Jekson Martines Guanchjou Evergrandga o'tgach 2,1 million evro ishlab oldi
11 fev 2016 09:00
Yangiliklar
Jekson Martines Guanchjou Evergrandga o'tgach 2,1 million evro ishlab oldi
Football Leaks sayti Guanchjou Evergrandga ko'chib o'tgan Jekson Martines haqida malumot taqdim etdi.
Futbolchi va Atletiko o'rtasidagi shartnomaga ko'ra transferning (42 million evro) 5 foizi (2,1 million) Martinezning o'ziga beriladi.
Kolumbiyalik futbolchi Atletikoda 3,5 million maosh olgan, klubga o'tgani uchun 2,5 million mukofot puli olgan. 2018/19 yilgi mavsumda uning maoshi 5 million evroga etardi.
Xitoy klubida Martines yiliga 12 million evro maosh oladi.
Fikrlar