Jeko - Mourino haqida: "Roma"da ishlash oson emas"
16 may 2021 10:35
Yangiliklar
Jeko - Mourino haqida: "Roma"da ishlash oson emas"
"Roma" forvardi Edin Jeko A Seriya 37-turi doirasida "Lacio"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Bu bizga qo'shimcha kuch beradi. Tan olish kerak, "Roma" mavsumni yaxshi o'tkaza olmadik. Biroq derbi - bu derbi. Birinchi davradagi yomon o'yinlardan keyin mavsumni pozitiv kayfiyatda yakunlashni istayotgandik.
O'yindan oldin murabbiy bizga so'nggi uy o'yinini o'tkazayotganini aytdi. Uning uchun, muxlislar uchun, klub uchun o'yinda yutishga harakat qildik.
Mourinoning tayinlanuvi sodiqlik borasida bizga ko'p narsa bera oladi. "Roma"da ishlash, ushbu klub uchun munosib bosh murabbiy topish juda qiyin", - dedi Jeko.
Fikrlar