Jirinovskiy Mamaev va Kokorinni jabrlanganlarga 1 mln evrodan berish bilan jazolashga chaqirdi
10 okt 2018 07:21
Yangiliklar
Jirinovskiy Mamaev va Kokorinni jabrlanganlarga 1 mln evrodan berish bilan jazolashga chaqirdi
Rossiyalik taniqli siyosatchi Vladimir Jirinovskiy futbolchilar — Aleksandr Kokorin hamda Pavel Mamaev qanday jazoga loyiq degan savolga quyidagicha javob qaytardi: “Odamlar jarohatlandi va hatto bir nafari kasalxonada miya chayqalishi jarohati bilan yotibdi. Ammo men nima uchun shafqatsizlikka chaqirmayapman. Sababi oddiy biz ikki iqtidorli o'yinchilarni yo'qotyapmiz. Ularni o'rnini kim bosa oladi? Yana chet ellik legionerlarmi? Ozodlikdan mahrum qilish jazosisiz ularni jazolashni o'ylab ko'rish kerak. Masalan, ikkala futbolchi jabrlanganlarga 1 mln evrodan tovon puli to'lasin. Sizni ishontirib aytamanki, ikkala jabrlanuvchi ham futbolchilarni ozodlikdan mahrum qilganlaridan ko'ra ushbu jazo qo'llanishidan xursand bo'ladi”,—dedi Jirinovskiy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar