Jerar Pike kibersport loyihasiga qo'l urmoqchi
25 fev 2017 02:15
Yangiliklar
Jerar Pike kibersport loyihasiga qo'l urmoqchi
“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Jerar Pike o'zining yirik kibersport loyihasini tashkil etmoqchi.
Bu haqda u El-Mon radiosining tonggi dasturida malum qildi.
Futbolchining aytishicha, u yarim yil ilgari kibersport haqida tasavvurga ega bo'lgan va shu yo'nalishda ish olib borishga qaror qilgan.
Ronaldudan farqli ravishda (portugaliyalik futbolchi CNB E-sports akciyalarining malum qismini sotib olgan) Pike bu borada o'zgacha yangilikka qo'l urmoqchi. Dastur haqida u to'liq to'xtalmadi, ammo bu yirik loyiha bo'lishini takidladi.
2015 yilda Pike Kerad Games videoo'yinlari ishlab chiquvchi kompaniyaga asos solgandi va ayni paytda bu erda 30 nafar mutaxassis faoliyat olib bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar