So’nggi yangiliklar

19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  1 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  3 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  5 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  7 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  6 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  7 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  29

Jennaro Gattuzo: "Hisob 2:1 paytida "Milan" yo'q bo'lib qoldi" Yangiliklar

Jennaro Gattuzo: "Hisob 2:1 paytida "Milan" yo'q bo'lib qoldi"

Teglar :  ItaliyaMilanGattuzo
“Milan” klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo A Seriyaning 2-turidan o'rin olgan “Napoli”ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.

Neapoldagi “San-Paolo” stadionida kechgan dramatik uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobida oldinda bora turib, yakunda mag'lubiyatga uchrashdi. 

“Hisob mezbonlar foydasiga 2:1 ko'rinishiga kelganidan keyin biz shunchaki maydondan yo'q bo'lib qoldik. Hamma o'z xohlaganicha va bilganicha o'ynay boshladi. Futbolchilarimiz birinchi xatoning o'zidayoq o'zlarini yo'qotib qo'yishdi. 

Mag'lubiyat uchun barcha ayb va javobgarlikni o'z zimmamga olaman. CHunki futbolchining maydonda qo'rqib harakat qilayotgani bu murabbiyning aybi. O'tgan mavsumda ham xuddi shunday holat kuzatilgandi. Ikki to'p farqi bilan oldinda bora turib, yakunda mag'lubiyatga uchrash juda alamli”, - dedi Gattuzo Football Italia nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, “Napoli” 6 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. “Milan”da esa hali ochko yo'q va jamoa 13-pog'onadan joy olgan. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика