JCH-2026 saralash bosqichi. Qirg'iz Respublikasi Xitoy Taypeyini yirik hisobda mag'lub etdi, "Dinamo" hujumchisidan xet-trik, "Paxtakor" futbolchisidan yakuniy gol
26 mar 21:00
Yangiliklar
JCH-2026 saralash bosqichi. Qirg'iz Respublikasi Xitoy Taypeyini yirik hisobda mag'lub etdi, "Dinamo" hujumchisidan xet-trik, "Paxtakor" futbolchisidan yakuniy gol
Jahon chempionati-2026 saralashi 2-bosqichidan o'rin olgan Qirg'iz Respublikasi - Xitoy Taypeyi uchrashuvi yakunlandi.
Bellashuvda qirg'izlar raqib darvozasiga beshta to'p kiritdi. Etiborli jihati, gollarning uchtasiga Samarqandning "Dinamo" klubi forvardi Joel Kojo mualliflik qildi. SHuningdek, Toshkentning "Paxtakor" klubi o'yinchisi Kimi Mirk ham hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Yana bir golga Kristian Brauzman mualliflik qildi. Xitoy Taypeyi esa bitta gol bilan bilan javob qaytardi.
Qirg'iz Respublikasi mazkur g'alabadan so'ng ochkolari sonini to'qqiztaga etkazib oldi. Xitoy Taypeyi esa birorta ochko qo'lga kiritmagan.
Qirg'iz Respublikasi — Xitoy Taypeyi 5:1
Gollar: Joel Kojo (17, 38, 45), Kristian Brauzman (79), Kimi Merk (90) — Yen SHu Vu (87).
Fikrlar