So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  3 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  2 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  15 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  13 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Jimgina boshlab olgandik, jimgina davom etamiz (Mulohaza) Yangiliklar

Jimgina boshlab olgandik, jimgina davom etamiz (Mulohaza)

Teglar :  PFLoliy liga
Bugun oliy ligada ikkinchi davra bahslariga start beriladi.

Birinchi davra o'yinlarini bir amallab o'tkazib oldik. Ko'p o'yinlar o'z vaqtida o'tkazilgan bo'lsa, qaysidir bahslar boshqa kunga ko'chirildi, lekin ikkinchi davragacha hamma o'yinlar o'tkazildi va shunisi ham kishini xursand qiladi. O'z kuzatuvlarimdan kelib chiqib shuni aytishim mumkin, bizda har yili oliy liga, birinchi liga yoki O'zbekiston kubogi jimgina boshlab jimgina davom etadi va jimgina tugaydi. Va go'yoki shunday bo'lishi kerakdek. 

SHu bois ham musobaqalarni tashkil qiluvchi va o'tkazuvchi tashkilot (PFL) OAV hamda muxlislar tomonidan ko'p tanqid qilinadi. Har qanday musobaqani avvalo musobaqa o'tkazuvchi tashkilot zo'r berib targ'ib qilmas ekan, jimgina o'tib ketaveradi. Aytish mumkinki, doimiy tanqidlardan biz ham charchaganmiz, biz ham o'z sohamizdan kelib chiqqan holda futbol rivojiga hissa qo'shsak deymiz. O'zbek futboli nashrlarda, internet saytlarda teran yoritilishini istaymiz, ammo qars ikki qo'ldan chiqadi deganlaridek, PFLdan ham tashabbus bo'lishi lozim. 

Biz nimani xohlaymiz? Ko'p narsani emas. Va biz xohlayotgan narsa PFL uchun xamir uchidan patir degandek gap. Avvalo xohlardikki, PFL oliy liga va kubok o'yinlarni o'tkazuvchi tashkilot sifatida birinchi davra o'yinlarini tahlil qilsa. Ayrim idoralarda haftaning dushanba kunlari ikki-uch soatlik majlislar bo'ladi, bunda o'tgan hafta yakunlari va yangi hafta rejalari muhokama qiladi. SHunga o'xshab PFL ham yilda ikki-uch marta katta yig'ilish qilsa bo'ladi-ku: aytaylik, yil boshida, birinchi davradan keyin va yil oxirida. 

Yil boshidagi yig'ilish qanday bo'ldi? O'tgan mavsum yakunlari naridan beri gapirildi va keyingi mavsumga qura tashlandi. Nima uchun o'yinlar atroflicha tahlil qilinmaydi, nima uchun jamoalar ishtiroki baholanmaydi, nima uchun kelishilgan o'yinlar haqida so'z bormaydi, nima uchun soha mutaxassislari minbarga chiqib hisobot berishmaydi, nima uchun murabbiylar, klub rahbarlari fikri tinglanmaydi, nima uchun biz jimgina kelib jimgina ketaveramiz? 

Bu yil ham shunday davom etyapti. Birinchi davra tugaganiga qancha bo'ldi? Nega o'yinlar tahlil qilinmadi, hakamlar ishi-chi? Nega boshqa sohadagilar, kerak bo'lsa, hokim va deputatlar OAV orqali xalqqa hisobot berayotgan bir paytda futbol jim o'tiribdi? Aslida sport boshqa sohalar uchun o'rnak bo'lishi kerak emasmi? Qaniydi bizda ham o'yinlar tahlili faqat jurnalistlarning to'rt qator yozgani bilan cheklanib qolmasa, biz avvalo mutaxassis va murabbiylarni eshitishni xohlaymiz. Hech bo'lmasa olti oyda bir marta hisobot berish qiyinmi? 

Faqat bosh murabbiylar emas, har bir klubdagi jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar, darvozabonlar murabbiyi, shifokorlar kerak bo'lsa massajchilar ham gapirsin, futbol maktablari rahbarlari chiqish qilsin, kim qanday ishlayotgani borasida seminarlar tashkil qilib o'zaro fikr almashilsa buning nimasi yomon. Bizda bir murabbiy boshqa jamoadagi hamkasbini faqat o'sha jamoa bilan o'yin kuni ko'radi, bu etarlimi? Stadionda ko'rgani bilan nimaniyam gaplashardi, axir hamma o'z o'yini bilan band bo'lsa. 

Bu tomonlama OFKga tan bermay ilojimiz yo'q. Tashkilot yilda bir marta bo'lsayam katta seminar tashkil qiladi. Qolaversa, yil davomida navbati bilan shifokorlar, darvozabonlar murabbiylari, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar uchun turli tadbirlar tashkil etib keladi. Hakamlarni-ku yilda ikki-uch bor yig'adi. Bizda birinchi davrada hakamlar qanday ishladi, ana ularga masul Bobur Haydarov bilan Noil Lutfulin gapirishsin, kelishilgan o'yinlar kuzatildimi, marhamat so'z sizga - Ahrol Inoyatov. Stadionlar talabga javob beradimi, buning ham o'z javobgari hisobot bersin, o'yinlar saviyasi oshdimi yo tushdimi, bu borada Farhod Magometovdan eshitsak bo'ladi. 

Lekin biz unday qilmaymiz, biz jimgina o'yinlarga borib yuraveramiz. Biz oliy liga qanday o'tayotganini o'z bilganimizcha tahlil qilamiz. Imkon bo'lganda o'yindan keyin murabbiyga ikki-uch savol berib qo'yamiz. Lekin yig'ilib atroflicha muhokama qilmaymiz. Mana shu fikrlardan kelib chiqib O'zbekistonda futbol o'zi nima degan savol yuzaga keladi. Bizda futbol nima - sportmi, shoumi yo kasbmi? SHou emasligi turgan gap, chunki targ'ibot past, sport desak futbol atrofida ham turli tadbirlarni tashkil etsa bo'ladi, lekin bunday qilayotganimiz yo'q. Yaxshisi kasb deya qolaylik. Hamma ishlagani uchun oylik olyapti. Futbol futbolda ishlayotganlar uchun kasb darajasiga chiqib bo'lgan. Xuddi odamlar 9:00dan 18:00ga qadar ishda bo'lib jim o'tirib ishlaydigandek, futbol ham asta-sekin shunga yaqinlashmoqda. Biz endilikda futbolga kasbga qaragandek qaraydigan bo'lib qoldik. 

Bu o'rinda klublarni biroz maqtab ketmay ilojimiz yo'q, negaki har klub o'z imkoniyatidan kelib chiqqan holda mavsum avvalida va ikkinchi davra oldidan yangi futbolchilarni tanishtirish orqali bo'lib o'tgan o'yinlarni tahlil qilib kelyapti. Ammo baribir musobaqa o'tkazuvchi tashkilotdan sado chiqmas ekan, biryoqlama ish bilan nimadir o'zgarib qolmaydi. 

Bu maqoladan ko'zlangan maqsad nima? Maqsad shuki, PFLni ishlamaslikda ayblash yoki tanqid qilish emas, balki futbol targ'iboti uchun yanada g'ayrat ko'rsatishga undash. CHunki avvalo ichki chempionat ularning yuzi, biz oliy liga va kubok bahslariga qarab PFLga baho beramiz. O'zbek futboli rivoji uchun faqat jurnalistlarning maqola yozishi yoki gapirishi kamlik qiladi, toki soha mutaxassislaridan gap chiqmas ekan, hammamiz jim kelib jim ketaveramiz. 

X.Xoliqov. 


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика