So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  27 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  18 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

JCH saralashidagi raqib – Janubiy Koreya Iroqqa gol ura olmadi Yangiliklar

JCH saralashidagi raqib – Janubiy Koreya Iroqqa gol ura olmadi

Teglar :  Janubiy KoreyaIroq
O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhidagi raqibi – Janubiy Koreya terma jamoasi bugun, 7 iyun kuni Iroqqa qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

BAAda bo'lib o'tgan o'yinda hisob ochilmadi - 0:0. Avvalroq saralash bosqichi “A” guruhi ishtirokchilaridan Xitoy Filippinni 8:1 hisobida mag'lub etgandi, Suriya terma jamoasi Yaponiya bilan (1:1), Qatar futbolchilari KXDR bilan (2:2) durang o'ynagani, Eron termasi esa CHernogoriyani 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgani haqida xabar berilgandi.

O'z navbatida O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Tailand futbolchilari bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Yuqoridagi barcha o'yinlar JCH–2018 “A” guruhi 8-turiga tayyorgarlik vazifasini o'tadi.

Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi saralash bosqichi 10-turida Toshkentda Janubiy Koreyani qabul qiladi. Mazkur o'yin 5 sentyabr kuni kuniga belgilangan.

Eslatib o'tamiz, JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, 13 ochko jamg'argan Janubiy Koreya ikkinchi pog'onada bormoqda. O'zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan uchinchi o'rinni band qilgan. 4–6 o'rinlarni mos ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va Qatar (4 ochko) termalari egallagan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика