Jeko: “Italiya bilan o'yinda ko'prog'iga loyiq edik”
12 iyu 2019 09:15
Yangiliklar


Jeko: “Italiya bilan o'yinda ko'prog'iga loyiq edik”
Bosniya va Gercegovina terma jamoasi hujumchisi Italiyaga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Achinarli natija, boisi, biz ko'prog'iga loyiqroq edik. Durang adolatli natija bo'lgan bo'lardi. Italiyaning jismoniy holati yaxshi edi va jamoa so'zsiz yaxshi o'ynadi, ayniqsa, tanaffusdan keyin. Ammo biz ularni qarshi hujumda jazolab, ikkinchi golni urishimiz mumkin edi. Uning o'rniga esa biz ikkita chiroyli gol o'tkazdik. Biz avvalroq barcha savollarga javob berib, o'yin taqdirini hal etishimiz kerak edi”,—deydi Jeko.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar