So’nggi yangiliklar

09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  0 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   1 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мариа терма жамоа билан хайрлашди  3 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  0 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  10 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  6 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  6 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  10 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  18 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  21 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4

JCH saralash. Osiyo yangicha formatga muhtoj Yangiliklar

JCH saralash. Osiyo yangicha formatga muhtoj

Bir paytlar Germaniya terma jamoasi murabbiyi Yoaxim Lyov Lyuksemburg, Andorra kabi jamoalar bilan o'yinlar nemis futboli uchun hech narsa bermasligini aytgandi.

Albatta, murabbiy bejizga bu gaplarni aytgan emas. CHunki tasavvur qiling, terma jamoa yig'iladi, nechadir kun mashg'ulot o'tkazadi, keyin maydonga tushib qarabsizki 6:0, 7:0 hisobida g'alaba qozonadi. Xo'sh, bu germaniyalik futbolchilarga nima beradi? Gap yirik hisobda emas, gap raqibning o'ta kuchsizligida. 

Osiyoda yo'lga qo'yilgan JCH-2022 saralash bahslarida ham shunday holatlar guvohi bo'lyapmiz. Ko'p uzoqqa bormasdan markazlashgan tartibda bo'lib o'tayotgan musobaqadagi natijalarni yodga olaylik. Hozircha 15ta o'yin o'tkazilgan bo'lsa, shundan 9tasida yirik hisoblar qayd etildi. Axir bu dahshat! Yirik hisoblar orasida 4:0, 5:0, 7:0, 8:0 va hatto 10:0 ham bor.

Yirik hisob qayd etilgan o'yinlar:

Avstraliya - Quvayt 3:0

Saudiya Arabistoni - Yaman 3:0

Falastin - Singapur 4:0

Maldiv - Suriya 0:4

BAA - Malayziya 4:0

Janubiy Koreya - Turkmaniston 5:0 

Guam - Xitoy 0:7

Bahrayn - Kambodja 8:0

Yaponiya - Myanma 10:0


Ko'rinib turibdiki, yirik hisobli o'yinlarda ikkinchi tomon gol ura olmagan. Va bunday natijalar qayd etilishi yutqazgan tomon bilan birgalikda OFKning ham imidjiga salbiy tasir qilmoqda. Endi JCH saralash bosqichining ikkinchi raund barcha guruhlardagi yirik hisoblarni keltirib o'tamiz.


"A" guruhi

Filippin - Suriya 2:5

Guam - Filippin 1:4

Maldiv - Xitoy 0:5

Xitoy - Guam 7:0

Suriya - Guam 4:0

Guam - Xitoy 0:7

Maldiv - Suriya 0:4

Guruhda shu paytgacha 14ta o'yin o'tkazilgan bo'lsa, shundan 7tasida, yani teng yarmida yirik hisob kuzatilgan. 


"B" guruhi

Quvayt - Nepal 7:0

Quvayt - Avstraliya 0:3

Avstraliya - Nepal 5:0

Xitoy Taypeyi - Avstraliya 1:7

Iordaniya - Nepal 3:0

Quvayt - Xitoy Taypeyi 9:0

Iordaniya - Xitoy Taypeyi 5:0

Avstraliya - Quvayt 3:0

Guruhda shu paytgacha 14ta o'yin o'tkazilgan bo'lsa, shundan 8tasida yirik hisob qayd etilgan. 


"C" guruhi

Eron - Kambodja 14:0

Kambodja - Iroq 0:4

Bahrayn - Kambodja 8:0

Guruhda shu paytgacha 14ta o'yin o'tkazilgan bo'lsa, shundan 3tasida yirik hisob qayd etilgan. 


"D" guruhi

O'zbekiston - Yaman 5:0

Saudiya Arabistoni - Singapur 3:0

Saudiya Arabistoni - Falastin 5:0

Falastin - Singapur 4:0

Saudiya Arabistoni - Yaman 3:0

Guruhda shu paytgacha 15ta o'yin o'tkazilgan bo'lsa, shundan 5tasida yirik hisob qayd etilgan. 


"E" guruhi

Qatar - Afg'oniston 6:0

Ummon - Afg'oniston 3:0

Ummon - Bangladesh 4:1

Qatar - Bangladesh 5:0

Guruhda shu paytgacha 15ta o'yin o'tkazilgan bo'lsa, shundan 4tasida yirik hisob qayd etilgan.


"F" guruhi

Yaponiya - Mo'g'uliston 6:0

Qirg'iziston - Myanma 7:0

Tojikiston - Yaponiya 0:3

Tojikiston - Mo'g'uliston 3:0 

Mo'g'uliston - Yaponiya 0:14

Yaponiya - Myanma 10:0

Guruhda shu paytgacha 15ta o'yin o'tkazilgan bo'lsa, shundan 6tasida yirik hisob qayd etilgan.


"G" guruhi

Indoneziya - Tailand 0:3

BAA - Indoneziya 5:0

BAA - Malayziya 4:0

Guruhda shu paytgacha 14ta o'yin o'tkazilgan bo'lsa, shundan 3tasida yirik hisob qayd etilgan.


"H" guruhi

Janubiy Koreya - SHri Lanka 8:0

SHri Lanka - Livan 0:3

Janubiy Koreya - Turkmaniston 5:0

Guruhda shu paytgacha 12ta o'yin o'tkazilgan bo'lsa, shundan 3tasida yirik hisob qayd etilgan.

Endi hammasini hisoblab ko'ramiz. Barcha guruhlarda shu kungacha o'tkazilgan jami o'yinlar soni 113tani tashkil qilyapti va shundan 39tasi yirik hisob bilan tugagan. Bu degani 74ta bahsda yirik hisob qayd etilmagan. Boshqacha aytganda, jami o'yinlarning 35 foizi yirik hisob bilan tugagan. 


Oxirgi o'rindagi jamoalar

Albatta, har bir musobaqaning saviyasi birinchi o'rinda ketayotgan jamoa ko'rsatkichlaridan tashqari oxirgi o'rindagi jamoaning natijalari bilan ham o'lchanadi. SHu bois har bir guruhda oxirgi o'rindagi jamoalarning ko'rsatkichini keltirib o'tamiz. 

"A" guruhi. Oxirgi o'rinni Guam terma jamoasi egallab turibdi. 6 o'yinda 6 mag'lubiyat. To'plar nisbati 2-26. 

"B" guruhi. Oxirgi o'rinda Xitoy Taypeyi boryapti. 6 o'yinda 6 mag'lubiyat. To'plar nisbati 2-27.

"C" guruhi. Oxirgi o'rinda Kambodja terma jamoasi boryapti. 6 o'yinda 1 durang, 5 mag'lubiyat. To'plar nisbati 1-30.

"D" guruhi. Oxirgi o'rinni Yaman terma jamoasi egallab turibdi. 6 o'yinda 1 g'alaba, 2 durang, 3 mag'lubiyat. To'plar nisbati 6-14.

"E" guruhi. Oxirgi o'rinda Bangladesh boryapti. 6 o'yinda 2 durang, 4 mag'lubiyat. To'plar nisbati 3-14.

"F" guruhi. Oxirgi o'rinni Mo'g'uliston egallab turibdi. 7 o'yinda 1 g'alaba, 6 mag'lubiyat. To'plar nisbati 2-27.

"G" guruhi. Oxirgi o'rinda Indoneziya boryapti. 6 o'yinda 1 durang, 5 mag'lubiyat. To'plar nisbati 5-18.

"H" guruhi. Oxirgi o'rinda SHri Lanka boryapti. 5 o'yinda 5 mag'lubiyat. To'plar nisbati 2-18. 

Ko'rib turganingizdek, barcha guruhlarda oxirgi o'rindagi jamoalar holatiga havas qilib bo'lmaydi. Hammasida to'plar nisbati minusga kirib ketgan. 


Yangicha format qanday bo'ladi? 

Mana, statistika bilan bog'liq bazi raqamlar bilan tanishib oldik. Juda ko'p o'yinlarda yirik, bazan o'ta yirik hisoblar qayd etilishi hech qachon musobaqa saviyasi ortishiga xizmat qilmaydi. SHu bois OFK qitada jahon chempionati saralash bahslariga bo'lgan qiziqishni orttirishi uchun yangicha format ishlab chiqishi kerak degan fikrdamiz. 

Bu qanday bo'ladi? Aytaylik, JCH saralash o'yinlarida Osiyodan hammasi bo'lib 46ta davlat ishtirok etishni boshlagan. Yo'llanma esa 4,5ta qilib belgilangan. Bu o'rinda OFK saralash bahslarini 3 bosqichda o'tkazishi mumkin. Birinchi bosqichda FIFA reytingida eng quyi jamoalar pley-offda o'z kuchini sinab ko'radi.

Masalan, JCH-2022 saralash bosqichining birinchi raundida pley-off o'yinlari (6ta uchrashuv) o'tkazildi va yutgan jamoalar ikkinchi bosqichga yo'l olishdi. Faqat mana shu erda ikkinchi bosqichni boshqacha o'tkazishga to'g'ri keladi. Ikkinchi bosqichda jami 40ta jamoa 5tadan 8 guruhga bo'lingan. Agar biz FIFA reytingiga qarab eng kuchli 15ta terma jamoani kurashga qo'shmay tursak nima bo'ladi? 

SHunda qolgan 25 jamoa 5tadan 5 guruhga bo'lingan holda o'zaro kurash olib boradi va uchinchi bosqichga faqat guruh g'oliblarigina yo'l oladi. Masalan, bu o'yinlarni uy-mehmon tarzida emas (chunki uy-mehmonda juda cho'zilib ketadi), balki markazlashgan tartibda bitta o'yindan iborat shaklda tezroq o'tkazib olish mumkin. SHunda har bir jamoa o'z raqibi bilan bir martadan maydonga tushadi.

FIFA reytingiga ko'ra, Osiyoning eng kuchli 15 jamoasi to'g'ridan to'g'ri uchinchi bosqichga yo'l oladi. Ikkinchi bosqichdan esa yana 5ta jamoa (yani, 5ta guruh g'oliblari) qo'shilib, jami 20ta jamoa hal qiluvchi bahslarni o'tkazadi. Agar oxirgi FIFA reytingiga qaraydigan bo'lsak, Osiyoning 15ta kuchli jamoasi kimlar degan savolga javob olamiz. Bular - Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Iroq, BAA, Xitoy, Suriya, Ummon, O'zbekiston, Vetnam, Livan, Iordaniya. 

Endi bular qatoriga ikkinchi bosqichdan chiqqan eng kuchli beshta jamoani qo'shing. Jahon chempionatiga chiqish yo'llanmasini mana shu jamoalar o'zaro hal etgani maqul emasmi?

 

Uchinchi bosqich qanday o'tadi?

Faraz qilamiz, 20ta eng kuchli jamoa yig'ildi. Buyog'iga o'yinlarni davom ettirish uchun 3ta yo'l qoladi.

Birinchisi, 20ta jamoa xuddi APLdagi kabi o'yinlarni o'tkazadi. Yani uy-mehmon tarzida. Har bir jamoa 19ta uyda, 19ta safarda o'ynaydi. Musobaqa ikki-ikki yarim yil davom etadi. JCH-2026da Osiyoga 8ta yo'llanma berilishini hisobga olsak, yakunda 1-8 o'rinlar JCHga yo'l oladi. Bu olimpiya tizimi deyiladi va eng kuchlilar mana shu orqali aniqlanadi. 

Ikkinchisi, jamoalar 10tadan ikki guruhga bo'linadi: birinchi va ikkinchi guruh. Har bir jamoa uyda va safarda 9tadan, jami 18 uchrashuv o'tkazadi. Yakunda har bir guruhdan 4tadan eng kuchli 8 jamoa JCH yo'llanmasini qo'lga kiritadi. 

Uchinchisi, jamoalar 5tadan 4 guruhga bo'linadi: "A", "B", "C", "D" guruhlari. Guruhlar juft, lekin jamoalar soni toq bo'lgani uchun har bir turda navbati bilan bittadan jamoa dam oladi. Kimdir dam olishi kunlari o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin. Yakunda har bir guruhdan 1-2 o'rin egalari, jami 8ta jamoa JCHga yo'l oladi. 


Yangicha format nima beradi? 

Endi masalaning asl muddaosiga o'tsak. Yangicha format avvalo Osiyoni sharmandali hisoblardan qutqarib qoladi. Axir Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya yoki bo'lmasa biz uchun Mo'g'uliston, Guam, Nepal, Kambodja, Xitoy Taypeyi kabi jamoalar bilan o'ynashning nima qizig'i bor. Undan ko'ra, JCHga chiqish yo'lida ikki-ikki yarim yil ichida faqat kuchlilar bilan o'ynagan maqul emasmi?

Ikkinchidan, bu format kuchli jamoalarga nihoyatda maqul keladi. Aytaylik, 20ta jamoa guruhlarga bo'linmay, hamma bir-biri bilan o'ynasa, yani birinchi yo'l tanlanadigan bo'lsa, biz Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Eron kabi kuchli jamoalar bilan ikki-ikki yarim yil ichida ikki martadan (ham uyda, ham safarda) o'ynaymiz. Bo'lib ham rasmiy o'yinlarda. Kuchimiz etsa chiqamiz, kuchimiz etmasa kuchlilar bilan o'ynaganimiz qoladi. Axir o'rtoqlik uchrashuviga bu raqiblarni ko'ndirish oson emas, rasmiy o'yinlarda esa hamma maydonga tushishi shart. 

P.S. Bu shunchaki hozirgi bosqichda yuz berayotgan o'ta kulguli hisoblardan kelib chiqib yozilgan maqola bo'ldi. Balki OFK uchun hozirgi format yaxshi ko'rinayotgandir. Lekin yana qaytarib aytamiz, modomiki 8:0, 10:0 kabi hisoblar davom etar ekan, Osiyo futboli bundan hech narsa yutmaydi, qaytanga boshqalar ko'ziga kulgi bo'lib ko'ringanimiz qoladi. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика