JCH saralashdagi raqibimiz Saudiya Arabistoni sentyabr va oktyabrda dam oldi, noyabrda ikkita o'yin o'tkazadi
15 okt 2020 10:45
Yangiliklar


JCH saralashdagi raqibimiz Saudiya Arabistoni sentyabr va oktyabrda dam oldi, noyabrda ikkita o'yin o'tkazadi
Malumki, Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichida O'zbekiston bilan bir guruhda joy olgan.
Terma jamoamiz sentyabrda Tojikiston, oktyabrda Eron va BAA terma jamoalariga qarshi nazorat bahslarida maydonga tushdi. JCH saralashdagi asosiy raqibimiz Saudiya Arabistoni esa yil boshidan beri koronavirus sabab hali bironta yig'in o'tkazgani yo'q.
Yaqinda bu terma jamoaning rejalari elon qilindi. Unga ko'ra, saudiyaliklar noyabrda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi va har ikkala bahs Yamayka terma jamoasi bilan bo'lib o'tadi. O'yinlar 14 va 17 noyabr kuni Ar Riyod shahridagi "SHahzoda Faysal bin Fahd" stadionida tashkil etiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar