JCH-2026 saralashi. Vinisiusning 90+9-daqiqadagi goli Braziliyaga g'alaba taqdim etdi
21 mar 12:02
Yangiliklar


JCH-2026 saralashi. Vinisiusning 90+9-daqiqadagi goli Braziliyaga g'alaba taqdim etdi
6-daqiqada Rafinya penaltidan to'p kiritiyu, "pentakampeonlar"ni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 41-daqiqada Luis Dias hisobni tenglashtirdi. 90+9-daqiqada Vinisius Juniorning goli Braziliyaga g'alaba keltirdi.
Braziliya – Kolumbiya 2:1
Gollar: Rafinya penalti 6', Vinisius 90+9' – Luis Dias 41'
Braziliya: Alisson (Bento, 78), Arana, Gabriel, Markinos, Vanderson (Franka, 79), Bruno Gimaraes (Andre, 78), Jerson (Joelinton, 28), Rodrigo (Savino, 78), Rafinya, Vinisius Junior (Leo Ortis, 90+12), Joao Pedro (Mateus Kunya, 60).
Kolumbiya: Vargas, Moxika, Lukumi, Sanches (Kuesta, 75), Munos, Lerma, Rios, Dias, Xames (Kastano, 90+6), Aryas (Karraskal, 87), Kordoba (Borre, 87).
Ogohlantirishlar: Bruno Gimaraes (16), Gabriel (45+1), Rios (48), Joelinton (86).
Braziliyaliklar 13 o'yinda 21 ochko to'plab, KONMEBOL saralash guruhidagi vaqtinchalik oltinchi o'rindan to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi o'ringa ko'tarildi. Kolumbiya esa 13 o'yinda 19 ochko bilan oltinchi o'ringa tushib qoldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar