JCH-2026 saralashi. O'zbekiston MTJ Qirg'iz Respublikasiga qarshi ko'k libosda o'ynaydi
09 sen 2024 10:48
Yangiliklar


JCH-2026 saralashi. O'zbekiston MTJ Qirg'iz Respublikasiga qarshi ko'k libosda o'ynaydi
Ertaga, 10 sentyabr kuni JCH-2026 3-saralash bosqichi 2-turi doirasida O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iz Respublikasi mehmoni bo'lishidan xabaringiz bor.
Bugun Qirg'iz Respublikasi – O'zbekiston o'yini oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda OFK vakillari va mahalliy tashkiliy qo'mita tomonidan ishtirokchilarga o'yinga oid bir qator masalalar, xususan, media, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo'nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.
Vakillarimiz mazkur bahsda to'liq ko'k libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi malum bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
20:27
O'zPFL 4 klubning U21 jamoasi uchun maydonini qabul qilmadi, 1-turdagi 1 o'yin o'tkazilmaydi 4

Fikrlar