Jezus Liga kubogi finalida maydonga tushishi mumkin, Sterling esa...
23 fev 2018 23:46
Yangiliklar


Jezus Liga kubogi finalida maydonga tushishi mumkin, Sterling esa...
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning aytishicha, 24 fevral kuni jamoa hujumchisi Gabriel Jezus tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng “Arsenal”ga qarshi Liga kubogi finalida maydonga tushishi aniq bo'ladi.
Yakshanba kuni bo'ladigan bahsda jamoaning yana bir jarohatlangan futbochlisi Rahim Sterlingning tushishi so'roq ostida.
“Ertaga biz Jezusning holatini bilamiz. U mashg'ulotlarda yaxshi ishtirok etmoqda va kundan kun o'z “formasi”ni tiklab borayapti. Rahimda esa “Bazel”ga qarshi bahsda jarohat olgandi. Uning maydonga tushish yoki tushmasligi borasida hech narsa aytolmayman”, deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “shaharliklar” rasmiy sayti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar