JCH saralashdagi raqibimiz Saudiya Arabistoni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
01 mar 2021 23:21
Yangiliklar


JCH saralashdagi raqibimiz Saudiya Arabistoni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
JCH-2022 saralash bosqichida Saudiya Arabistoni bilan bir guruhda kurash olib borayotganimizdan xabaringiz bor.
OFK saytining xabar berishicha, saudiyaliklar 25 mart kuni Quvayt terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi. Mazkur bahs Ar Riyod shahrida bo'lib o'tadi.
Bosh murabbiy Erve Renar milliy jamoani 22 martdan yig'ishni maqsad qilgan. Saudiya Arabistoni guruhda 8 ochko bilan ikkinchi o'rinda boryapti. O'zbekiston terma jamoasi hisobida esa 9 ochko bor. Har ikki jamoa o'rtasidagi bahs shu yilning iyun oyida o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar