So’nggi yangiliklar

12:29Таҳлил. Курсиси қимирлаган Левченко учун "Насаф" билан ўйин охирги имконият. "Нефтчи"да вазият қандай?  1 12:22Алмаштирилганидан норози Роналду 61-дақиқада кийиниш хонасига кириб кетди  2 11:47Анчелотти: "Март ойида барча турнирларда етакчилик қиляпмиз"  6 11:33Дуранг билан тугаган "Нефтчи" - "Қўқон-1912" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  1 11:20«Бухоро» «Қизилқум»ни мағлуб этган учрашувдан олинган ФОТОГАЛEРEЯ  0 10:45«Ливерпул»нинг шорт-листида 4 нафар ҳужумчи бор  1 10:18«Реал Мадрид» етакчиси жароҳат олди  9 09:50АПЛнинг уч гранди «Ноттингем Форест» етакчиси учун кураш олиб бормоқда  0 09:22«Реал Мадрид» МЮ футболчиси учун 80 миллион евро тўлаши мумкин  6 08:54Португалия терма жамоаси Данияга қарши учрашувлар учун қайдномасини эълон қилди  4 08:27Неймар жароҳат сабабли Бразилиянинг март ойидаги ўйинларига ёрдам бера олмайди. Унинг ўрнига «Реал» футболчиси чақирилди  7 07:33Суперлига. Бугун Андижонда супер тўқнашув бор  23 02:05Саудия Арабистони. "Ал Насср" ишончли ғалабага эришди, Роналдудан навбатдаги гол  10 01:42"Ювентус" бошқа мураббий топиб қўйди  3 01:16АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  1

Jiddiy ayblov, tuhmat va klub shaniga haqorat – Dinamoning Qo'qon-1912 bosh murabbiyi so'zlari bo'yicha bayonoti Yangiliklar

Jiddiy ayblov, tuhmat va klub shaniga haqorat – Dinamoning Qo'qon-1912 bosh murabbiyi so'zlari bo'yicha bayonoti

Pro liga 9-turi doirasida 20 may kuni Samarqandda bo'lib o'tgan Dinamo - Qo'qon-1912 uchrashuvidan keyin mehmon jamoa bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinovning matbuot anjumanidagi so'zlariga nisbatan Dinamo PFKning bayonoti:

«Qo'qon-1912» bosh murabbiyining so'zlari futbol saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, turli manbalarda «Dinamo» shaniga nisbatan noto'g'ri qarash paydo bo'ldi. Ayniqsa, Muhsin Nizomiddinovning samarqandlik muxlislar haqidagi nojo'ya so'zlari mahalliy ishqibozlarni junbushga keltirib, 21 may yakshanba kuni bir guruh mahalliy muxlislar «Dinamo» qarorgohiga kelib, keskin noroziliklarini bildirishdi. «Dinamo» klubi bu borada quyidagilarni malum qiladi:

1. «Dinamo» PFK «Qo'qon-1912» bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinovning o'yindan keyingi “Dinamo” mavsum davomida hakamlar bilan ishlab kelayotgani” haqidagi so'zlarini jiddiy ayblov va tuhmat, klub shaniga nisbatan haqorat deb hisoblaydi.

2. M.Nizomiddinovning “Dinamo” Pro ligada har bitta jamoani mana shunaqa hakamlik bilan yutyapti” – so'zlari jamoamizga nisbatan isbot talab qiluvchi jiddiy ayblov deb qabul qilindi. SHu bilan birga o'tgan 7 o'yinda «Dinamo» o'yinlarini boshqargan O'FA hakamlari (SHavkat Nasibullaev, Ilya Ilin, Sanjar Nazarov, Husan Muzaffarov, Vadim Agishev, Sardor Ismatullaev, Abdurashid Xudoyberganov) shaniga dog' tushuruvchi bu so'zlar uchun O'zbekiston futbol hakamlari markazi M.Nizomiddinovdan dalil-isbot talab qilishi yoki o'z hakamlari shanini himoya qilishiga to'g'ri keladi. Har holda o'zini hurmat qilgan tashkilot uning xodimlarini (hakamlar) tamagirlikda ayblayotgan rasmiy shaxsni so'roqqa tutishga haqli. O'zbekiston futbol hakamlari markazi o'yindagi vaziyatlar bo'yicha hakamlar qaroriga nisbatan xulosa berishiga ishonamiz.

3. «Qo'qon-1912» bosh murabbiyi o'yindan keyin so'zida davom etarkan “Samarqand menda yaxshi taassurot qoldirmadi. Muxlislarida ham madaniyat yo'q. Ular Qo'qonga borib o'rganishsin” – deya, noroziligini bildirish uchun «Dinamo» qarorgohiga kelgan samarqandlik muxlislarning junbushga kelishiga va ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar o'rtasida keskin holatga sabab bo'ldi. Hozirgi vaziyatda bunday provokacion chiqishlar qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini baholashni tegishli tashkilot va idoralarning hukmiga qoldiramiz.

4. M.Nizomiddinov matbuot anjumanida gapirarkan, “Mana gollarimizni ko'rib chiqdim, birortasida o'yin qoidasi ham buzilmagan, aybimiz ham yo'q. 3-golimizni (70-daqiqa) ofsayd deb topishdi. Qaerdan olishdi buni? Qani VAR bormidi? Mana hozir videoni qo'yib beraman, ko'rasizlar, butun O'zbekiston ko'rsin golimiz qanday bekor bo'lganini. Andishani otini qo'rqoqqa chiqarishayapti. Bunaqada o'zbek futboli qachon rivojlanadi?”, - deya achchiq ustida kinoyali savol qo'ydi murabbiy.

SHu o'rinda Muhsin Nizomiddinovga xitobimiz shu – andishani otini qo'rqoqqa chiqarayotgan aslida kim? Jamoasi 90-daqiqada «ofsayd»dan gol kiritib, mag'lubiyatdan qutulib qolgan, o'yindan keyin esa PFL komissari, rasmiylar qarshisida asabini jilovlay olmay o'zidan boshqa barchani ayblagan, matbuot anjumanida esa gollari qoida bo'yicha kiritilgani haqida yolg'on gapirgan «Qo'qon-1912» bosh murabbiyimi yoki o'yindan tashqari holatdan keyin kiritilgan gol sababli tayyor g'alabani qo'ldan chiqarsa-da, qanot hakamining xatosini inson faktori deya qo'l siltab, aybni o'zidan qidirgan «Dinamo»mi?

Mehmon jamoa murabbiyi o'yindan keyin populistik harakati bilan mezbon jamoa va hakamlar shaniga tuhmat yog'dirgancha jamoasining ketma-ket o'yinlarda ochko yo'qotayotganini xaspo'shlashga urindimi yoxud kimlargadir ishonayotgani uchun bu qadar jiddiy ayblovi jazosiz qolishiga ishondimi, bu – bizga qorong'u.

«Dinamo» PFK «Qo'qon-1912» bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinovning matbuot anjumanidagi Samarqand jamoasi va hakamlar shaniga nisbatan so'zlari, samarqandlik muxlislar haqidagi provokacion javobi bo'yicha video va audio yozuvlar PFL tomonidan o'rganilib, xulosa berilishini, ish O'FA tartib-intizom qo'mitasiga oshirilib, O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan adolatli chora ko'rilishiga ishonadi. «Dinamo» PFK o'z poziciyasi va shanini istalgan minbarda himoya qilishga tayyor.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика