Jek Uilsher 30 yoshidayoq murabbiylikni boshlashi mumkin
30 iyu 2022 00:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/707252_original.jpg)
![](/upload/storage/707252_220.jpg)
Jek Uilsher 30 yoshidayoq murabbiylikni boshlashi mumkin
Yarim himoyachi Jek Uilsher faoliyatini yakunlab, "Arsenal"da murabbiylik qilishi mumkin.
"Evening Standard" xabariga ko'ra, "kanonirlar" ayni damda U-23 va U-18 jamoalariga murabbiy izlamoqda. Oldinroq ushbu jamoalar murabbiylari "Krouli Taun" taklifini qabul qilgandi.
SHu sababli endi londonliklarning sobiq futbolchisi Jek Uilsher ushbu jamoalardan birini boshqarishga nomzod sifatida ko'rilmoqda. Ayni damda u jamoasiz bo'lib turibdi.
O'tgan mavsumni Uilsher Daniya chempionatidagi "Orxus" tarkibida o'tkazib, 14 o'yinda 1 golli pas qayd etdi. Klub u bilan shartnomani uzaytirgani yo'q.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar