So’nggi yangiliklar

16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  0 16:27Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га ўтишини айтди  2 15:59"Челси" собиқ футболчиси фаолиятини 28 ёшида якунлади. Уни Бельгия терма жамоасининг келажаги деб аташганди  1 15:30Игорь Шквирин 1990 йилларда "Спартак" Москвага ўтиши мумкинмиди?  7 15:06"Нега Ўзбекистон мундиалдаги "сюрприз" жамоа бўлмаслиги керак?" Станислав Черчесов билан эксклюзив интервью  8 14:44Фофанага қизиқувчилар сони ортмоқда: Англиядан икки таклиф!  2 14:18"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди  0 13:50Расмус ўрнига Уоткинс? МЮ ҳужумида ўзгаришлар кутилмоқда  0 13:25"Динамо" легионери узоқ муддатга сафдан чиқди  1 12:51Алонсонинг биринчи қурбони: "Реал" мураббийи ҳимоячилардан биридан воз кечди  2 12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  3 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  22 10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  20

"Jenoa" Turin klubi bilan durang qayd etdi. SHomurodov 48 daqiqa o'ynadi Yangiliklar

"Jenoa" Turin klubi bilan durang qayd etdi. SHomurodov 48 daqiqa o'ynadi

Genuyaning "Jenoa" jamoasi ayni "Torino" maydonida mehmon bo'ldi.

Torino

Serie A . 22-tur

13/02/2021, 19:00

0
:
0
Tugadi

Genoa

Stadion: Stadio Olimpico Grande Torino, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Fabrizio Pasqua

45'
90'
71'  Simone Zaza (Simone Verdi)
71'  Sasa Lukic (Daniele Baselli)
79'  Tomas Rincon (Karol Linetty)
79'  Cristian Daniel Ansaldi (Nicola Murru)
79'  Gleison Bremer
84'  Armando Izzo
10'  Domenico Criscito
18'  Domenico Criscito (Edoardo Goldaniga)
38'  Nicolo Rovella
46'  Goran Pandev (Eldor Shomurodov)
59'  Edoardo Goldaniga
76'  Mattia Destro (Marko Pjaca)
90'  Ivan Radovanovic

Torino – Jenoa 0:0
13 fevral, 19.00, «Olimpiko di Torino»
Torino – Sirigu, Singo, Icco, Nkulu, Ansaldi (Murru, 79), Mandragora, Lukich (Bazelli, 71), Rinkon (Linetti, 79), Bremer, Belotti, Dzadza (Verdi, 71).
Jenoa – Perin, CHiborra, Masello, Krishito (Goldaniga, 18), Dzappakosta, Zayc, Radovanovich, Strotman, Rovella, Pandev (SHomurodov, 46), Destro (Pyaca, 77).
Ogohlantirishlar:
Krishito (10), Rovella (38), Goldaniga (60), Bremer (79), Icco (85), Radovanovich (90).

Uchrashuv yakunlandi. Hisob o'yinga mos bo'ldi - 0:0. TURNIR JADVALI

90+2. Verdining zarbasiga aniqlik etishmadi.

90+1. Jarima maydoni tomon yuugurayotgan Belottini Radavanovich qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Mezbonlarda standart vaziyat.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

87. Strotman jarima maydoni ichidaga Eldorga to'pni yuqoridan tashlab berdi. Afsuski, SHomurodov to'pni to'xtatishga xatoga yo'l qo'ydi. To'xtatmasdan zarba bergan maqul edi-ku, Eldor...

84. Kevin Strotmanga nisbatan qoidani buzgan Icco ogohlantirildi.

82. Mehmonlardan qarshi hujum! Zappakosta jarima maydoni ichisha oshirgan to'pga Pyaca boshi bilan zarba berdi. Zarba juda ham kuchli edi, biroq Salvatore Sirigu to'g'ri joy tanladi.

79. "Jenoa" futbolchisiga nisbatan qoida buzgan Brener ogohlantirildi.

76. "Jenoa"da o'zgarish: Ballardini Destro o'rniga Marko Pyacani maydonga chiqardi.

75. Eldor Destro manziliga uzun pas uzatgan edi. Himoyachilar qaytarib qolishdi.

71. "Torino" safida o'zgarishlar: Lukich o'rniga Baselli, Zaza o'rniga Simone Verdi maydonga tushdi.

66. SHomurodov markaziy hujumchi sifatida o'ynayapti, Destro biroz orqaroqqa ko'chgan. Ammo to'p kam holatlarda forvardlargacha etib kelyapti.

62. Maydon markazida turgan Eldor bitta pas bilan Rovellani yaxshi poziciyaga chiqardiyu Nikoloning uzatmasi noaniq.

59. Belottini chalib yiqitgan Goldaniga sariq kartochka bilan jazolandi.

57. Uxxxxxx! Zappakostaning jarima maydoni tashqarisidan bergan kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegdi. Genuyaliklarni bir necha santimer goldan ajratib qoldi.

52. Ansaldi jarima maydonchasi ichidagi Belotti manziliga to'p uzatdi. Radavanovich Andreaga halaqit bermaganida mezbonlar hisobda oldinga o'tib olishlari mumkin edi.

48. Jarima maydonchasiga kirib borgan Zaza to'pni tepish jarayonida kichik jarohat oldi shekilli. Italiyalik forvard maydonda yotibdi...

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Eldor SHomurodov Goran Pandevni almashtirdi.

Ha, Eldor libsolarini almashtirmoqda. U ikkinchi bo'limning ilk daqiqalaridan maydonga tushadi.

- Eldor SHomurodov tanaffus mahali faol tarzda chigil yozdi mashqlarini bajarmoqda. Hamyurtimiz katta ehtimol bilan tez orada maydonga chiqadi.

Fabricio Paskuaning 1-taymni yakunlab beruvchi hushtagi chalindi. Tanaffus!

45. Uchrashuvning birinchi bo'limiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. Belotti chayon uslubida zarba berdi. Biroq, italiyalik futbolchi darvoza qaysi tomondaligini adashtirib yubordi.

38. Ansaldining oyoqlariga butsasining ostki qismi bilan hujum qilgan Nikolo Rovella sariq kartochka bilan jazolandi.

33. Eldorning maydonda yo'qligi bilinmoqda. Darvoza tomon aniq zarba beradigan biror mard topilmayapti.

27. Belotti himoyachidan to'pni tortib olib, darvoza tomon yurdi. "Jenoa" mudofaasining boshqa vakillari ehtimoliy xavfni bartaraf qilishdi.

25. CHorak soat davomida darvozalar tomon birorta ham aniq zarba berilmadi.

22. Zappakosta "Torino"ning jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. Penalti bormi? Yo'q, o'yin davom etyapti.

18. "Jenoa"da o'zgarish: jarohatga yo'liqqan Krishito zaxiraga olindi, Goldaniga uning o'rniga o'yinni davom ettiradi.

Malumot uchun, "Jenoa" ayni paytda musobaqa jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi. JADVAL bilan tanishing

14. Krishito bu gal Simone Zazaga nisbatan qo'pol o'ynadi. Genuyaliklar himoyachisi ehtiyotkorroq bo'lgani maqul. Allaqachon uning hisobida sariq kartochka bor.

10. Qanotdan oldinga o'tayotgan Lukichga nisbatan qo'pol o'ynagan Krishito ogohlantirildi.

7. "Jenoadan" hujum. Qanotdan uzatilgan to'pga jarima maydoni ichidagi Destro boshi bilan zarba berdi - noaniq.

4. Mezbonlar hujumda, Andrea Belotti Radavanovich bilan to'qnashuvdan keyin erga quladi. Uchrashuvni boshqarib borayotgan Fabricio Paskua jim.

1. Uchrashuv start oldi! To'pni o'yinga "Torino" o'yinchilari kiritib berishdi. Hamyurtimiz Eldor SHomurodov hozircha zaxira o'rindig'ida o'tiribdi.

— Jamoalar stadionga chiqib kelishmoqda.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика