JCH saralashdagi raqibimiz Singapur guruhda ikkinchi bo'lish uchun kurashadi
03 iyu 2021 16:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/640517_original.jpg)
![](/upload/storage/640517_220.jpg)
JCH saralashdagi raqibimiz Singapur guruhda ikkinchi bo'lish uchun kurashadi
Bugun Osiyo qitasi bo'ylab JCH-2022 saralash bosqichining ikkinchi raund asosiy o'yinlariga start beriladi.
Bugun Toshkent vaqti bilan 23:00da Falastin - Singapur o'yini bo'lib o'tadi. Biz joy olgan guruhda Singapur termasi 7 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi. O'yindan oldingi matbuot anjumanida singapurliklar bosh murabbiyi Tatsuma Yoshida jamoasi bilan ikkinchi o'rinni maqsad qilayotganini aytdi.
- "Biz rasmiy o'yinlarga tayyormiz. Hozircha hammasi joyida. Jamoamiz safida Saudiya Arabistoniga kelgan barcha futbolchilarga ishonaman. Har bir o'yin biz uchun muhim. Agar Falastinni mag'lub etsak, 10 ochko bilan ikkinchi o'ringa ko'tarilib olamiz. Maqsadimiz ham aslida shu: guruh bahslarini ikkinchi o'rinda tugatish. Biz shu orqali Singapur xalqiga quvonch ulashishni xohlaymiz", - deydi yaponiyalik murabbiy.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar