"Jenoa" ustozi SHomurodovni sotishni taqiqladi
22 iyu 2021 21:18
Yangiliklar
"Jenoa" ustozi SHomurodovni sotishni taqiqladi
Oldinroq "Match TV" sharhlovchisi Nobel Arustamyan "Jenoa" Eldor SHomurodovni yozda sotmasligi haqida xabar bergan edi.
Klub hozirda uzbekistonlik forvardga sherik bo'ladigan ikkinchi hujumchini izlamoqda.
SHu yilning o'zida A Seriya klublari O'zbekiston terma jamoasi hujumchisiga qiziqayotgani haqida bir nechta xabarlar tarqaldi. Ularni quyida keltirib o'tamiz:
— Iyulda "Calciomercato" nashri "Roma" tomonidan qiziqish borligini aytgandi. Buni shaxsan "Roma" ustozi Joze Mourinyu xohlayotgani, Rim klubi direktorlar kengashi SHomurodov nomzodini ro'yxatga qo'shgani elon qilingan edi.
— SHu kunga qadar hayurtimizga "Yuventus" qiziqayotgani bo'yicha xabarlar bot-bot yangramoqda. Bu malumotni birinchi bo'lib "Tuttosport" nashri yanvarda chiqargan.
— SHomurodov uchun yangi davogar – Milanning "Inter" klubi. "Match TV" axborotiga ko'ra, Simone Inzagi Romelu Lukakuga sherik qidirmoqda.
SHomurodovning o'zi "Jenoa" bosh murabbiyi Davide Ballardini tanlovini hurmat qiladi va hozircha "Jenoa"dan boshqa klubga o'tmaydi. Eldor SHomurodov yaqinda Genuyaga oilasini olib keldi va shaharga sekin-asta ko'nikib boryapti.
26 yoshli futbolchi A Seriyaga 2020 yilning oktyabrida "Rostov"dan kelgan edi. Uning shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi. SHomurodovning transfer narxi — 7 million evro.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar