So’nggi yangiliklar

16:43Даҳшат! "Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  4 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  11 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3

JCH saralash bosqichi ishtirokchilari noyabrda kimlar bilan o'ynaydi? Yangiliklar

JCH saralash bosqichi ishtirokchilari noyabrda kimlar bilan o'ynaydi?

Noyabr oyi terma jamoalar uchun yildagi oxirgi faol davr hisoblanadi. SHundan keyin kelasi yilning mart oyigacha terma jamoalar uchun tanaffus yuzaga keladi.

Yaqinlashib kelayotgan oyda barcha qitalarda jahon chempionati saralash o'yinlari bilan bir qatorda undan avval yoki so'ng o'rtoqlik bellashuvlari tashkil etish ham ko'zda tutilgan. SHu jumladan, qitamizda muxlislar saralash o'yinlaridan oldin bir qator bahslarga guvoh bo'lishadi.

Birinchi navbatda jahon chempionati saralash bellashuvlarida kurashni davom ettirayotgan jamoalarning uchrashuvlari biz uchun qiziqroq. SHu sababli dastlab ularning o'yinlari xususida so'z yuritamiz.

Guruhdoshlarimizdan Janubiy Koreya bizga qarshi o'yin arafasida o'z maydonida Kanadani qabul qiladi. Bellashuv 11 noyabr kuni o'tkaziladi. Aslida ushbu muddatda koreyslar Salvador bilan bahsni rejalashtirishgandi, biroq keyinchalik raqib nomi o'zgardi. SHu tariqa Koreyaga Kanada tashrif buyuradigan bo'ldi. FIFA kunlari 7 noyabrdan boshlanishini inobatga olsak, Uli SHtilike kanadaliklarga qarshi uchrashuvda bemalol asosiy tarkibdan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Aynan shu uchrashuvni kuzatib Koreyaning biz bilan o'yingacha bo'lgan holatidan boxabar bo'lishimiz mumkin. Eslatib o'tamiz, Kanadaga qarshi yozda terma jamoamiz oliy ligada o'ynaydigan futbolchilar bilan maydonga tushib, 1:2 hisobida yutqazgandi.

Eron esa 11 noyabr kuni Dubayda Iroq terma jamoasi bilan o'tadigan uchrashuvini bekor qildi. Qatar esa 10 noyabr sanasida Rossiyani Doxada qabul qiladi. Doxada navbatdagi ikki mundial mezbonlari maydonga tushadi.

Terma jamoamizning 10 noyabr kuni Toshkentda Iordaniyani qabul qilishidan ishqibozlar xabardor. Bungacha iordaniyaliklar 6 noyabrda Iroq bilan o'ynashadi. Demak, Iordaniya va Iroq bu muddatda bir necha o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishni rejalashtirgan. Narigi guruhda o'ynayotganlar orasida Iroqdan tashqari Yaponiya ham o'rtoqlik o'yini o'tkazishni mo'ljallagan. Samuraylar Ummonni qabul qilishadi.

Yon qo'shnilarimiz ham noyabr oyidagi FIFA kunlaridan unumli foydalanishadi. Qirg'iziston terma jamoasi Filippin va Bahrayn termalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish yuzasidan kelishuvga erishgan. Oxirgi paytlarda ushbu mamlakatda futbolga etibor ancha o'sib borayotganini takidlash lozim. Terma jamoa birin-ketin o'rtoqlik o'yinlari o'tkazyapti va federaciyaning o'zida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Tojikiston esa Turkmaniston bilan uchrashuvda maydonga tushadi. Bunda Markaziy Osiyoning o'ziga xos derbisiga guvoh bo'lamiz.


Osiyo jamoalarining noyabr oyidagi o'rtoqlik uchrashuvlari
4 noyabr

Myanma  Indoneziya
6 noyabr
Iordaniya  Iroq
KXDR  Xitoy Taypeyi
Gonkong  Guam
8 noyabr
Vetnam - Indoneziya
9 noyabr
Filippin - Qirg'iziston
Tojikiston  Turkmaniston
Guam  KXDR
Gonkong  Xitoy Taypeyi
10 noyabr
Qatar  Rossiya
Livan  Falastin
O'zbekiston  Iordaniya
11 noyabr
Janubiy Koreya  Kanada
Yaponiya  Ummon
12 noyabr
Xitoy Taypeyi  Guam
Gonkong  KXDR
13 noyabr
Tojikiston  Afg'oniston
14 noyabr
Malayziya  Papua Yangi Gvineya
15 noyabr
Bahrayn - Qirg'iziston
Iordaniya  Livan



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика