So’nggi yangiliklar

14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  1 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  4 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  7 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1

Jerrard "Aston Villa"dan istefoga chiqarildi. U "Liverpul"ni yaratmoqchi edi, ammo yordamchining ketishi va yulduzlarning jarohati barchasini barbod qildi Yangiliklar

Jerrard "Aston Villa"dan istefoga chiqarildi. U "Liverpul"ni yaratmoqchi edi, ammo yordamchining ketishi va yulduzlarning jarohati barchasini barbod qildi

"Aston Villa" Stiven Jerrard bilan xayrlashdi.

"Liverpul" afsonasi Birmingemda bir yil ham qolmadi. "Fulxem" (0:3)ga qarshi yirik mag'lubiyatdan so'ng Stivi Ji barchasini tushungan ko'rinadi: "Bu qiyin, ammo men erkakman, buni qabul qilaman va tushunaman. Nima bo'lishini ko'ramiz: men jangchiman, hech qachon taslim bo'lmayman. Bu mening DNKmda yo'q. Ammo, haqiqat shuki, klubdagi vaziyat yaxshi emas".

"Fulxem" bilan o'yin tarixiy bo'ldi: ilk bor APLda bitta o'yinda birmingemliklarda chetlatish, penalti va avtogol bo'ldi. Bir necha haftadan beri istefoga chiqishga yaqin bo'lib turgan Jerrard uchun klubdan ketish deyarli aniq bo'ldi.

"Biz Stivenga mashaqqatli mehnat va fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildiramiz va unga kelajakda eng yaxshi tilaklarni bildiramiz", – deyildi "Aston Villa"ning istefo borasidagi bayonotida. Bu haqda o'yin tugaganidan 90 daqiqa o'tib Jerrardga malum qilishgan. Stivi Jining Angliya futbolidagi ilk murabbiylik faoliyati muvaffaqiyatsiz kechdi.

Jerrard jamoa bilan avtobusda ortga qaytdi va xayrlashuv nutqini ijro etdi.



Nima o'xshamadi?


• "Aston Villa" 17-o'ringa qadar tushdi va faqatgina to'plar nisbatiga ko'ra xavfli zonadan yuqorida.

• Jerrard qo'l ostida jamoa APLda 39ta o'yinning atigi 30,8% ida g'alaba qozondi: 19ta mag'lubiyat, 12ta g'alaba, 8ta durang, to'plar nisbati 45-53.


• Maykl Bilning o'rnini to'ldirishmadi (Jerrardning taktik reja bo'yicha muhim yordamchisi KPRga ketdi – hozir CHempionshipda 1-o'rinda). Uning muhimligini tushunishmaganidan yoki urinishmaganidan emas (Nil Kritchli keldi) – shunchaki o'xshamadi. Taktika bo'yicha rivojlanish to'xtab qoldi (oldin "Liverpul" tomonga harakatlanish bor edi – hozir bu kulgili eshitiladi, ammo aynan shunday edi) va alohida o'yinga tayyorgarlik yomonlashdi.

Ajralish: Jerrar Bilni juda yuqori qadrlagan: "O'yinda Maykldek yaxshi murabbiy bo'lish va kunlik mashg'ulotlarni o'tkazishim uchun 15-20 yil ketgan bo'lardi. SHu sabab Maykning Mayk bo'lib qolishiga tilayman, u ekspert".



Diego Karlos, Lyuka Din va Bubakar Kamara – bu Stivining Filippe Koutino bilan birga eng asosiy transferlaridan. U aynan taklif qilgan o'yinchilar lazaretga yo'l olishdi. Kamara markazni nazorat qilishda muhim, Din harakatlanishga va qanot bo'ylab pozicion hujumlar tashkil etishga imkon berdi, Karlos bilan esa yuqori chiziqda o'ynash osonroq. Bularning barchasi stilistik evolyuciya uchun muhimdir.


Jerrardni kim almashtiradi?


Bosh favorit – Maurisio Pochettino. U "Villa" rahbariyatining bosh nomzodi. Ammo, klubdagilar argentinalikni muammoli jamoaga olib kelishga ko'ndirish qiyinligini tushunishadi.



"Villa" bosslari Pochettinoni ko'ndira olishmasa, yana bir nomzod bor – "Brentford"dan Tomas Frank. Ammo, daniyalikni ham olish kelish oson emas: u "Brentford"da bir necha yildan buyon ishlamoqda, ushbu mavsumni esa yomon boshlamadi va shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda.

SHuningdek Unai Emeri, Maykl Bil, Tomas Tuxel va SHon Daych variantlari ham ko'rilmoqda.


Ushbu mavsum APLda yana kimlar istefoga chiqarildi?


Jerrartga qadar Skott Parker ("Bornmut"), Tomas Tuxel ("CHelsi"), Brunu Laje ("Vulverxempton") istefoga chiqarildi. SHuningdek, Grem Potter "Brayton" bilan xayrlashib, "CHelsi"ni qabul qilib oldi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика