So’nggi yangiliklar

08:58Гвардиола таркибдан норози эканлигини маълум қилди  3 08:40Ўртоқлик ўйинлари. "Интер" ва "Ювентус" ғалаба қозонди, "Рома" эса Саудия клуби билан дуранг ўйнади  0 08:27Sofascore. "Нол"га ўйнаган Алиқулов ва Ҳусанов, гол урган Ғаниев кечаги учрашувларда неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56Суперлига. Бугун яна 3 та учрашув бор  0 07:25МЛС. Месси захирадан майдонга тушиб, ғалаба голини урди  0 06:55Суперлига. "Навбаҳор" дербида ютқазди, "Насаф" ва "Динамо" эса ўз майдонларида ғалаба қозонишди  2 01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  5 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   51 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26

JCHda o'yinga tashrif buyurganlar soni stadion sig'imidan ko'proq. FIFAdan juda g'alati matematika Yangiliklar

JCHda o'yinga tashrif buyurganlar soni stadion sig'imidan ko'proq. FIFAdan juda g'alati matematika

JCH-2022da o'yinga tashrif buyuruvchilar soni bo'yicha g'alati narsa yuz bermoqda.


Turnir 20 noyabr kuni "Al Bayt" stadionida Qatarning Ekvadorga qarshi o'yini bilan start oldi. FIFAning rasmiy saytidan tekshiramiz – bu arenaning sig'imi bo'yicha ikkita satr berilgan. Bitta sahifada ikki xil malumot:


• JCH-2022dagi stadionning sig'imi*: 45 032 inson. * – muayyan o'yinlar uchun sig'im biroz farq qilishi mumkin


• Turnir uchun sig'im – 60 000 inson.




Ayni paytda o'sha FIFA saytidagi Qatar – Ekvador o'yini rasmiy protokolida tomoshabinlar soni sig'imdagi raqamlardan ko'proqligini ko'ramiz. 60 ming sig'imga ega stadion haqidagi malumotni to'g'ri deb hisoblasak, kamida etti mingga.



Jurnalistlarning aniqlashicha, stadionning o'zidagi tabloda o'n mingta kamroq raqamlar berilgan – 57 372. SHunda hammasi nisbatan tushunarli bo'lardi. Vizual ravishda ochilish o'yinidagi "Al Bayt" stadioniga tashrif buyuruvchilar sonida ayb topish qiyin edi. Ha, o'yin so'nggida Qatar muxlislari salbiy natija sabab stadionni tark etishdi, ammo birinchi taymda barchasi yaxshi bo'ldi.

Mana, ikkinchi kunda esa g'alati holatlar paydo bo'ldi.

Angliya – Eron o'yini Doxadagi "Xalifa Interneyshnl" stadionida o'tdi. FIFA bitta sahifasida 40 ming o'ringa mo'ljallanganini ko'rsatmoqda.



Boshqasida esa – 45 857.



O'yinga qancha muxlis tashrif buyurdi? FIFA 45 334 muxlis haqida yozmoqda. Yani, besh yuzga yaqin bo'sh o'rindiq bo'lishi kerak. Yoki stadionda aytilganidan besh mingta ko'p joy bor edi.



Senegalning Niderlandiyaga qarshi o'yinidagi asosiy savol. O'yin Doxadagi "Al Tumama" stadionida o'tdi. Va yana FIFA saytidagi nomuvofiqlik. 40 000 yoki 44400?



Keyinchalik o'yin protokolida 41 721 sonini ko'rdik.



Va tv-suratni eslaymiz. Birinchi taym o'rtalari – markazda (oq), chap (yashil) va o'ng (qizil) taraflarda ko'plab bo'sh o'rinlar.



Markaz ikkinchi bo'limda ham yomon ko'rinmadi.



Darvoza ortida ham (yashil rangdagi joy).



Bu faqat pastki sektor. Yuqori TV-suratda yaxshi ko'rinmadi, ammo ijtimoiy tarmoqlarda bo'sh qatorlar bilan turli xil suratlar tarqalmoqda.

Huddi shunday voqea "Axmad Bin Ali Stedium"da o'tgan AQSH – Uels o'yini bilan ro'y bergan. FIFA saytida sig'im bo'yicha malumot bor: bitta sahifada 40 ming, boshqasida 45 032. O'yindagi muxlislar bo'yicha rasmiy malumotda – 43 418. Garchi markazda bo'sh o'rindiqlar ko'ringan bo'lsa ham.



FIFAga bir nechta savollar bor.

Ilk savol: nega birinchi o'yin atrofidagi raqamlarda bunday tafovut bor va 60 mingta deyilgan zamonaviy stadionga qanday qilib 67 ming insonni sig'dirish mumkin? Agar bu xato bo'lsa, nega haligacha to'g'irlanmagan?

Ikkinchisi: nega FIFA rasmiy saytidagi ikki sahifada stadion sig'imi bo'yicha nomuvofiqlik paydo bo'ldi? Birinchi stadion bilan voqeaga kelsak, umuman bitta sahifada.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика