So’nggi yangiliklar

02:34Ла Лига. "Барселона" илк турда камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Левандовскидан дубль!  14 01:49Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Демирспор"ни мағлуб этди, Алиқулов иккинчи ўйинда ҳам гол урди!  8 01:33Роналду Суперкубокдан сўнг "Ал Насср"га кумуш медаллари бериш маросимида иштирок этмади. Криштиану 1:4 билан тугаган ўйиндан сўнг дарҳол кийим алмаштириш хонасига кетиб қолди  5 00:55"Челси" ва "Атлетико" катта алмашинувни амалга оширишга яқин (Рубен Урия)  3 00:10Роналду клуб миқёсидаги 32та финалдан 10тасини бой берди  3 23:38А Серия. Амалдаги ғолиб "Интер" чемпионатни дуранг билан бошлади, миланликлар 90+6 дақиқадаги гол сабаб ғалабани қўлдан бой беришди  1 23:20Туркия Суперлигаси. Ўзбек дербисида ғолиб номи аниқланди  4 23:16Саудия Арабистони Суперкубоги. Роналду бу сафар ҳам совринни қўлга кирита олмади, "Ал Ҳилол" яна "Ал Насср"ни тор-мор этди  45 22:23Ансу Фати Туркияга йўл олиши мумкин?!  5 21:58Расман: "Милан" Франция терма жамоаси ўйинчисини 25 миллион еврога харид қилди  2 21:01Файзуллаев Россия ва Ўзбекистонни таққослади  12 20:53АПЛ. "Арсенал" чемпионатни осон ғалаба билан бошлади  3 19:45Милнер АПЛ рекордини ўрнатди  9 19:142022 йилдан бери майдонга тушмаган МЮ собиқ футболчиси 32 ёшида фаолиятини якунлади  4 19:10АПЛ. "Ипсвич" - "Ливерпуль" 0:2, Салахда 1+1  0

JCH-2026 saralashi. O'zbekiston iroda namoyish etib, Eron bilan jangovar durang o'ynadi Yangiliklar

JCH-2026 saralashi. O'zbekiston iroda namoyish etib, Eron bilan jangovar durang o'ynadi

JCH-2026 2-saralash bosqichi "E" guruhi 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Eron bahsi yakunlandi.

JCH-2026 va Osiyo Kubogi-2027 qo'shma saralash bosqichi

"E" guruhi. 2-tur

O'zbekiston – Eron 2:2

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:00

Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hassan (BAA)

Yordamchi hakamlar: Muhammad Al Hammadi, Hasan Al Mahri (ikkisi - BAA)

To'rtinchi hakam: Ismoil Habib Ali (Bahrayn)

Hakamlar nazoratchisi: Noboru Ishiyama (Yaponiya)

Komissar: Suvrat Tatte (Hindiston)

Gol: 0:1 — 14, Ramin Rizoyan, 0:2 — 38, Mehdi Taremi, 1:2 — 52, Oston O'runov, 2:2 — 83, Igor Sergeev.

O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Farruh Sayfiev, 5.Rustam Ashurmatov (21.Igor Sergeev, 82), 7.Otabek SHukurov, 9.Odilbek Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov (22.Abbos Fayzullaev, 62), 11.Oston O'runov (2.Abduqodir Husanov, 89), 14.Eldor SHomurodov (s), 15.Umar Eshmurodov, 23.Husniddin Aliqulov.

Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 16.Botirali Ergashev, 6.Azizbek G'aniev, 8.Jamshid Iskanderov, 13.SHerzod Nasrullaev, 17.Jasur Yaxshiboev, 18.Abdulla Abdullaev, 19.Azizbek Turg'unboev, 20.Hojimat Erkinov.

Eron1.Alirizo Beyranvand, 4.SHoja Xalilzoda, 5.Milod Muhammadiy (3.Ehson Hojisafi, 90+4), 6.Said Izzatullohi, 9.Mehdi Taremi, 13.Husayn Kanani, 14.Saman G'oddos (18.Ali Karimi, 42), 16.Mehdi Torabi (11.Rizo Asadi, 90+4), 20.Serdar Azmun (15.Ruzbeh CHeshmi, 75), 21.Muhammad Mohebi (7.Mehrad Muhammadi, 75), 23.Ramin Rizoyan

Zaxira: 12.Payam Niazmand, 22.Said Hussayni, 2.Sadig Muharrami, 8.Omid Ibrohimi, 10.Karim Ansorifard, 17.Javod Hussaynezad, 19.Majid Hussayni.  

Ogohlantirish: Husniddin Aliqulov (3), Husayn Kanani (48), Srecko Katanec (76), Farruh Sayfiev (76), Ali Karimi (80)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90+6. O'zbekiston jarima maydoni yaqinida jarima zarbasi belgilandi. Taremining zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

89. O'zgarish: O'runov o'rniga Husanov maydonga tushirildi.

83. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!!! Hozirgina maydonga tushirilgan Sergeev hisobni tenglashtirdi! Fayzullaev boshlagan hujumni O'runov davom ettirdi, Ostonning ajoyib uzatmasini Igor darvozaga to'g'rilab qo'ydi!


82. O'zgarish: Sergeev Ashurmatov o'rniga maydonga tushirldi.

80. Fayzullaevga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun Karimi ogohlantirildi.

76. Katanec va Sayfiev ogohlantirildi. O'zbekistonlik tarjimonga qizil kartochkaga ko'rsatildi.

75. Eron tarkibida ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

72. Mohebi jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

70. O'zbekiston tezkor qarshi hujumga o'tdi va burchak zarbasi ishlab oldi.

67. Fayzullaevning pasidan so'ng SHomurodov chap oyoqda zarba yo'lladi, ammo urinish biroz kuchsiz chiqdi.

67. Aliqulovning uzatmasini eronlik himoyachi qaytarib yubordi.

65. Yana SHomurodov, yana SHukurov, ammo gol yo'q.

64. Xavfli vaziyat! SHomurodovning say-harakatlaridan so'ng SHukurovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

62. O'zgarish: Abbos Fayzullaev Jaloliddin Masharipovni almashtirdi.

61. SHomurodov-Sayfiev kombinaciyasidan so'ng Farruhning uzatmasini raqib himoyachilari qaytardi.

58. O'runovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Eron jarima maydoni yaqinida jarima zarbasi belgilandi.

56. Aliqulovning o'ng qanotdan uzatmasi muvaffaqiyatsiz ko'rinish oldi.

55. SHukurov jarima maydoniga uzatilgan to'pga kuchli zarba yo'llay olmadi, natijada Beyranvand to'pni egallab oldi.

52. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Oston O'runov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni qisqartirdi!

51. Yusupov oldinga chiqib, raqibning tezkor qarshi hujumini qaytardi.

49. O'runov! SHomurodov chap qanotdan raqib himoyachisidan qochib ketdi va markazga pas berdi, juda yaqin masofadan Oston kuchli zarba berish o'rniga fint ishlatishga harakat qildi, natijada eronliklar to'pni qaytardi.

48. SHomurodovni maydon markazida to'xtatib qolgani uchun Kanani ogohlantirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+3. Eron futbolchisi o'ng qanotdan kirib bordi, Ashurmatov so'nggi pallada to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

45+1. Eronda yana bir qarshi hujum sodir bo'ldi. Sayfiev to'pni qaytardi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

42. G'oddosga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Uning o'rniga Ali Karimi maydonga tushirildi.

41. Hamrobekov SHomurodovning pasidan so'ng zarba yo'lladi, Eron posboni to'pni egallab oldi.

38. GOL! SHukurovdan to'pni olib qo'ygan eronliklar tezkor qarshi hujumga o'tishdi, natijada Yusupov bilan birga-birga vaziyatga chiqib borgan Taremi hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi.

36. Kananining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

34. SHomurodov raqib himoyachisidan qochib keta olmadi.

32. SHukurov va Sayfiev hujumda bir-birini tushunmadi.

30. Eron qanotdan yana bir xavfli hujum tashkillashtirayotgandi, Aliqulov xavfni bartaraf etdi.

28. Alijonovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Jarima zarbasi.

27. ZARBA! SHomurodov pasidan so'ng SHukurov raqib darvozasini nishonga olib ko'rdi, noaniq.

25. Xalilzodaga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

24. Alijonovning uzatmasini yana raqib futbolchilari qaytardi.

23. O'runovning o'ng qanotdan uzatmasiga zarba beradigan sherik topilmadi. 

21. Ashurmatov raqib hujumini bartaraf etdi. Yon chiziqdan to'p o'yinga kiritiladi.

18. Eron pressing natijasida so'nggi himoyachimizdan to'pni olib qo'yishiga bir bahya qoldi, keyinchalik Alijonovning uzatmasini raqib himoyachilari qaytardi.

15. O'zbekiston burchak zarbasi ishlab oldi. Masharipovning uzatmasini eronlik himoyachilar qaytardi.

14. GOL! Eronning markazdan boshlangan hujumi o'ng qanotga ko'chdi, Rizoyanning zarbasini esa Yusupov qaytara olmadi.


12. Eron o'ng qanotdan hujum tashkillashtirdi. Jarima maydoniga oshirilgan to'pni Aliqulov qaytardi.

11. Eron qisqa paslar orqali raqib jarima maydoniga kirib bormoqchi bo'ldi, Aliqulov raqibni zararsizlantirdi.

8. Eron qarshi hujumga o'tdi, yakunda Taremi Yusupov bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, o'z-o'zidan yiqildi. Hakam vaziyatni to'g'ri baholadi.

6. Masharipovning chap qanotdan uzatgan to'pi hech kimga tegmagan holda maydon tashqarisiga chiqib ketdi. 

3. Aliqulov chap qanotdan qochib ketayotgan Muhammadiyni to'xtatib qolgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.


2. Hamyurtlarimizda qulay vaziyat yuzaga keldi. Dastlab SHomurodov raqib himoyachisidan o'zib ketishga harakat qildi, so'ngra Masharipov zarba yo'lladi, biroq uning urinishiga biroz aniqlik etishmadi.

1. Uchrashuv boshlandi!



Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Bugun O'zbekiston ko'k, Eron oq rangli libosda harakat qiladi.


Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun JCH-2026 va OK-2027 qo'shma saralashi guruh bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston – Eron uchrashuvi boshlanmoqda.

Reyting: +85   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика