So’nggi yangiliklar

12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  0 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  2 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  0 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  3 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  1 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1

JCH saralashdagi raqibimiz Yaman terma jamoasi murabbiyi vada berdi Yangiliklar

JCH saralashdagi raqibimiz Yaman terma jamoasi murabbiyi vada berdi

Teglar :  YamanJCH saralash
Ertaga JCH-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni - Yaman uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mazkur bellashuv biz uchun ahamiyatga ega, negaki har ikki jamoa O'zbekiston joy olgan guruhda bahs olib bormoqda. Yaman terma jamoasi saralash o'yinlariga ko'ngildagidek tayyorgarlik ko'ra olmadi.

Mamlakatda yuzaga kelgan siyosiy notinchlik terma jamoa rejalariga ham tasir qildi, buning oqibatida yamanliklar shu yilning yanvar oyidan beri tuzuk mashg'ulot yoki o'yin o'tkazishmadi. Bundan tashqari o'tgan oy Yaman terma jamoasi yig'in o'tkazayotgan mahal bosh murabbiy Sami Al Naash COVID sabab vafot etdi.

SHundan so'ng asosiy jamoani Ahmed Ali Qassem qabul qilib oldi. Ushbu murabbiy ertaga bo'ladigan o'yin oldidan quyidagi fikrlarni bildirdi. 

"Biz Yaman xalqiga jahon chempionati saralash bahslarida bor imkoniyatimizni ishga solishga hamda o'z o'yinimiz bilan muxlislarni xursand qilishga vada beramiz. Biz hayotda realistmiz, shu bois qanday raqiblarga qarshi maydonga tushishni juda yaxshi bilamiz. Oldindan balandparvoz gaplarni aytmoqchi emasman, lekin shuni aytishim mumkin, har bir o'yinda bor kuch bilan harakat qilamiz", - deydi yamanliklar ustozi. 

Yaman terma jamoasi hozirgacha o'tkazilgan 5ta o'yindan 5 ochko to'plab oxirgi o'rinni egallab turibdi. Bu jamoa jahon chempionati saralash bahslarida keyingi bosqichga chiqa olmaydi, biroq Osiyo Kubogi-2023ga chiqishga urinib ko'radi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 11 iyun kuni aynan shu jamoaga qarshi maydonga tushadi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика