So’nggi yangiliklar

23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  5 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  1 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  19 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7

JCH finali oldidan "Fluminense" bosh murabbiyi: Ertaga yutqazsak hamma narsa tugadi degani emas" Yangiliklar

JCH finali oldidan "Fluminense" bosh murabbiyi: Ertaga yutqazsak hamma narsa tugadi degani emas"

Jidda shahrida ayni paytda final oldi tadbirlari bo'lib o'tyapti. Birinchi bo'lim "Fluminense" jamoasi ustozi Fernando Diniz matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Ertaga muhim bahs bo'ladi. Bizning eng yaxshi javobimiz g'alaba bo'ladi, ammo g'alaba qozona olmasak ham bu hamma narsa tugadi degani emas. O'yinni boy berish bu mag'lubiyat emas, haqiqiy mag'lubiyat bu taslim bo'lish. Gvardiolaga qarshi maydonga tushish boshqacha bo'lishi aniq. Ular dunyoning eng zo'r jamoalaridan biri. Oxirgi besh yilda ular ko'rsatayotgan o'yin eng yaxshilaridan", - deydi braziliyalik mutaxassis.






Gapida davom etar ekan, murabbiy bazi muammolarni aytib o'tdi.

- Al Ahli"ga qarshi o'yinda juda ko'p xatolar qildik, ammo gol o'tkazmadik. "Siti"ga qarshi bu xatolarni takrorlasak, ular kechirishmaydi. O'tgan o'yinda biz o'z etirozimizni bildirdik. Mashg'ulot maydoni va bilan o'yin maydonining chimi o'rtasida farq bor. Aynan shu narsa bizga tayyorlanishda biroz qiyinchilik yukladi. Muxlislar har doim bizni tanqid qilishadi, mag'lub bo'lsak, murabbiy ahmoqqa chiqadi. Buni bilamiz. Bilasizmi, futbolchilarning juda ko'pchiligi qiyin sharoitlarda katta bo'lgan, ularning o'tmishlari unchalik ham oson o'tmagan. Ular esa tinimsiz harakat evaziga shu darajaga etishdi. SHu sabab ham "Siti"ga qarshi o'yindagi omadsiz natija shunchaki maydondagi mag'lubiyat bo'ladi. Bu bilan hayotda yutqazib qo'ymaymiz. Ushbu bosqichga etib kelishimizni ham hech kim kutmagandi. "Man Siti" to'pni egallab turishni yaxshi ko'radigan jamoa. SHu tomondan bu o'yin biz uchun qiziqarli bo'ladi. 


Jalolxon Inog'omxo'jaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика