So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  52 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

JCH saralash. Osiyoda katta karvon yo'lga chiqyapti Yangiliklar

JCH saralash. Osiyoda katta karvon yo'lga chiqyapti

Ertaga, 2 sentyabr kuni Osiyo mintaqasida JCH-2022 saralash bahslarining 3-bosqichiga start beriladi.

Afsuski, bu bosqichda O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etmaydi. SHu bois biz qatnashmaydigan musobaqaga qiziqish katta bo'lmasligi tabiiy. Biroq Osiyo futboli bilan hamnafas bo'lishimiz uchun ham JCH saralashni kuzatib borishga to'g'ri keladi. 

Guruhlar va format

SHu o'rinda uchinchi bosqich qanday bo'lishi haqida yana eslatma tarzida malumot berib o'tskk. Ikkinchi bosqichdan chiqqan eng kuchli 12ta jamoa oltitadan ikki guruhga bo'lingan. Barcha jamoalar uy-mehmon tarzida bir-birlariga qarshi ikkitadan o'yin o'tkazishadi.

Guruh bosqichi yakunlariga ko'ra, har bir guruhdan ikkitadan - jami 4ta jamoa to'g'ridan to'g'ri jahon chempionatiga yo'llanma oladi. Uchinchi o'rinni egallagan jamoalar esa o'zaro pley-off bahsida ishtirok etishadi va yutgan jamoa mintaqalararo pley-off bosqichiga yo'l oladi.   


"A" guruhi - Eron, Janubiy Koreya, BAA, Iroq, Suriya, Livan.

1-tur. 2 sentyabr

16:00. Janubiy Koreya - Iroq

21:00. Eron - Suriya

21:45. BAA - Livan

  

"B" guruhi - Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Ummon, Vetnam.

1-tur. 2 sentyabr

15:15. Yaponiya - Ummon

23:00. Avstraliya - Xitoy

23:00. Saudiya Arabistoni - Vetnam



O'yinlar qaerda bo'ladi?

Demak, yuqorida guruhlar va jamoalar bilan tanishib oldik. Aytib o'tganimizdek, JCH saralash uchinchi bosqichiga ertaga start beriladi. SHu o'rinda bir savol tug'ilishi mumkin, o'yinlar qaerda bo'ladi?

Avvaldan belgilab qo'yilganidek, OFK imkon qadar terma jamoalar o'rtasidagi hal qiluvchi bellashuvlarni uy-mehmon tarzida o'tkazishga harakat qilyapti. Orada markazlashgan bo'larmish degan gap ham chiqqandi, biroq bu shunchaki mish-mish ekan. Lekin hozirgi holatda ham to'liq barcha mezbonlar uyda o'ynaydi deb bo'lmaydi. 

Masalan, Avstraliya Xitoy bilan Qatarda bahs olib boradi. SHuningdek, Iroq ham 2-turni Dohada o'tkazadi. Dastlabki turda faqat Avstraliya mezbon bo'lib ham neytral stadionda o'ynaydi. Janubiy Koreya Iroqni Seulda qabul qilsa, Eron "Ozodi" stadionida Suriyaga qarshi bahs olib boradi. BAA esa uy uchrashuvini Dubayda o'tkazadi. 

Yaponiya - Ummon uchrashuvi Yaponiya shimolida joylashgan Suita shahrida bo'lib o'tadi. Saudiya Arabistoni esa Ar Riyodda Vetnamni qabul qiladi. 

P.S. Uchrashuvlarning boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика