So’nggi yangiliklar

08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  0 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  2 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  11 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  2 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  14 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  5 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9

JCH g'olibi - Urugvayga qarshi tarixiy o'yin haqida Yangiliklar

JCH g'olibi - Urugvayga qarshi tarixiy o'yin haqida

O'zbekiston terma jamoasi ilk marotaba Jahon chempioniga qarshi saf tortadi.

Tarixiy o'yinga sanoqli soatlar qolmoqda. Xalqaro darajadagi ilk eng katta o'rtoqlik uchrashuvi ostonasidamiz. Urugvay bilan o'yin garchi o'rtoqlik maqomida bo'lsada, muxlislarda yoqimli hayajon sezilib turibdi. Urugvaydek kuchli hamda nomdor raqibga qarshi o'yinni ko'pchilik katta qiziqish va intizorlik bilan kutmoqda. Jahon darajasidagi yulduzlar fonida terma jamoamiz futbolchilarining imkoniyatlarini chamalash albatta qiziq bo'ladi.

Bu bahsda terma jamoamizni jiddiy sinov va katta to'qnashuv kutmoqda. Urugvay uchun JCH oldidan so'nggi rasmiy mashg'ulotga aylanadigan mazkur o'yin, biz uchun ham yuqori ahamiyatga ega.

Urugvay mundialga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lsa, biz terma jamoamizni yangi davrga, yangi darajaga chiqishiga jiddiy taraddud ko'ryapmiz. Buni mana o'rtoqlik uchrashuvlari kimlar bilan tashkillashtirilayotgani va bu yuqori planka endilikda tobora o'sib borishi kutilmoqda.

Ushbu o'yin terma jamoamiz uchun JCH g'olibiga qarshi ilk o'yini sifatidagina tarixiy bo'lib qolmasligi kerak. Balki aynan shu uchrashuv orqali biz yaqin kelajakdagi terma jamoamizning haqiqiy uzagini jiddiy imtihondan o'tkazib, saralab olish imkoniyatiga ega bo'lamiz.

Urugvayga qarshi bahs albatta juda qiyin o'tishi aniq. CHunki JCHga ketish taraddudidagi Urugvay muxlislari bilan chiroyli xayrlashib, muhim musobaqa oldidan g'alaba kayfiyatida Rossiyaga yo'l olishni rejalashtirayotgani aniq. Kuchli va katta jamoalar muhim musobaqalar oldidan odatda kuchsiz raqiblar bilan o'ynashni maqul ko'rishadi. CHunki futbol festivali oldidan jamoadagi g'oliblik ruhini yanada ko'tarib olib, mundialga yaxshi kayfiyatga yo'l olishni istashadi.

SHuningdek, Urugvay nega O'zbekiston bilan JCH oldidan o'ynashga rozilik berganiga ikkita sabab bor. Bu albatta guruhdagi raqiblar bilan bog'liq masala. Yani Osiyo qitasidagi Saudiya Arabistonining o'yin uslubi nisbatan biznikiga yaqinroq sanaladi. Mundial mezboni Rossiya terma jamoasi ham nisbatan bizning uslubga yaqinroq jamoa hisoblanadi. Aynan shu jihatlar ham Urugvay O'zbekistonni sparring raqib sifatida tanlayotganda beetibor qoldirmagan.

O'zbekiston terma jamoasi ketma-ket to'rtinchi bor JCH ishtirokchisiga qarshi o'ynamoqda. Bunga qadar Senegal, Marokash va Eron bilan o'ynadik. Muhimi, ushbu raqiblarga qarshi legionerlarsiz munosib qarshilik ko'rsata oldik. Eronga qarshi o'yinda esa Osiyo o'yinlariga boradigan tarkib bilan o'ynaganimizni hisobga olsak, natija va o'yin bo'yicha ortiqcha etiroz bo'lishi mumkin emas.

Urugvayga qarshi bahsda ham nisbatan yoshartirilgan tarkib bilan o'ynaymiz. O'FA rahbariyati ushbu o'rtoqlik o'yini orqali Osiyo o'yinlariga boradigan futbolchilarni chiniqtirib olishni maqsad qildi. Kapadze raqibni qanchalik jiddiyligini inobatga olgan holda, tarkibdagi yoshlar qatoriga Suyunov, Azamov, Muhammadiev, SHixov va Masharipov kabi tajribali futbolchilarni qo'shdi. Albatta bu futbolchilar terma jamoamizning kelajakdagi etakchilariga aylanishlari kutilmoqda. Yoshlar esa terma jamoa darajasiga qanchalik mos tushishlarini isbotlashlari uchun ajoyib imkoniyat.
Lekin bugun biz qanday raqibga qarshi o'ynashimizni va ularni fonida asl kamchiliklarimizni ko'rib olishimizni ham yoddan chiqarmagan maqul. Urugvayga qarshi o'yin bizga katta maydondagi haqiqiy ko'zgu vazifasini bajarib berishi aniq.

Kapadze boshchiligadagi terma jamoamizdan avvalgi uchrashuvlarda bo'lgani kabi munosib o'yinni kutamiz. G'alaba yoki durangni ko'zlash albatta yoqimli. Lekin vaziyatga real yondoshadigan bo'lsak, bugungi bahsdagi eng asosiy vazifa - Urugvay fonida yo'qolib qolmasdan futbol o'ynash. Bu jihat g'alaba yoki durangdan ko'ra ko'proq foyda beradi. Natija biz uchun muhim ahamiyatga ega emas. Muhimi, biz kuchli, haqiqatda yuqori elitga mansub jamoa bilan futbol o'ynay olishimizni isbotlay olishimiz lozim. Agarda buni uddalasak, g'alaba yoki durangdan ko'ra kattaroq natija qayd etgan bo'lamiz.

Kuchli terma jamoalarga qarshi o'rtoqlik o'yinlari bizni xalqaro maydonlarda yanada "pishitib" olishga xizmat qilishi lozim aslida. Hozircha o'tkazilgan o'yinlarda biz raqibdan cho'chimay, qo'rqmasdan futbol o'ynashga intilishni boshladik. Kapadze qo'l ostida aynan shu tomonlama dadil qadam tashladik. Quvonarlisi shu. O'rtoqlik uchrashuvlaridan ko'zlangan maqsad aslida shu tomonlama jamoani shakllantirish, futbolchilarni ruhiyatini ko'tarishdan iborat. Terma jamoamizning taktik uslubi, o'yin chizgilarini esa yangi murabbiy kelishidan keyin o'zi hal qiladi. Kapadze avvalgi murabbiydan qolgan asorat, ruhiyati singan, futbol o'ynashga chanqog'i pasaygan jamoani qayta "tiriltirib", yangi keladigan bo'lajak murabbiyga yaxshi meros hozirlamoqda.

Tarixiy o'yinda terma jamoamizning boshlang'ich tarkibi qanday bo'ladi?

O'zbekiston - Eldorbek Suyunov - SHuhrat Muhammadiev, SHerzod Azamov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov - Odil Hamrobekov, Aziz G'aniev, Javohir Sidiqov - Jaloliddin Masharipov, Azizbek Turg'unboev, Bobir Abdixoliqov.

Taxminimizga ko'ra, darvozani tajribali Eldorbek Suyunov qo'riqlaydi. Himoya markazida Azamov va Ashurmatov tandemi xosil qilinadi. Qanotlarda esa Muhammadiev (o'ng) va Komilov (chap) o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlashlari katta ehtimol.

Tayanch nuqtasida ortiqcha savollarsiz Odil Hamrobekovni o'ynashini taxmin qilish oson. CHunki haqiqiy tayanch yarim himoyachi sifatida jalb etilgan va keyinchalik oilaviy sabablarga ko'ra Urugvayga uchmagan Javlon Ibrohimov safda yo'q. Hamrobekovga esa markazda Aziz G'aniev va Javohir Siddiqov hamroxlik qiladi. Hujumkor vinger sifatida esa qanotlar Aziz Turg'unboev va Jaloliddin Masharipovga ishonib topishiriladi.

Markaziy hujumda esa Bobir Abdixoliqovni qo'ydik. Kapadzeni bu borada qarori qanday bo'ladi, aniq bilmadik-u, lekin gol urishda ko'proq moyil va qarshi hujumda tezkor sanalgan Abdixoliqovga asosiy tarkibda imkoniyat berilishi mumkin. CHunki O'rinboevni yakka kurashlardagi to'qnashuvlarda to'pni jamoa uchun saqlashdan ko'ra, Urugvay bilan o'yinda ko'proq qarshi hujum taktikasi ishga solinishi ehtimolini hisobga olib, Bobir Abdixoliqov bu borada ko'proq foydali ishni bajarishi mumkin. Abdixoliqov nafaqat tezkor, balki texnik taraflama ham yaxshi ko'rsatkichga ega. Garchi Abdixoliqovning jussasi kichik bo'lsada, ammo ikkinchi qavatda yaxshi o'ynay oladi. SHu boisdan taxminiy tarkibda Bobir Abdixoliqov tanlovida to'xtaldik.


O'zbekistonning Urugvay bilan o'yin qaydnomasi ro'yxati:
Darvozabonlar:
Ergashev Botirali - “Navbahor”
Ergashev Umidjon - «Nasaf»
Suyunov Eldor - «Paxtakor»

Himoyachilar:
Ashurmatov Rustamjon - «Bunyodkor»
SHixov Sanat - «Buxoro»
Komilov Akramjon - «Bunyodkor»
Tursunov Dostonbek - “Neftchi”
Qobilov Islom - «Bunyodkor»
Azamov SHerzod - «Paxtakor»
Muhammadiev SHuhrat - «Lokomotiv»
Otaxonov Abbosjon - «Metallurg»

Yarim himoyachilar:
Hamrobekov Odiljon - «Nasaf»
G'aniev Azizjon - «Nasaf»
Sidiqov Javohir - «Qo'qon-1912»
Turg'unboev Azizbek - «Navbahor»
Yaxshiboev Jasur - «Paxtakor»
Masharipov Jaloliddin - «Paxtakor»
Ikrom Aliboev - «Lokomotiv»
Kenjaboev Islom - «Nasaf»
G'iyosov Xurshid - «Bunyodkor»
Sobirxodjaev Sardor - «Bunyodkor»

Hujumchilar:
O'rinboev Zabihillo - “Metallurg”
Abdixoliqov Bobir - «Nasaf»


SHahboz Beg'amov

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика