So’nggi yangiliklar

11:50Лаутаро Мартинес "Интер" билан шартнома имзолади  1 11:37Футзал. Бугун Ўзбекистон Анголага қарши баҳс олиб боради  0 11:18"Барселона" Фати, Гарсия ва Ланглени янги мавсум учун рўйхатдан ўтказди  1 11:01Англия премьер-лигаси бошланмоқда. Дастлабки 10 та клуб билан таништирамиз   2 10:42Европа чемпиони АПЛнинг ТОП клубига ўтишдан бош тортди  3 10:14"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Каримжонов Искандар  0 10:08Рэтклифф нима сабабдан тен Хагни ишдан олмаганини тушунтириб берди  2 09:37"Барселона"нинг бир йўлла икки нафар етакчиси кечаги учрашувда жароҳат олди  2 09:20Гампер Кубоги. "Барселона" - "Монако" 0:3, "Барса" ҳимоячиларининг хатоси "Монако"нинг иштахасини очиб юборди  4 09:05"Челси" 10 нафар футболчисини сотувга қўйди  3 08:40Туркия чемпионати. "Ризеспор" - "Истанбул Башакшехир" 1:1, Алиқулов ўз услубида жамоани қутқариб қолди   3 08:32"Барселона" тақдирга тан берди. Каталонияликар Уильямснинг ўрнига уч нафар футболчидан бирини сотиб олмоқчи  2 08:00Sofascore. Жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолган Алиқулов кечаги учрашувда нечи баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:28Винисиусни қўлга киритиш учун саудияликлар "Реал"га дахшатли таклиф юборишга тайёр  10 01:27Туркия. Ҳусниддин Алиқулов гол уриб, жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  6

Yirik musobaqa o'tkazish uchun nimalar qilish lozim? Yangiliklar

Yirik musobaqa o'tkazish uchun nimalar qilish lozim?

Muxlislar Osiyo Kubogi, o'smirlar yoki yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatini yurtimizda o'tkazish borasida anchadan buyon istaklarini takidlab kelishadi.
Biroq bunday yirik turnirlarni tashkil etish uchun xohishning o'zi etarli emas. Bunga katta tayyorgarlik jarayonini bosib o'tish lozim bo'ladi.

Biror-bir yirik turnirni o'tkazish deganda barcha muxlislarning ko'z oldiga birinchi bo'lib, uchrashuvlar o'tkaziladigan stadionlar keladi. CHunki futbol o'yinining chiroyini yanada oshirib ko'zga tashlantiruvchi narsa bu stadion hisoblanadi. Maydonlar sifati, jurnalistlar va ishqibozlarga xizmat ko'rsatish hamda boshqa jihatlar borasida eng kamida barchasi yaxshi saviyada tashkil etilishi kerak. Bazida FIFA musobaqalarida ham bazi kamchiliklarni ko'rish mumkin. Aytaylik, Turkiyada shunday bo'lgandi. Lekin barchada iliq taassurot qoldirish uchun imkon qadar eng qulay sharoitlarni yaratishga harakat qilgan maqul.



Maydon sifatidan tashqari yoritish tizimining kunduzdagidek ishlashi yo'lga qo'yilgani (2000-2500 lyuks), stadionlar atrofida mashinalar parkingi uchun juda katta hududlar ajratilishi zarur. Taqqoslash uchun bizda eng yaxshi stadionlarning yoritish darajasi 1000-1200 lyuks ekanligini eslatib o'taman. Parking esa bir necha ming avtomashinalarni o'ziga sig'diradi. Stadionga yaqin hududda xotirjam holda ulovingizni qoldirib ketasiz. Aynan shu jihatni biz ko'proq o'zlashtirishimiz kerak. CHunki futbol birinchi navbatda muxlislar uchun o'ynaladi va eng avvalo ishqibozlarga qulaylik yaratib berish vazifamiz bo'lmog'i darkor.

Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatini qabul qilish uchun kamida beshta, Osiyo Kubogi uchun 4ta xalqaro darajadagi stadionga ega bo'lishimiz shart. Bu eng minimal miqdorda. Stadionlar soni sakkiztagacha bo'lsa yana yaxshi.

Stadionlar o'z yo'liga, mashg'ulot maydonlari masalasi eng katta muammoga aylanishi mumkin. Hukumatimiz tomonidan etibor natijasida yangi stadionlar barpo etildi. Demak, endi masalaning navbatdagi bosqichiga - mashg'ulot maydonlari masalasiga etibor qaratishimiz lozim bo'ladi. FIFAning tavsiyasiga ko'ra, imkon qadar har bir jamoaga bittadan maydon ajratish kerak (ikkitadan bo'lsa nur ustiga alo nur). Bazan istisno tariqasida ikkita terma jamoaga bir maydon ajratiladi. SHunday holatga 2009 yil Misrda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida guvoh bo'lgandim. O'shanda Angliya va O'zbekiston terma jamoalari musobaqa mobaynida Ismoiliya shahridagi bir maydonda mashg'ulot o'tkazishgandi.



SHunday taqdirda ham yoshlar mundialida 24 terma jamoa ishtirok etishini hisobga olsak, bizga eng kamida 12ta alo sifatli mashg'ulot maydonlari zarurdir. Ayni paytda oliy liga klublarining uy uchrashuvlarini o'tkazadigan stadionlarida maydonning holati jillaqursa o'rtacha saviyaga javob bermaydi. Bizda o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatlarida (2008 va 2010 yil) asosiy muammo aynan mashg'ulot maydonlarining sifati bilan bog'liq bo'lgandi. Bazi terma jamoalar maydonlar notekis va talabga javob bermagani uchun ham O'FF oldidagi suniy qoplamali maydonda mashg'ulot o'tkazishni maqul ko'rishgandi. Bu muammoni hal etishda asosiy yordamchilar klublarning o'zlari sanaladi. Agar oliy ligadagi har bir jamoa hech bo'lmaganda bittadan yuqori sifatli mashg'ulot maydonini qurib bitirsa, kamchilik o'z-o'zidan hal etiladi.

Biroq masalaning eng ajabtovur joyi shundaki, bir yilda katta byudjetga ega sanalgan klublarimiz maydonlar bilan bog'liq muammolarni hal qilishga shoshilishmayapti. CHet ellik legionerlar bilan "osh-qatiq" bo'lib, ishlab olinadigan malum summadan jamoa rahbarlari hamda murabbiylari ozgina tiyilishsa, o'z maydonlarini ancha epaqaga keltirib qo'yishardi. Afsuski, bunday "mard" hozircha topilmayapti. "Paxtakor", “Lokomotiv”, "Bunyodkor" va "Nasaf"ning sifatli maydonlari kamlik qilmasmikan? Malumki, asosiy o'yin o'tadigan stadionda uchrashuvdan bir kun avval terma jamoalar mashq qilishadi. Bizda bu holat keng tarqalmagan. CHunki maydon sifatli bo'lmagandan keyin unga ko'nikishning iloji yo'q. Oliy ligada kamdan-kam vaziyatda jamoalar bunda imkoniyatdan foydalanadi.

Yana bir muhim jihat - mehmonxonalar borasidagi muammo Toshkentda kamroq uchraydi. CHunki poytaxtimizda bu tizim ancha yaxshi rivojlangan. SHunga qaramay, o'ta yirik yig'ilishlar, aytaylik, FIFA kongressi Toshkentda o'tkazilsa, joylar tanqisligi yuzaga kelishi mumkin. CHunki bunday holatda bir paytning o'zida 4-5 ming atrofidagi mehmonlar birdaniga poytaxtga tashrif buyurishi mumkin.

SHu sababli Osiyo Kubogi yoki yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkazilgan taqdirda ham bu muammoni hal etish kerak bo'ladi. CHunki unda ishtirokchi mamlakatlardan ko'p sonli ishqibozlar yurtimizga tashrif buyurishadi. Klublar vakillari va skautlar bilan mehmonlar soni yanada ortadi. SHuningdek, imkoniyati darajasiga qarab, barcha turdagi muxlislarga etarli sharoitlarni yaratib berish zarur.
Toshkentda mehmonxonalar bilan bog'liq kamchilikni hal qilish mumkin, lekin viloyatlarda bu ancha ahamiyatliroq muammoga aylanadi. CHunki OFKning birgina uchrashuvidan iborat OCHL yoki OFK Kubogi bellashuvlarida ham bu kamchilik uchrab turadi. Butun boshli yirik musobaqa uchun esa o'yinlar o'tkaziladigan viloyatlarda kamida 5-6tadan yaxshi va o'rta darajadagi otellarni ishga tushirish zarur bo'ladi. Ha, bejizga yirik sport forumlari o'tkazilganda nafaqat o'sha musobaqa tashkil etiladi, balki o'sha davlat infratuzilmasida oldinga katta qadam tashlash kuzatiladi deb aytishmaydi.



Aeroport masalasida esa harqalay tinchlansak arziydi. CHunki Toshkentga kelish va viloyatlarga uchish borasida qiyinchilik yo'q. Har yili aviakompaniyamizda yangi yo'nalishlar bo'yicha reyslar ochilmoqda va aeroport zamonaviylashtirilyapti. Agar terminallar soni ko'paytirilsa, mundialda chet ellik mehmonlarni qabul qilishda qiyinchilikka duch kelinmaydi. Toshkent xalqaro aeroporti bir kunda o'nlab xalqaro reyslarni qabul qilib kelmoqda. Viloyatlardan ham MDHning turli shaharlariga to'g'ridan-to'g'ri reyslar borligini inobatga olsak, ularda bu borada kichik tajriba mavjud.

Ishtirokchilar va muxlislar bosib o'tadigan yo'llar infratuzilmasi borasida Yo'l infratuzilmasi deganda nafaqat uning tekisligi, balki undagi xavfsizlik, xalqaro talablarga javob berishi, yo'l belgilarining va xaritalarning joylashishi hamda shu kabi faktorlar tushuniladi. Bizning esa bu borada tegishli yo'nalishdagi ishlarni olib borishimiz zarur bo'ladi.

Jamoat transportlari masalasi ham juda muhim. Jamoat transportlari masalasida JAR va Braziliyada katta muammolar ko'zga tashlangan. Samolyotlardagi joylar band qilib qo'yilgani sababli avtobuslar xizmatidan foydalangan yo'lovchilar boshqa shaharlarga etib borish uchun 10-15 soatlab vaqt sarflashgandi. Agar mehmonxonalar va turar-joy bo'yicha muammolar yuzaga chiqmasa, jamoat transportlari bilan bog'liq kamchilik ham kamayadi. CHunki ishqibozlar avvaldan o'zlari istagan manzilga etib borishadi.

Qandaydir yirik musobaqa o'tkazilayotganda shaharlar tuzilishi ham katta ahamiyatga ega. Imkon qadar sayyohlar tashrif buyurganda zerikib qolmaydigan va o'ta kichik bo'lmagan shaharlar uchrashuvlarga mezbon qilib tanlanishi lozim. Yoshlar o'rtasidagi mundial yoki Osyo Kubogiga mezbonlik qilishni istasak, volontyorlar xizmatini yuqori saviyada yo'lga qo'yishimiz zarur bo'ladi. Bunday masalalarni tashkiliy qo'mita hal etishga urinishiga shubha yo'q. Birinchi navbatda yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatini qabul qilish orqali yirikroq maqomdagi turnirga munosib tayyorgarlik ko'rib olish imkoniyati mavjud. SHunday ekan, yaqin orada yoshlar Osiyo chempionatini o'tkazish tanlovida g'olib chiqishga intilishimiz lozim.

Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика