Jerrard: "CHelsi" Lempardga yordam berishi kerak edi"
26 jan 2021 01:10
Yangiliklar


Jerrard: "CHelsi" Lempardga yordam berishi kerak edi"
"Glazgo Reynjers" bosh murabbiyi Stiven Jerrard "CHelsi" bosh murabbiyligidan ketgan Frenk Lempard haqida gapirdi.
"Lempard uchun juda xafa bo'ldim. Fikrimcha, klubdagilar biroz shoshildi. Batafsil malumotlarni bilmayman. Klubdagi ichki atmosfera, futbolchilarning bir-biriga munosabati haqida xabarim yo'q.
To'g'risini aytsam, klubdagilar Lempardga qo'l cho'zib, qo'llab-quvvatlaydi deb o'ylagandim. Ha, "CHelsi" og'ir davrlarni boshidan o'tkazmoqda. Bir tomondan olib qarasak, uning istefosidan unchalik xayratlanganim ham yo'q", - dedi Jerrard.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar