Jezus finalda o'ynamaydi
07 iyu 2021 23:15
Yangiliklar
Jezus finalda o'ynamaydi
Braziliya termasi hujumchisi Gabriel Jezus Amerika Kubogi finalini o'tkazib yuboradi.
Futbolchi Amerika Kubogining 1/4 finalida CHiliga qarshi o'yinda raqibining yuziga zarba bergani uchun avvaliga bir o'yinga chetlatilgandi. SHu orqali u 1/2 final doirasida Peruga qarshi bahsda ham ishtirok etmadi. Ammo keyinchalik KONMEBOL tartib-intizom qo'mitasi vaziyatni o'rganib chiqib, uni yana bir o'yinga chetlatadigan bo'ldi.
24 yoshli Jezus Amerika Kubogidagi 4 o'yinda 1 gol urdi.
Fikrlar