So’nggi yangiliklar

07:24Бугун Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги юришини бошлайди  3 01:46Сунъий интеллект "Олтин тўп" номзодларини ўзбек клублари либосларида тасвирлади  6 01:32Бундеслига. "Боруссия" Д ишончли ғалабага эришди  0 01:09Ўзбекистон термасининг Нидерландияга қарши ўйинолди машғулоти ГАЛЕРЕЯ  0 00:59Саудия Арабистони. "Ал Насср" 90+9-дақиқада мағлубиятдан қутулиб қолди  4 00:29Россия. Ашурматов антиқаҳрамонга айланган учрашувда "Рубин" ўз майдонида мағлуб бўлди  6 00:05Максим Шацких: "Ўйин 80 дақиқа давомида рақиб майдон ярмида кечди. "Ал-Васл" сафида бор-йўғи 2та маҳаллий футболчи бор"  13 23:47Жаҳон чемпионати олдидан ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси билан учрашди  0 23:28Тожикистон термасининг Тошкентдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Бундеслиганинг 3-тури старт олмоқда! "Боруссия" Д ўз майдонида дебютантни қабул қилади  0 22:51Виталий Левченко: "1 очкога муносиб эдик"  6 22:22"Навбаҳор" иштирокидаги ўйин санаси ўзгарди  5 22:06Жамшид Саидов: “Мезбонлик мақомидаги ўйинларимиз ҳам сафар учрашуви каби ўтаяпти”  4 21:58Иван Бошкович: “Ҳозирдан "Насаф”ни чемпион дея олмаймиз"   14 21:45Суперлига. "Пахтакор" - "Нефтчи" 0:0  0

Jiddiy nigohli Kuper va xotirjam Ahmedov Yangiliklar

Jiddiy nigohli Kuper va xotirjam Ahmedov

Bugun kun tartibidagi O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi rasmiy tadbirlar tugadi.

SHarja shahridagi "SHarja" stadionining matbuot anjumanlar zalida avvaliga Ektor Kuper va Odil Ahmedov bilan matbuot anjumani o'tkazildi.

Kunning ilk rasmiy tadbiri mahalliy vaqt bilan soat 15:15da boshlandi. Etiborlisi, OFK mutasaddilari matbuot anjumanini aynan belgilangan vaqtda boshlashdi. Vaholanki terma jamoamiz ustozi Ektor Kuper va sardorimiz Odil Ahmedov ancha avval matbuot anjumanlari zaliga kirib o'tirishgandi. Lekin anjuman boshlovchisi belgilangan vaqtga qadar kutishni lozim topdi. Bu esa tahsinga sazovor ish.

Matbuot anjumani ikki tilda: arab va ingliz tilida olib borildi. Ektor Kuperning javoblari o'zbekchaga o'girilmadi. Anjuman uzoq vaqt cho'zilib ketmasligi uchun OFK shunday qarorga kelgan ko'rinadi. Sal avval matbuot anjumanida murabbiy va Ahmedovning o'yinoldi fikrlarini batafsil yozdik.

Hayotda juda xushchaqchaq bo'lgan Kuper bu safar jiddiy musobaqa starti oldidan ortiqcha hazillashib o'tirmadi. Hozir hazillashadigan payt ham emas. Barcha diqqat-etiborni ertangi muhim bahsga qaratish kerak.

Ahmedov esa doimgidek xotirjam va konsentraciyani o'yinga jamlab turibdi. Muhimi, futbolchimiz xotirjamlikni yo'qotmagan.

O'zbekistondan BAAga 25-30 nafarga yaqin jurnalistlar kelishgan. Matbuot anjumanida hamkasblarimiz Kuper va Odilni savollar yomg'iri ostida qoldirishni istashmadi shekilli, anjuman mehmonlariga ikkita xorijlik va 3 nafar mahalliy jurnalistlarimizdan savollar berildi. Muhim musobaqa starti oldidan terma jamoamiz azolarini ortiqcha savollar bilan qiynamaslikda ham bir hikmat bor.

Umid qilamizki, ertangi o'yindan keyin ham jurnalistlarda biznikilarga ortiqcha savollar tug'ilmaydi :-)

Matbuot anjumanidan so'ng O'zbekiston terma jamoasi ertaga o'yin bo'ladigan "SHarja" stadionida rasmiy mashg'ulotga kirishdi. Odatga ko'ra OAV xodimlari uchun mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi ochiq bo'ldi. Fotograflar maydon ichidan ushbu lahzalarni suratga olishdi. Jurnalistlar esa media-tribuna hududidan mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasini kuzatishdi.


Terma jamoamiz OAV uchun ochiq bo'lgan dastlabki 15 daqiqasini maydon chetidagi yo'lakchada jismoniy qizib olish mashqlarini bajargan holda o'tkazishdi. Bu vaqt mobaynida futbolchilar bilan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis Antonio Sarioglu shug'ullandi.

Darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov esa u nafar kiperlarimiz Yusupov, Nesterov va Quvvatovni alohida dastur asosida shug'ullantirdi. SHundan so'ng belgilangan vaqt tugadi va OAV xodimlari media-markazga qaytishdi. Ayni paytda esa Ektor Kuper mashg'ulot jarayonining asosiy qismini yopiq holda o'tkazmoqda.



Ko'zimiz bilan ko'rganimiz, barcha futbolchilar sog'-salomat va mashg'ulotlarda ter to'kishmoqda. Ertaga esa ushbu mehnatlar samarasini tablodagi hisobda aks etishini kutib qolamiz.

Hozircha bo'lib o'tgan tadbirlarning dastlabki qismi, yani biznikilar bilan bog'liq jarayoni tugadi. Rasmiy tadbirlarning ikkinchi qismida Ummon vakillari qatnashadi. Dastlab mahalliy vaqt bilan 17:15da Ummon terma jamoasi ustozi Pim Verbeyk hamda futbolchi ishtirokidagi matbuot anjumani. Keyin esa mahalliy vaqt bilan soat 18:00da Ummon terma jamoasining rasmiy mashg'uloti boshlanadi.


SHahboz Beg'amov

SHarja, 8 yanvar

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика