“Jenoa”ga qarshi uchrashuvda darvozada turgan Jiru: “Ajoyib seyv amalga oshirdim. Menyan libosi endi meniki”
08 okt 2023 09:57
Yangiliklar
“Jenoa”ga qarshi uchrashuvda darvozada turgan Jiru: “Ajoyib seyv amalga oshirdim. Menyan libosi endi meniki”
Olive Jiru “Jenoa”ga qarshi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida darvozada o'tkazdi va hujumchi ushbu holat haqida gapirdi.
“Men bilan bunaqasi birinchi marta sodir bo'lmoqda. Jamoadoshlarim bilan faxrlanaman. Ajoyib seyvni amalga oshirdim. Biz sherlardek kurashdik va g'alaba qozonganimizdan xursandman.
Kalabriya o'ziga ishonmadi va shu sababli men o'zimda kuch topib, darvozaga turdim. Men o'zimga ishondim va barchasi yaxshi yakunlandi. Biz maydondan boshimizni tik ko'targan holda chiqib ketdik va turnir jadvalining birinchi pog'onasiga ko'tarildik.
Menyananing libosi esa endi meniki”,-deb fikrini yakunladi Jiru.
Eslatib o'tamiz, “Milan” — “Jenoa” uchrashuvining 90 daqiqasida Menyana qizil kartochka oldi. Milanliklarda o'yinchi o'zgartirish imkoni qolmagani sababli darvozaga Jiru turgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar