So’nggi yangiliklar

01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  0 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  2 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  4 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  19 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6

JCH saralash. Ikkita yo'llanmaga uchta davogar: kim do'ppisini osmonga otadi? Yangiliklar

JCH saralash. Ikkita yo'llanmaga uchta davogar: kim do'ppisini osmonga otadi?

Teglar :  JCH saralashOsiyo
Osiyoda jahon chempionati saralash bahslarining uchinchi bosqich tugashiga 2 tur qoldi.

Ayni payt "B" guruhida juda qiziq vaziyat yuzaga kelgan. Negaki to'g'ridan-to'g'ri ikkita yo'llanma uchun uchta terma jamoa kurash olib boryapti. Guruh peshqadami Saudiya Arabistoni 19 ochko to'plagan bo'lsa, Yaponiya 18 ochko bilan ikkinchi, Avstraliya esa 15 ochko to'plagan holda uchinchi o'rinni egallab turibdi. 

27 yanvar va 1 fevral kunlari o'tkazilgan ikki turda Saudiya Arabistoni g'alaba va mag'lubiyat qayd etdi. Erve Renar shogirdlari uyda Ummonni 1:0 hisobida mag'lub etib, safarda Yaponiyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 

Yaponiya ketma-ket ikkita bahsni ham bir xil 2:0 hisobida yakunladi. "Samuraylar" dastlab Xitoyni, so'ngra Saudiya Arabistonini xuddi shu hisob bilan mag'lub etishdi. Avstraliya esa bir g'alaba va bir durang qayd etdi. "Kengurular" avvaliga Vetnamni 4:0 hisobida mag'lub etib, keyin safarda Ummon bilan 2:2 o'ynashdi.


SHunday qilib qishki o'yinlarda Yaponiya 6, Avstraliya 4 va Saudiya Arabistoni 3 ochko to'pladi. Mana shu 6 ochko tufayli Yaponiya terma jamoasi guruhdagi ahvolini ancha yaxshilab oldi va endilikda peshqadam Saudiyadan atigi bir ochkoga ortda qolyapti. Vaholanki, uchinchi bosqich boshida yaponlar uchta o'yindan ikkitasida mag'lubiyatga uchragandi. 

Guruh o'yinlari tugashiga 2ta tur qolganini hisobga olsak, buyog'iga kurash yanada qizg'in kechishi turgan gap. Zero, har uchala terma jamoada ham to'g'ridan-to'g'ri JCH-2022ga borish imkoniyati mavjud. Lekin faqat kimgadir juda alam qiladi, chunki guruhda uchinchi bo'lib, pley-offda qoladi. 

24 mart. 9-tur

Avstraliya - Yaponiya

Xitoy - Saudiya Arabistoni

29 mart. 10-tur

Yaponiya - Vetnam

Saudiya Arabistoni - Avstraliya

Oxirgi ikki turda uch jamoaning o'yinlar taqvimi shunday ko'rinish olgan. Avstraliya terma jamoasini birmuncha qiyin taqvim kutmoqda: ular ham Yaponiya, ham Saudiya Arabistoni bilan o'ynaydi.

P.S. Guruhdagi qolgan uch jamoa - Ummon, Xitoy va Vetnam jahon chempionatiga chiqish orzusi bilan xayrlashib bo'ldi. Bu jamoalarda hatto 3-o'rinni olish uchun ham imkoniyat qolmagan.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика