"Jirona" sport direktori: "Maqsadimiz o'zgarmagan: Hali ham La Ligada jon saqlab qolish"
14 noy 2023 09:48
Yangiliklar
"Jirona" sport direktori: "Maqsadimiz o'zgarmagan: Hali ham La Ligada jon saqlab qolish"
“Mavsum boshlanishidan oldin o'z oldimizga qanday maqsad qo'ygan edik va hozir qanday maqsadni qo'yganmiz? Maqsadimiz mavsum boshlanishidan oldingidek - La Ligada jon saqlab qolis. Biz to'g'ri yo'lda qolishimiz kerak. Agar turnir jadvalida birinchi o'rinda qolishda davom etsak, o'z oldimizga yanada yuqori maqsadlarni qo'yamiz.
La Ligada qolish uchun 42 ochko to'plashimiz kerak. Bu natijani birinchi navbatda hal qilishimiz lozim. Keyin esa Evrokuboklar haqida o'ylasak bo'ladi. Evrokuboklarga chiqish jamoamiz uchun juda quvonchli voqea bo'ladi. Biroq biz osmonlarga uchmasligimiz kerak va keyingi o'yinlar haqida bosh qotirishimiz lozim", - dedi Kike Karsel.
Malumot uchun, "Jirona" La Liganing 13-turidan so'ng 34 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib kelmoqda.
Fikrlar