagan bo'lsa, ukrainalik boshqa bir futbolchi Viktor Cigankov kataloniyaliklarni yana oldinga olib chiqdi, Aleysh Garsiya esa 90-daqiqada yakuniy hisobni o'rnatdi. Bu bahsda Dovbik gol+pas tizimida 1+2 ochko to'plagani etiborga loyiq – hozirga kelib hujumchi butun chempionatning eng sermahsul futbolchilaridan biri bo'lib turibdi. "Jirona"ning o'zi esa "Rayo Valekano" darvozasiga yo'l topa olmagan "Real"dan ikki ochkoga qochib ketdi.


Tur g'alabasi

"Las-Palmas" hech kim kutmaganda "Atletiko"ni taslim etdi (2:1) – Kirian Rodriges va Benito Ramiresning gollariga mehmonlardan faqatgina Alvaro Morata javob bera oldi. "Las-Palmas" uchun (o'z maydonida) tarixiy g'alaba: deyarli 37 yil deganda "Atletiko" mag'lub etildi – 1987 yil 10 yanvaridan buyon birinchisi. Gran-Kanariya oroli jamoasi 10-o'ringa mustahkam joylashib oldi va evrokuboklar zonasidan 3 ochkoga qolib ketmoqda. "Matraschilar" esa "Barselona"ni oldinga o'tkazib yuborishdi va turni to'rtinchi pog'onada yakunlashdi.


Tur "apperkoti" 

"Barselona" safarda "Sosedad"ni Ronald Arauxoning oxirgi soniyalardagi goli evaziga (1:0) taslim etdi. Qizig'i, o'yin asosan mezbonlarning faolligi bilan o'tgandi. Aynan "Real Sosedad" ko'proq zarba berdi, to'p bilan ko'proq muomalada bo'ldi va umumiy olganda o'yinni nazorat qilayotgandek edi, ammo hal qiluvchi pallada koncentraciyani yo'qotishdi. 


"Sosedad" TOP-6dan chiqib ketdi va "Anoete"da 10 oydan keyin yana mag'lubiyatga uchradi – o'tgan safar "Valyadolid"ga 2023 yil 5 fevralida imkoniyat boy berilgandi. Arsen Zaxaryan zaxirada qoldirildi – Imanol Alguasil faqatgina uchta o'zgarishga qo'l urdi.


Tur sensaciyasi

"Real" "Santyago Bernabeu"da "Rayo Valekano" bilan nollarga rozi bo'lishiga to'g'ri keldi. Statistika bo'yicha to'liq ustunlikka ega bo'lgan "qirollik klubi" (mehmonlar Kepa darvozasiga birorta aniq zarba bera olishmadi), gol urishni uddalay olmadi. 

Durangdan keyin "Real" ikkinchi pog'onada qoldi, avvalroq aytganimizdek, "Jirona" yakka peshqadamga aylandi. "Rayo" "Real" stadionida 2000 yil martidan buyon ilk marta ochko olib ketishni uddaladi – o'shanda ham o'yinda hisob ochilmagandi.

"El Klasiko", Granadadagi triller va antirekord

"Pochti" kambek

"Vilyarreal" "Atletik" bilan o'yinda 0:3 hisobidan qaytib, ochko ishlab olishiga sal qoldi (2:3). 85-daqiqagacha basklar Inigo Ruis de Galarreta va aka-uka Uilyamslarning gollari (har ikkisi bittadan) evaziga hisobda oldinda edilar, lekin keyin nimadir bo'ldi: 86-daqiqada Jerar Moreno raqib darvozasiga yo'l topa oldi, keyingi daqiqada esa Aleksandr Serlot boshi bilan oradagi farqni bittagacha qisqartirdi. 

So'nggi daqiqalar hayajonli bo'ldi, ammo "Vilyarreal"ga hali ham stabillik etishmayapti. "Atletik" bir pog'ona yuqoriladi va TOP-4ga yaqinlashib oldi. SHunga qaramay, "Vilyarreal" muxlislari uchun ham xushxabar bor: klubga Marselino qaytishi mumkin – hozir tomonlar murabbiyning keyingi mavsumdan bosh murabbiylikka qaytishi bo'yicha muzokaralar o'tkazishmoqda, lekin Pachete qo'l ostidagi natijalar yaxshilanmasa, Garsiya Toral ertaroq ham qaytishi mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика