Jeko jamoadoshlaridan kechirim so'radi
29 mar 2019 16:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/486329_original.jpg)
![](/upload/storage/486329_220.jpg)
Jeko jamoadoshlaridan kechirim so'radi
"Roma" hujumchisi Edin Jeko Stefan El-SHaaravi bilan bo'lgan voqea uchun jazolanganidan so'ng jamoadoshlaridan kechirim so'radi.
Futbolchilar SPALga qarshi A Seriyaning 28-tur uchrashuvi (1:2) tanaffusida janjallashib qolishdi. Birinchi bo'lim yakunlanganidan so'ng o'yinchilar kiyinish xonasida mushtlashib ketishiga bir bahya qoldi. Bosniyalik El-SHaaraviga pas bermaganini aytib etiroz bildirdi, italiyalik esa jamoadoshiga qo'pol javob qaytardi. "Roma"ning boshqa futbolchilari mushtlashuvning oldini olishdi.
"Men nohaq edim! Endi yana birgamiz va yuqoriga intila olamiz" - dedi Jeko.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar