So’nggi yangiliklar

08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  0 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  3 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  8 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   9 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  17

Jeremi Matyo: “La Ligadagi g'alaba eng muhim sovrin” Yangiliklar

Jeremi Matyo: “La Ligadagi g'alaba eng muhim sovrin”

Franciyalik himoyachi Jeremi Matyo “Barselona” tarkibida ko'plab o'yinlarni jarohati sababli o'tkazib yubordi.


Mavsum yakunida La Liga va Ispaniya Kubogida zafar quchgan futbolchi yil davomidagi turli vaziyatlar xususida savollarga javob berdi.


- CHempionatdagi g'alabani yaxshi nishonladingizmi?

- Albatta. La Liga sovrini eng muhim hisoblanadi, chunki u sening barqarorligingni ko'rsatadi. Men martda olgan jarohatimdan tiklanib, yakunda safga qaytishga ulgurdim. Bunday paytda jamoa bilan birga bo'lish, ular bilan quvonchli lahzalarni bo'lishish juda ajoyib.

- CHempionlar ligasisiz erishilgan dublni qanday baholaysiz?

- La Liga – eng asosiy turnir. Undagi g'alaba mavsum davomida qilingan mehnat samarasidir. 38 uchrashuv o'tkazib, chempionatni birinchi o'rinda yakunlash shunchaki fantastika. Jamoa ichida buni munosib baholashadi. Muxlislar ham bunga shunday munosabatda ekaniga shubham yo'q.

- Mavsum avvalgisiga nisbatan qiyinroq kechdimi?

- O'tgan yilgi muvaffaqiyatli mavsumdan keyin unchalik qiyin kechmaydigandek ko'ringandi, ammo shunday ko'rinish oldi. Boshqa klublarda bo'lgani singari bizda ham pasayish yuzaga keldi va bu deyarli bir oyga cho'zildi.

- Jamoa 39 uchrashuvda yutqazmadi, ammo keyin natijalar yomonlashdi. Bu xotirjamlikka berilish oqibatimi?

- Buni tushuntirishni bilmayman, o'zimizni oqlamoqchi emasman. SHunday bo'lib qoldi. Ehtimol, charchoq bilan bog'liqdir. Lekin biz o'zimizga keldik. Biz mashina emasmiz va buni oddiy qabul qilish kerak.

- Rahbariyat va murabbiylar shtabi aralashmadimi?

- Yo'q. Holat oddiy edi. SHunchaki o'zimizga kelib, vazifalar haqida eslashimiz kerak edi.

- Muxlislar tomonidan qo'llashni his qilasizmi?

- Bilmayman. Murabbiylar va jamoa meni qanday baholashini his qilaman, ularga ishonaman va bu juda muhim. Hamisha sizni tanqid qiladiganlar topiladi, lekin bunga qarshi emasman. Men jamoa fikrini afzal bilaman. Yoki o'zimga yaqin insonlarning. Tanqidlar meni qiziqtirmaydi.

- Luis Enrike sizga ishonishini ko'rsatadi.

- Men va boshqa futbolchilarga ham. Oddiy bo'lmagan vaziyatni boshdan o'tkazdim. Tez-tez xato qildim, ammo bu hammada ro'y beradi. Bir harakatim yaxshi, boshqasi aksincha bo'lgan o'yinlar bo'ldi. Murabbiy futbolchilarni almashtirishga to'g'ri kelganda buni amalga oshiradi. U barchamizga ishonadi.

- Xatolar haqida gapirganda “Vilyarreal” bilan o'yinni nazarda tutdingizmi?

- Yo'q, “Deportivo” bilan uydagi bellashuvni. O'yinga etiborimni jamlamagan holda chiqdim. “Vilyarreal” bilan uchrashuvda shunchaki omadimiz chopmadi. To'p menga tegdi va keyin darvozaga borib tushdi.

- O'shanda kim yoningizda bo'ldi?

- Hamma. Murabbiylar bilan gaplashib, kechirim so'radim. U bunga javoban o'yinga omadsiz kirishganimni aytdi. Bundan xulosa chiqardim. Murabbiy va sheriklarimning menga ishonishi muhim. Bunda o'ynashda davom etishim mumkin.

- Bu erga kelganingizda bosimga dosh berishingizni aytgandingiz.

- Natijalar bizga tasir qiladi. Biz yutishimiz shartligini bilamiz va bazida bu qiyinchilik tug'diradi. Biz bilan raqobat qiladigan klublar ko'p.

- Ko'nikishingiz juda tez kechdi.

- Hammasi tez va yaxshi o'tdi. Bizda ajoyib jamoa bor. Yaxshi o'yinchilar ko'p, ularning hammasi har doim o'ynayvermaydi. Men maydonda o'tkazadigan vaqtimdan qoniqaman. O'zimni baxtliman deb hisoblayman.

- Boshida Pike bilan bir-biringizni tushunmasdingiz.

- Bu oddiy hol. CHunki biz tanish emasdik. Dastlab insonni bilish kerak bo'ladi. Bu vaqt masalasi xolos. Hozir maydonda va undan tashqaridan baxtliman. Pike va boshqalar bilan vaqtni ajoyib o'tkazamiz.

- Besh markaziy himoyachi – bu ko'pmi?

- Aytish qiyin, kimdir doim jarohatlangan bo'ladi. Hamma ko'proq o'ynashni istaydi, ammo shikoyat qilmayman. O'tgan mavsumda ham, bu yil ham menga berilgan o'yin vaqtidan qanoatlandim. Pike va Maskerano asosiy juftlik ekanini bilaman.

- Lekin sizda boshqa xususiyatlar mavjud.

- Har bir futbolchida o'ziga xos o'yin jihatlari bor. Men o'ynayotganimda bor kuchimni berishga intilaman. Yordam berishni xohlayman. SHu sababli ham mehnat qilaman.Odamlar nimani o'ylashlarini bilmayman. Ular bilan uchrashganimda meni chempionatdagi g'alaba bilan tabriklashadi, lekin nimani o'ylashayotganini bilmayman. Sizni yoqtiradigan va tanqid qiladigan odamlar bo'ladi. Ular doim shunday qolishadi.

- Rostgo'yligingiz xalal bermaydimi?

- Doim haqiqatni gapiraman va aldashni yoqtirmayman. O'ylayotganimni gapiraman va odamning ortidan emas, uning yuziga aytaman.

- Va bu sizga Messi va Luis Enrike bilan bog'liq hodisada muammo keltirdi.

- To'g'ri. Buni kichik muammo deb aytardim, aytarli jiddiy emas. Bu har bir klubda ro'y beradi. Bunda noodatiy biror narsa yo'q. SHunchaki “Barselona” ko'proq etiborni tortadi. Bunda matbuot ham vaziyatni boshqacharoq yoritdi.

- Jamoadagi muhit tashqaridan tuyulgandek ajoyibmi?

- Ha. Muhit yaxshi, avval bunday holatni ko'rmagandim. Bu sovrinlarni qo'lga kiritishda ancha muhim. Agar kiyinish xonasida hazillashmasak, qiyinchiliklarni engib o'ta olmaymiz. Hammaning baxtli ekanini ko'raman. Nimadir aytishim kerak bo'lsa, gapiraman. Lekin tinglash va quvnoqlashishni yaxshi ko'raman. Kayfiyatni ko'tara oladigan Pike, Aleysh va Alvesh kabi futbolchilar bor. Ular buni muammosiz uddalashadi.

- Boshqa yulduzlar gazeta sahifalarida birinchisidan o'rin olishadi.

- Kiyinish xonasida shunday yulduzlar bilan bir safda o'tirishim ajoyib. O'zimni yulduz deb hisoblamayman. Odamlar men haqimda gapirmasliklarini afzal bilaman. Men ham jamoa azosiman, lekin boshqalar his qilgan narsa menda yo'q. Buni qanday tushuntirishni bilmayman. Ular esa o'zgacha.

- Messi-chi?

- U jim yuradi, lekin maydonda gapirganda eshitish lozim. Kiyinish xonasida joylarimiz yonma-yon. Uning kam gapirishi haqiqat. U Pike va Luis bilan muloqot qiladi. Maydonda bajaradigan ishlari esa fantastika.

- Tizzangizdagi jarohatni Evropa chempionati sababli tezroq davolatishga intildingizmi?

- Yo'q, maqsad “Barselona”ga mavsumda yordam berish edi. O'shanda hali CHempionlar ligasida ishtirok etayotgandik. Oldinda bizni muhim o'yinlar kutib turardi. Dastlab klub, keyin terma jamoa bilan Evropa chempionati to'g'risida o'ylagandim.

- Bu jarohatning qaytalanishiga olib kelishi mumkin.

- Menga baribir. Futboldan rohat olishni istayman. Yoshimda 33da va faoliyatimni tugatishim onlari yaqin. Ko'proq o'ynashni xohlayman. 60 yoshda oqsonlanishim meni tashvishga solmaydi. 5 yoshimdan beri bu mening intilishimga aylangan.

- Jamoada baxtlimisiz?

- Juda. Bolalarimning maktabda do'stlari ko'p. Bu erda yashash juda yaxshi. Menda amaldagi shartnoma mavjud. Klub yangi markaziy himoyachilar bilan shartnoma imzolashi qo'rqinchli emas. Asosiy tarkib o'yinchisi emasman, bilaman. Lekin har safar maydonda bor kuchimni ishga solishga urinaman. Murabbiy ishonchini oqlashni istayman. Agar u xizmatimga ishonch bildirmasa, o'sha paytning o'zida ketaman.


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика