So’nggi yangiliklar

11:10"Челси"нинг янги мақсади маълум  2 10:00GiveMeSport нашри барча даврларнинг энг яхши дриблинг соҳибини аниқлади  12 09:16«Сурхон» тожикистонлик футболчи билан шартнома имзолади  0 08:48МЛС. Мессининг иккита ассисти жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  16 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:51Осиё кубоги U-20. Бугун ёшларимиз Жаҳон чемпионатига йўлланмани қўлга киритиши мумкин   13 07:25Саудия Про лигаси. «Ал Иттиҳод» «Ал Ҳилол» ўртасидаги баҳсда йирик ҳисоб қайд этилди  10 03:00Ла Лига. "Барселона" меҳмонда ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, каталонияликлар биринчи ўринга қайтишди  36 02:47А Серия. Лаутаронинг голи "Интер"га "Женоа" устидан ғалабани тақдим этди, миланликлар вақтинча биринчи ўринга кўтарилишди  0 00:53"Ювентус" АПЛдан италиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши деярли аниқ, аммо...  0 00:38Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Унион"га жавобсиз 6та гол урди, "Байер"дан меҳмондаги ишончли ғалаба  4 00:34АПЛ. Рэшфорддан 2та ассист, Асенсиодан 2та гол — "Астон Вилла" ўз уйида "Челси"га қарши камбэк эвазига ғалабага эришди  14 00:28Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Валенсия"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, вақтинчалик биринчи ўринга чиқиб олди  9 00:01А Серия. "Торино" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  9 23:05Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" даҳшатли камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  11

JCH-2026 saralashi. O'zbekiston bir kishi kam bo'lib qolgan Eron bilan durang o'ynadi Yangiliklar

JCH-2026 saralashi. O'zbekiston bir kishi kam bo'lib qolgan Eron bilan durang o'ynadi

JCH-2026 saralash bosqichi 3-turi doirasidagi O'zbekiston - Eron uchrashuvi yakunlandi.

JCH-2026 3-saralash bosqichi
O'zbekiston - Eron 0:0
Toshkent, "Bunyodkor" stadioni

O'zbekiston — 1.O'tkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 4.Farruh Safiev (3.Hojiakbar Alijonov, 46), 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek SHukurov, 9.Odil Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov, 13.SHerzod Nasrullaev, 14.Eldor SHomurodov, 22.Abbosbek Fazullaev (11.Oston O'runov, 71), 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 16.Botirali Ergashev, 6.Akmal Mozgovoy, 8.Jamshid Iskanderov, 15.Umar Eshmurodov, 17.Bobir Abdixoliqov, 18.Abdulla Abdullaev, 19.Azizbek Turg'unboev, 20.Hojimat Erkinov, 21.Muhammadqodir Hamraliev.

Eron — 1.Alirozo Beyranvand, 2.Solih Xardani, 4.SHojai Halilzoda, 5.Milad Muhammadi, 6.Said Izzatullohi, 7.Ali Rizo Jahonbaxsh (11.Ali Gulizadeh, 78), 8.Muhammad Moxebi (10.Mehdi Gaedi, 55), 9.Mehdi Taremi, 13.Ali Nemati, 14.Saman Gxoddos (21.Omid Norafkan, 71), 20.Sardor Azmun (19.SHahriyor Moganlo, 78).
Zaxira: 3.Muhammad Gorbani, 12.Payam Niyazmand, 15.Amin Xazbavi, 16.Muhammad Javad, 17.Sayid Muhammad Karimi, 18.Amirhussayin Husayinzoda, 22.Sayid Hussayin Hussayni, 23.Arya Yusefi 

Ogohlantirish: Farruh Safiev (19), Odil Hamrobekov (30), Saman G'oddos (66).

CHetlatish: Solih Xardani (57)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+7. Aliqulov tomonidan yo'llangan zarbaga aniqlik etishmadi.

90+6. Xavfli vaziyat! Standart vaziyatdan uzatma natijasida eronlik futbolchi bosh bilan zarba yo'lladi, Yusupov o'z mahoratini namoyish etdi.

90+5. Ashurmatov ogohlantirildi.

90+3. Hakam monitordan vaziyatni ko'rgach, qarorini o'zgartirdi! Tinchlantiruvchi dorim qaerda edi, topishga yordamlashib yuboringlar.

90+1. O'zbekiston darvozasi tomon penalti belgilandi. Mezbonlar jarima maydonida to'p Ashurmatovning qo'liga tekkan ko'rinadi. Hakam VAR monitori qarshisiga keldi.

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.

89. Eron jarima maydonida to'p mehmonlar himoyachisining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin, biroq hakam o'yinni davom ettirishga qaror qildi.

86. Alijonovning o'ng qanotdan uzatgan to'pi to'g'ri Beyranvandning qo'llariga borib tushdi.

84. Xavfli vaziyat! Burchak zarbasidan so'ng eronlik futbolchi bosh bilan zarba yo'lladi, mezbon himoyachisi jamoasi joniga ora kirdi.

83. Aliqulovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi "Suyunchi" filmidagi epizodlardan birin eslatib yubordi.

78. Eron ikki o'zgarish amalga oshirdi. 

76. Ashurmatov jarohat bilan o'yinni davom ettirmoqda. Bu ketishda uning zaxiradagi liboslari tugab qolmasa bo'lgani edi.

33829 nafar tomoshabin bugungi o'yinni bevosita "Bunyodkor" stadionidan kuzatmoqda.

74. Zarba! SHomurodovning chap oyoqda yo'llagan zarbasini Beyranvand egallab oldi.

71. O'zbekiston tarkibida o'zgarish: Fayzullaev o'rniga O'runov maydonga tushirildi. SHuningdek, Eron tarkibida ham o'zgarish ro'y berdi.

66. Saman G'oddos o'zidan qochib ketayotgan SHomurodovning dastlab yoqa qismini, so'ngra bel qismidan tortidan. Vaziyatni tushungan hakam eronlik futbolchining yanada pastroqqa tushishini kutmasdan, uni ogohlantirib qo'yaqoldi. 

65. Azmun raqib jarima maydonida yiqildi, ammo hakam uning o'rnidan turish kerakligini takidladi.

63. Xavfli vaziyat! Masharipovning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

62. Zarba! Fayzullaevning raqib jarima maydoni yaqinidan yo'llagan zarbasiga Beyranvand qo'riqlayotgan darvoza biroz ozg'inlik qildi.

57. Adolat qaror topdi. VAR vaziyatni ko'rib chiqdi. Eron himoyachisi Solih Xardani SHomurodovga ishlatgan xatti-harakatlari bilan dzyudo bo'yicha Olimpiadada ishtirok etishga loyiqligini isbotladi va maydondan chetlatildi. SHu mahorat bilan u futbolda nima qilib yuribdi, hayronman.

55. Eron tarkibida o'zgarish: Moxebi o'rniga Gaedi maydonga tushirildi. 

54. SHomurodov raqib jarima maydoniga yaqin nuqtada yiqitildi, ammo hakam stadiondagi tomomabinlar sonini sanash bilan band edi.

50. Alijonov o'ng qanotdan oldinga bordi va markaz tomon yo'nalishini o'zgartirib, chap oyoqda zarba yo'lladi, to'p eronlik futbolchiga tegib qaytdi. 

49. Jahonbaxshning uzatmasi xavfli ko'rinish oldi, o'zbekistonlik himoyachilar qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

48. Eronliklarning hujumi xavfli chiqdi va zarba bilan yakunlandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. O'zbekiston tarkibida o'zgarish: Sayfiev o'rniga Alijonov maydonga tushirildi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. Xavfli vaziyat! Eron jarima maydoni tomon o'zbekistonlik hujumchiga uzatilgan to'pni raqib himoyachisi qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

43. Saman G'oddosning jarimadagn uzatmasi Yusupovning qo'llariga borib tushdi.

42. Yana...

42. Hakam yana Eron terma jamoasi foydasiga jarima zarbasi belgiladi.

38. Oxirgi 10 daqiqada o'yin tempi men o'tirgan tribunadagi internet tezligiga monand tarzda kechmoqda.

30. Bosh hakam Hamrobekovni bu safar kechirmadi va unga cho'ntagidagi kartochkasi orqali qaysi fasl ekanligini eslatib qo'ydi.

25. Raqib futbolchisi Ashurmatovning libosi sifatini tekshirib ko'rdi. Oqibatda o'zbekistonlik himoyachi libosini almashtirishga majbur bo'ldi.

22. Standart vaziyatda ikki jamoa futbolchilari ishtirokidagi to'qnashuvdan so'ng hakamning hushtagi kuchli chalindi va ikki jamoa shifokorlari tezkorlikda o'zaro bellashib ko'rdi. 

21. Uchrashuv bosh hakami O'zbekiston futbolchilari joylashgan maydon tarafga ko'pik sepishni yoqtirib qolgan ko'rinadi.

19. Sayfiev chap qanotdan qochib ketishga uringan raqibini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

15. Hamrobekov o'z jarima maydoni yaqinida raqib futbolchisiga libos almashishni taklif qilgandi, ammo hakam buni noto'g'ri tushunib, chuntagidan ko'pikli spreyini chiqardi.

14. Rustam Ashurmatov eronliklarning xavfli hujumini bartaraf etdi.

12. Fayzullaev SHomurodovni raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqarishga urinib ko'rdi, biroq Beyranvand chapdastlik qilgancha, to'pni birinchi bo'lib etib keldi.

10. Masharipov raqib jarima maydoni yiqitildi, ammo hakam ko'zoynagini unutib qoldirgan ko'rinadi.

7. Xalilzoda burchakdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi, Yusupov ishonchli harakat qilib, to'pni egallab oldi.

5. Mohebi yaqinda taniqli qo'shiqchilarimizdan birining o'z avtomobilida barchaga ko'z-ko'z etgan tezligida oldinga borayotgandi, biroq Husanovning tezligi undan ham yuqoriroq bo'lib chiqdi va o'zbekistonlik himoyachi xavfni bartaraf etdi. 

1. O'yin boshlandi. Umid qilamanki, yaqinda navbatdagi koncert dasturlarini namoyish etishni rejalashtirayotgan qiziqchilar jamoalarining repertuaridan yangi mavzu o'rin olmaydi.


Jamoalar maydonga chiqib keldi. O'zbekiston futbolchilari oq, Eron o'yinchilari qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Ancha vaqtdan buyon ruchka ushlamaganim bois siyoh bilan yozishga qiynalaman. Ayniqsa, salom bermaganim uchun tushuntirish xati yozishni istamayman. SHu bois, Assalomu alaykum, qadrli ixlosmandlari deb qolaman. Bugun "Bunyodkor" stadionida O'zbekiston va Eron o'rtasidagi qarama-qarshilik guvohiga aylanamiz.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика