So’nggi yangiliklar

08:41Н'Голо Канте навбатдаги хайрияга қўл урди  0 08:12Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  0 07:40"Пахтакор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 07:08U-20 ЖЧ. Финал баҳсида кутилмаган натижа қайд этилди  7 01:59ЛаЛига. Ньом 36 сонияда қизил олган баҳсда "Реал"дан ғалаба  52 01:43А Серия. "Милан" Пиолининг "Фиорентина"сини мағлуб этиб, пешқадам бўлиб олди  6 01:01Жейми Каррагер: "Ливерпуль" кучлироқ эди. МЮ фақатгина шундай тарзда "Энфилд"да ғалаба қозона олиши мумкин"  8 00:36Рубен Аморим: "Мусиқа танлашда футболчилардан кўра таъбим яхшироқ"  0 00:35​Суперлига. "Нефтчи" - ОКМК 1:0   1 00:17Арне Слот: "Чуқур ҳимояланадиган жамоага қарши ўйнаш доимо қийин"  6 23:47Харри Магуайр: "Ниҳоят "Ливерпуль"ни мағлуб қилдик, бу ёқимли"  3 23:15АПЛ. "Ливерпуль" - "Манчестер Юнайтед" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:57Миржалол Қосимов: "Биринчи таймда оддий вазиятдаги хато бизга қимматга тушди"  9 22:45Виталий Левченко: "Биз учун ҳар бир ўйин олти очколи"  5 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Энфилд"да "Ливерпуль"ни мағлуб этди, Магуайр яна қаҳрамон!  86

Nega "Jenoa"ni emas, Rossiya klubini tanlagani, Katanec uni SHveciyaga qarshi o'yinga jalb qilgani va yangi jamoasi haqida. "Nijniy Novgorod" Yo'ldoshev bilan intervyu tashkil qildi Yangiliklar

Nega "Jenoa"ni emas, Rossiya klubini tanlagani, Katanec uni SHveciyaga qarshi o'yinga jalb qilgani va yangi jamoasi haqida. "Nijniy Novgorod" Yo'ldoshev bilan intervyu tashkil qildi

RPL vakili "Nijniy Novgorod" klubi "Paxtakor" himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshevni o'z tarkibiga qo'shib oldi va u bilan intervyu tashkil etdi.

- Ibrohimhalil, sizni Nijniy Novgorodda ko'rib turganimizdan xursandmiz! O'zbekiston chempionatida qanday muvaffaqiyatlarga erishgansiz?

- Men "Paxtakor" akademiyasini tugatganman. Toshkent klubi bilan 2019 yilda O'zbekiston chempionatini qo'lga kiritdim, so'nggi bir mavsumda "Bunyodkor"da ijarada o'ynab, so'ngra yana "Paxtakor"ga qaytdim.

- Qachondan sizni mamlakat terma jamoasiga jalb qila boshlashdi?

- 2020 yildan beri termada o'ynayman. O'rtoqlik o'yinlarida ham, rasmiy o'yinlarda ham. Yaqinda O'zbekiston terma jamoasini taniqli sloveniyalik murabbiy Srechko Katanec qabul qilib oldi. U meni 5 sentyabrda Stokgolmda bo'lib o'tadigan SHveciya - O'zbekiston o'rtoqlik o'yiniga jalb qildi.

- Qanday qilib "Nijniy Novgorod"da paydo bo'ldingiz?

- Menda ko'plab takliflar bor edi. Hamyurtim Eldor SHomurodov o'ynagan Italiyaning "Jenoa" klubiga o'tishga yaqin edim. Aynan SHoma menga o'z kuchimni Rossiya chempionatida sinab ko'rishni maslahat berdi. Prosports Management agentlari bilan maslahatlashuvlar va "Nijniy Novgorod" bosh murabbiy Aleksandr Anatolevich bilan suhbatdan so'ng o'zim uchun yuz foizlik qaror qabul qildim: Nijniyda qolaman!

- Yangi klubingiz bilan mashg'ulotlarni boshlashga ulgurdingizmi?

- Ha, mashg'ulotlar yoqdi. Yigitlarning ham barchasi ajoyib, yaxshi qabul qilishdi.

- Qaysi poziciyada o'ynaysiz?

- Men chap qanot himoyachisiman. Ammo "Nijniy Novgorod"ga meni butun qanotni yopadigan lateral sifatida taklif etishdi.

- "Nijniy"da qaysi raqamni oldingiz?

- Yoshligimdan beri, "Paxtakor" akademiyasida shug'ullanishni bgshlaganimdan beri oltinchi raqam ostida to'p tepaman. "Nijniy Novgorod"da ham hech narsani o'zgartirmadim. Raqamim menga omad olib kelsin!

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика