So’nggi yangiliklar

00:01Европа лигаси. "Рома" - "Атлетик" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 23:40"Челси" футболчиси жароҳат олди  0 23:17Дани Алвесни судга беришди  1 22:50Фонсека: "Адолатсизлик"  1 22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  4 22:04Конференциялар лигаси. "Копенгаген" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  0 21:51Европа лигаси. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед"нинг таркиби маълум!  8 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  39 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  18 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  5 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  3 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  8 19:04Деку Неймарнинг "Барса"га қайтиши ҳақида: "Жамоани қуришда балансни унутмаган ҳолда, ақл билан иш кўриш зарур"  5

JCH saralashdagi raqibimiz Saudiya Arabistoni Yamayka bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Tarkibga 28 futbolchi chaqirildi Yangiliklar

JCH saralashdagi raqibimiz Saudiya Arabistoni Yamayka bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Tarkibga 28 futbolchi chaqirildi

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Erve Renar terma jamoa ro'yxatini elon qildi.

Malumki, Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichida biz bilan bitta guruhda bahs olib boryapti hamda guruhda birinchi o'rinni kim egallashi katta ehtimol bilan mana shu jamoaga qarshi bahsdan so'ng oydinlashadi. 

O'zbekiston terma jamoasi sentyabrda Tojikiston, oktyabrda Eron va BAAga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. JCH saralashdagi asosiy raqibimiz Saudiya Arabistoni esa yil boshidan beri koronavirus sabab hali bironta yig'in o'tkazgani yo'q. 

Mana endi saudiyaliklar noyabrdagi FIFA kunlaridan foydalanib ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi va har ikkala bahs Yamayka terma jamoasi bilan bo'lib o'tadi. O'yinlar 14 va 17 noyabr kuni Ar Riyod shahridagi "SHahzoda Faysal bin Fahd" stadionida o'tkazilishi belgilab qo'yilgan.

Franciyalik murabbiy Erve Renar mamlakat bosh jamoasiga 28 nafar futbolchini taklif etdi. Ular orasida Yosir Al SHahroni, Salman Faraj, Muhammad Kanno, Turki Al Ammar, Salim Al Dovsari, Navaf Al Obid, Firas Al Brikan kabi yulduzlar bor.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика