Jerrard kelasi mavsum yakunlanganidan so'ng faoliyatini tugatadi

Aslanov Jasurbek
2 yanv 2015, 15:49
"Liverpul" sobiq sardori, hozirda "Los-Anjeles Gelaksi"da to'p tepayotgan Stiven Jerrard faoliyatini 2016-17 mavsum oxirida yakunlaydi.

Shunday qilib, 35 yoshli ingliz "Los-Anjeles" bilan shartnomasini uzaytirmaydi. Futbolchining kelishuvi 2017 yilgacha belgilangan. Yarim himoyachi murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi va futbolchilik paytida kerakli talimni olmaganidan afsusda.

Jerrard 1987 yildan boshlab "Liverpul" akademiyasida o'ynay boshlagan. U "qizillar" safida 11 ta sovrin qo'lga kiritgan va ularni orasida UEFA Kubogi, Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi bor. Jerrad hech qachon Angliya chempioni bo'la olmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com