So’nggi yangiliklar

22:32U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея — Индонезия (онлайн ҳисоб)   1 22:08U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  8 21:51U-23 Осиё кубоги. Мезбон Қатар Олимпиада йўлланмасидан маҳрум бўлди, Япония ярим финалда!  20 21:39Эрон футзал термаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши энг яхши ўйинимизни кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  4 21:14Биласизми? Роналду кунига беш маҳал ухлайди  12 20:48U-16 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Озарбайжонни мағлуб этди  1 20:20“Ордабаси” машғулотига номаълум шахслар ташриф буюриб, клубга ким хўжайин эканлигини кўрсатмоқчи бўлишди  5 20:01Карло Анчелотти Куртуа "Кадис"га қарши майдонга тушиши мумкинлигини тасдиқлади  2 19:39"Арсенал" кўрикка МЛСдан дарвозабонни таклиф қилди  0 19:17"Лейпциг" Хави Симонсни яна бир йил ўз сафида олиб қолмоқчи  0 18:54"Байер" ҳимоячиси "Бавария"га ўтиши мумкин  1 18:36Тиаго Силванинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  1 18:17Вирджил ван Дейк: "Эвертон"га қарши учрашувдагидек ўйин кўрсатсак, чемпион бўлолмаслигимиз аниқ"  6 17:55Анчелотти: "Барселона"да қолиш — Хави учун тўғри қарор"  16 17:36Энцо Фернандес учун мавсум якунланди  3

JCH boshlanishiga oz qoldi – eng katta muammolar kimda? Yangiliklar

JCH boshlanishiga oz qoldi – eng katta muammolar kimda?

Bugungi sana – Qatarda o'tkaziladigan navbatdagi Jahon chempionatiga roppa-rosa 98 kun qolganini bildiradi.

Orqaga qarab sanash boshlanib ketgan bir paytda, juda ko'plab ishtirok etadigan davlatlar va o'yinchilar hal qilishi kerak bo'lgan muammolar talaygina. 

- Iyun oyidagi yomon natijalardan keyin Angliya termasiga nisbatan ishonch o'zining tubiga etdi. 

- Ayni paytda Krishtianu Ronalduning "transfer dostoni" uning tayyorgarligini izdan chiqardi. 

- Avstraliyaning yulduz yarim himoyachisi Tom Rogich sirli ravishda radarlardan chetda qolmoqda.

Bu haftada FIFA bu yilgi turnirning boshlanish sanasini bir kun oldinga siljitishini elon qilganida butun dunyo bo'ylab Jahon empionati taqvimini tuzuvchilarda vahima paydo bo'lgan bo'lishi mumkin. 21 noyabr kuni mezbon Qatar termasi uchinchi o'yinda maydonga tushishi kerak edi. Taqvimlarning oldingi to'rt variantida bo'lgani kabi ular ertaroq boshlashlari kerakligini tushunib etdi. Endi Qatar 22 noyabrda Ekvadorga qarshi ochilish o'yinida ishtirok etadigan bo'ldi.

Jahon chempionati borgan sari yaqinlashib kelayotgan paytda bu qarorning qabul qilinganiga ko'p bo'lmagani butun turnirning tashkillashtirilishining bahsli va tartibsizligini ko'rsatib bermoqda. Lekin bu qaror mundialga bor-yo'g'i 98 kun qolganini bildiradi.

Turnir startiga ortga sanoq boshlanganiga qaramay, biz Qatarga sayohat qilishdan oldin eng katta muammolari bo'lgan terma jamoalar va futbolchilarni ko'rib chiqamiz.

Angliya ko'p o'ylashi kerak...

SHak-shubha yo'qki, so'nggi to'rt yilda dunyodagi hech bir terma jamoa umumiy olib qaralganda 2018 yilgi Jahon chempionati yarim finaliga qadar etib borgan va oxirgi Evropa qita chempionati finalchisi bo'lgan Angliyadan yaxshiroq natija qayd etmadi (muallif fikri).

Ammo Qatarga 98 kun qolganida Millatlar Ligasidagi achinardi yozdan keyin "uch sherlar"ning imkoniyatlari atrofidagi optimizm past bo'lishi mumkin emas edi. Agar Garet Sautgeyt umidlarni kamaytirishga harakat qilga bo'lsa, buni juda yaxshi uddaladi. 

Vengriya, Germaniya va Italiyaga qarshi kechgan o'yinlarda Angliya olishi mumkin bo'lgan 12 ochkodan atigi 2 tasini to'play oldi va faqat bir marta Harri Keynning "nemis mashinasi" darvozasi tomon belgilangan penaltidan gol urdi xolos. Kekkaygan o'yinchilar xuddi ishonch, kuch-quvvat va hujum qilishga intilishdan mahrum bo'lgandek ko'rindi. Hatto Sautgeytni ishdan bo'shatish haqidagi qichqiriqlar ham bo'lganidan so'ng biroz erta bo'lsa-da, terma jamoaning turnir uchun kayfiyati qanday ekanini oydinlashtirib berdi. 

Angliya ayollar termasining Evropa birinchiligida futbol brendiga aylanib shohsupaga ko'tarilishi muxlislarning Sautgeytning taktika bilan yanada dadil ishlab yangiliklar kiritish istagini oshirdi.

Premer-liga ochilish o'yinlarida terma jamoa markaziy himoyachilari bilan bog'liq holat "uch sherlar" ustozi uchun yaxshi bo'lmagani turgan gap. Konor Kodi, Tayron Mings va Jon Stounz birinchi turda maydonga tushmadi, Ben Uayt o'ng qanot himoyasida o'ynadi va Harri Maguayr "Manchester Yunayted"ning navbatdagi qahshatqich mag'lubiyatining bir qismi bo'ldi. 

Amaldagi chempionlarda ham shunday...

Agar Angliya Millatlar Ligasida juda kam imkoniyatlar bilan nimadir qilishga uringan bo'lsa, amaldagi Jahon chempioni Franciya 10 kunni halokatli o'tkazdi – ular ham atigi 2 ochko ishladilar.

Tarkibida Karim Benzema va Killian Mbappe kabi xalqaro futbolda bugunning eng kuchli hujumchilari bo'lishiga qaramay,  "Les Bleus" yulduz o'yinchilar bilan 3 tagina gol urdi hamda Daniya va Xorvatiya terma jamoalariga mag'lub bo'ldi.

O'tgan yozda Evro-2020da yomon ishtirok etib, 1/16 bosqichdan o'ta olmaganidan keyin Franciya terma jamoasi ustozi Dide Deshamga bosim ortib ketdi. Axir, uning jamoasi Qatarga amaldagi chempionlikni himoya qilish uchun yo'l oladi.

Franciya ham so'nggi Jahon chempionatlaridagi ajoyib bir tendeciyadan boxabar bo'ladi – oxirgi uch turnirda amaldagi chempionlar guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'ta olgan.

Ronalduning tayyorgarligi yomon

Krishtianu Ronaldu qishda o'zining beshinchi mundialida maydonga tushsa, bu boradagi rekordni takrorlaydi, biroq uning transferi borasidagi uzoq davom etgan shov-shuvli samarasiz jarayon uning mavsumga tayyorgarligiga jiddiy putur etkazdi.

Portugaliyalik yulduzning "Manchester Yunayted"ni tark etishni so'raganiga bir oydan oshdi, ammo hali uning kelajagi hal bo'lishiga yaqin kelmadi. Erik ten Xag futbolchini qo'yib yuborish niyatida emas va hech bir klub uni sotib olish uchun jiddiy qiziqish bildirmadi.

Transfer oynasi tugashiga uch haftadan kamroq vaqt qoldi. 2 sentyabr kuni Krishtianu Ronaldu o'zi istamayotgan "Old Trafford"da qolib ketishi ehtimoli yuqori. 

Ronaldu hali barcha o'yinchoqlarni bolalar aravachasidan uloqtirgani yo'q – u ochilish haftasida "qizil iblislar"ning "Brayton"ga mag'lub bo'lgan o'yinida maydonga tushdi. Lekin u ketishini tezlashtirish uchun o'ynashdan bosh tortishi mumkinmi? Agar u "Manchester"da qolsa, kamida baxtsiz figuraga aylanishi mumkin. Bu uning katta ehtimol bilan so'nggi Jahon chempionatidagi ishtirokidan oldin nimani anglatadi? Turnirga etib borguncha u formada bo'ladimi? Ruhiy tarafi-chi? Portugaliya buni aniqlashtirishiga to'g'ri kelmaydi, deb umid qiladi.

Avstraliyada ham muammo bor...

Avstraliyaga yulduz futbolchisi haqida qayg'urish hissi malum. Ularning asosiy o'yinchilaridan biri Tom Rogich Jahon chempionatiga sanoqli kunlar qolganida sirli ravishda radarlardan chetda qolmoqda. 

53 ta o'yinda 10 ta gol urib o'tgan mavsum oxirida "Seltik"ni erkin agent sifatida tark etgan yarim himoyachi iyun oyida jamoa Jahon chempionati saralash bosqichidan o'tganidan buyon shaxsiy sabablarga ko'ra bosh murabbiy Grem Arnold bilan aloqaga chiqmagan. 

U yo'q paytda Avstraliya Peruni saralash bosqichida penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etdi va Jahon chempionatidagi ishtirokini taminladi, biroq uning ishtiroki jamoaga Qatardagi chempionatda kuchliroq o'yin namoyish etishiga hissa qo'shadi va imkoniyatlarni sezilarli darajada oshiradi.

"Men unga SMS yozdim va javob olmadim. Tommidan xavotirdaman. Lekin PFA (Avtraliya Professional Futbolchilari) buni ko'rib chiqayotganini yaxshi bilaman", – dedi Arnold Peru ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jurnalistlarga.

SHundan so'ng 29 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda faol bo'ldi va tasodifan "One Direction" yulduzi Lui Tomlinsonning surati ortida ko'rinib qoldi. Avtraliya uning o'ziga tezroq yangi klub topishi va noyabr oyigacha eng optimal holatda bo'lishiga umid qiladi.

AQSHning hujumchi muammosi

AQSH 2018 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kirita olmagach, Qatardagi chempionat saralashida jahon sahnasiga qaytdi. Qo'shma SHtatlar terma jamoasi tarkibida "CHelsi" azosi Kristian Pulishich va "Yuventus"dan Ueston Makkenni kabi istedodlar talaygina. Menejer Gregg Berxalter tarkibni shakllantirishda muammoga duch keladigan taqdirda bu oldingi chiziqda bo'ladi. Gap shundaki, AQSHda bu borada aniq variantlar yo'q, aksincha, ularda hali o'zini ko'rsata olmagan futbolchilar ko'p. 

Belxarter iyun oyidagi o'yinlar uchun tarkibga faqat ikki markaziy hujumchini chaqirdi – Xesus Ferreyra va Hoji Rayt.

"FK Dallas"ning 21 yoshli hujumchisi Ferreyra yoz boshida "Grenada"ga qarshi o'yinda 4 to'p kiritganidan so'ng boshlang'ich tarkibdan o'rin oladiganlar orasida eng sevimlisi bo'lishi kutilmoqda. Biroq uning yoshini hisobga olsak, bosim yuki ancha og'ir. 

Bu shuni anglatadiki, Belxarter yaqin uch oy ichida Germaniya Bundesligasi va Angliya Premer-ligasida kimdir o'zini ko'rsatib qolishi umidi bilan o'yinlarni kuzatib boradi.

Germaniyaning "Union Berlin" jamoasida Jordan Pefok va "Augsburg" o'smiri Rikardo Pepi o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. O'tgan mavsumda "Dallas"dan nemis klubiga ko'chib o'tgan Pepi chempionatning 11 o'yinida maydonga tushib, gol ura olmadi. Pefok esa "Yang Boyz"dan o'tganidan keyin 2 ta o'yinda 2 ta gol urdi.

O'tgan yili "Norvich" tarkibida debyut mavsumida Angliya Premer-ligasida kurash olib borgan Josh Sarjent bu yil CHempionshipda yaxshiroq o'yin ko'rsatmoqchi."Vest Bromvich" hujumchisi Daril Deyk jamoa ustozi Stiv Bryus tasdiqlaganidek son mushagidan olgan jarohatini davolash bilan band.

Neymar va Braziliya nihoyat kubokni olib kela oladimi?

Braziliya 2002 yilda Jahon chempionatida rekord darajadagi 5-kubogini qo'lga kiritganidan buyon har to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasini tushkun kayfiyatda tugatdi.

"Pentakampeonlar" so'nggi 4 turnirning 3 tasida chorak finaldan o'ta olishmadi va 2014 yilda o'z vatani tuprog'ida bu safar yarim finalga chiqishni eplagani uchun Germaniya tomonidan 1:7 hisobida xo'rlandi. 

Oxirgi Jahon chempionatidan keyin Braziliya ikki bor Kopa Amerika finaliga chiqdi – 2019 yilda esa g'alaba qozondi va dunyo Gabriel Martinelli, Rodrigo va Mateus Kunya kabi hujumkor yosh istedodlarga guvoh bo'ldi. 

Hozirda jamoadagi haqiqiy bosim fevral oyida 30 yoshni qarshi olgan keksa boshlardan biri Neymarning elkasida qolmoqda. PSJ forvardi o'z avlodining eng iqtidorli o'yinchisi, deya tan olingan va mamlakatidagi barcha eng zo'r futbolchilari qatorida u vataniga mundial bosh sovrinini olib kelishi kerak bo'ladi.

Buni amalga oshirish uchun uning shaxsiy ambiciyalari ham mavjud, chunki 2019 yilda Braziliya Amerika Kubogida g'olib chiqqan paytda Neymar jarohati tufayli uni o'tkazib yuborgan edi. SHu tufayli uning hisobida dunyo miqyosida ahamiyatga ega bo'lgan sovrin yo'qligicha qoldi. SHuningdek, u Qatarda gol urish bo'yicha Peledan o'tib ketish imkoniyatiga ega bo'ladi. Afsonaviy o'yinchiga etib olish uchun Neymarga yana 3 ta gol kerak. Hisoblash boshlanganda Neymar va tarkibning boshqa o'yinchilari ortib borayotgan umidlar uchun kurashishni o'rganishlari kerak. Braziliya ayni paytda kubokni boshi uzra ko'tarish uchun favoritlar qatoridadir.

Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика