So’nggi yangiliklar

18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  0 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  1 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1

JCH-2026da O'zbekiston ishtirok etishi uchun... Yangiliklar

JCH-2026da O'zbekiston ishtirok etishi uchun...

Keling avval bir narsaga kelishib olaylik, mening maqolamni JCH-2018ga umuman aloqasi yo'q. 2022 yilga ham. O'FF va PFLda faoliyat olib borayotgan bugungi mutaxassislarga ham.

SHunchaki, dunyo jamoatining o'ziga qarata olgan bugungi voqeaga munosabatimni bildiraman. Bizda JCHning doimiy ishtirokchisiga aylanish imkoniyati paydo bo'layapti. Bu imkoniyat nafaqat bizda, balki BAA, Qatar, Xitoy va Saudiya Arabistonida ham mavjud bo'ldi.

2026 yilgi JCHning saralash bahslari 2024 yil muhim pallasiga kiradi. Terma jamoamizning o'rtacha yoshi 26-28 bo'ladigan bo'lsa, demak bugundan boshlab 1996-2004 yillarda tug'ilgan futbolchilarning keyingi faoliyatlariga jiddiy qarashimiz kerak bo'ladi. Aynan shu oraliqda tavallud topgan futbolchilar JCH-2026 ciklida O'zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qiladilar. Bugungi kunda 1996 yilda tug'ilgan istedodli futbolchilarning aksariyatini zaxira o'rindiqlarida ko'ramiz vaholangki ular allaqachon 20 yoshdan oshganlar. Keyingi avlod vakillari ham mana shu holatga tushmasliklari uchun tabiiyki bugundan boshlab oliy ligada islohot o'tkazishimiz kerak bo'ladi. SHahsan men uchun u erda kimni faoliyat olib borishi muhim emas, muhimi JCH-2026 operaciyasini ishlab chiqish. Yana bir bor qaytarib o'taman, bu maqolani JCH-2018 va 2022ga aloqasi yo'q. Men doimiy ishtirok haqida aytayapman.

Osiyoning JCHdagi doimiy ishtirokchilari, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Eron terma jamoalari endi biron muammoga uchrashlari qiyin. O'zlarini okeandagi kit kabi his qilayotgan bo'lsalar ham ajablanmaymiz.



Osiyoga berilgan 8.5ta yo'llamaning 4tasiga kimlar ega chiqishishi malum. Mana endi bizga 4.5ta yo'llanma qolayapti. Aslida ishni to'g'irlab yuborsak, bizda Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreyadan bo'lmasada, Erondan o'tib ketish imkoniyati yo'q emas. Hozirgi holatda esa keyingi 4.5ta o'ringa qarashga majburmiz.

Endi JCHga chiqish uchun rosmana imkoniyat tug'ilgani uchun Saudiya Arabistonida ishga bo'lgan munosabat oshadi. Ularda shundoq ham yaxshi sifatdagi chempionat bor. BAA va Qatar o'z dasturini ishlab chiqqan holda, bugundan boshlab keyingi cikl uchun yangi chet ellik futbolchilarga fuqarolik berishni boshlab yuborsa bo'lgani, 2024 yilga kelib ular MTJ safida maydonga tushishga tayyor bo'lib qoladilar. Xitoy ham shunday yo'lni tanlamaydi deb hech kim ayta olmaydi. Undan tashqari Xitoy chempionatida amalga oshirilayotgan ishlar 10 yil ichida hech bo'lmasa Osiyoning 8ta terma jamoasida biri bo'lish uchun kifoya qilsa kerak. Demak, yana o'sha yarimta o'rin egasi bo'lmasligimiz uchun, biz kamida BAA, Qatar, Saudiya Arabistoni va Xitoydan ustun bo'lishimiz kerak.

Kvotalar sonini oshishi orqali futbolga bo'lgan munosabat o'zgarishi aniq. CHunki terma jamoamiz so'nggi cikllarda JCHga chiqa olmayotgan bo'lsada, oltilalikka kira olyapti. Endi shu tempni ushlab qolishimiz kerak bo'ladi. Lekin bu oddiy statistika. Yuqorida qayd etib o'tdim, endi oltilik emas, sakkizlikka kirgan terma jamoa ham JCHga chiqadi va bu borada raqobat oshishi tabiiy.

Yana Tailand, Suriya va Iroq kabi terma jamoalarga ham hurmat bilan qarash kerak. 10 yil ichida ko'p narsa o'zgarib ketishi mumkin.

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика