So’nggi yangiliklar

08:42УФФ янги раҳбари: «Мен сеҳргар эмасман, бироқ...»  0 08:10«Сурхон» «Пахтакор» футболчисини сотиб олиш ҳуқуқи билан ижарага олди  0 07:41«Нефтчи»нинг икки нафар футболчиси фаолиятини Андижонда давом эттиради  2 02:08Александр-Арнольд "Реал"нинг шорт листида биринчи ўринда турибди  2 00:44"Барселона" Германия терма жамоаси ўйинчисини трансфер қилишга яқин  0 00:02Моуринью Рэшфордни Туркияга чорламоқда  5 23:31Азизов, Эрматов, Аҳмедов, Маматқулов, Имомхўжаев ва бошқалар. Янги очилган футзал федерацияси тақдимотидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:16Каземиро Ла Лигага қайтиши мумкин  0 22:45Янги федерацияни нималар кутмоқда?  3 22:17Янги футзал федерацияси раҳбари қандай ваъдалар берди?  0 21:46ПСЖ АПЛдан ҳужумчи олиши мумкин  0 21:15"Арсенал" Гёкереш борасида бир қарорга келди  6 20:41"Тоттенхэм" Сон Хён Мин билан хайрлашиши мумкин  2 20:17"Бавария" "Боруссия Д" вингерига даъвогар  0 19:581 йилдан бери гол урмаётган Грилиш "Сити"дан кетиши мумкин  2

JCH-2026 saralash bosqichi. Guruhlardagi holat va murabbiylar fikri Yangiliklar

JCH-2026 saralash bosqichi. Guruhlardagi holat va murabbiylar fikri

2026 yilgi jahon chempionati Osiyo mintaqasi saralashi 3-bosqichidan o'rin olgan 5-tur o'yinlari yakunlandi.

"A" guruhi

KXDR - Eron - 2:3
Hakamlar:
Sadullo Gulmurodi, Hasan Karimov, Vafo Karaev, Nasrullo Kabirov (barchasi Tojikiston)
VAR: Sivakorn Pu Udom (Tailand)
AVAR: Vivat Jumpaoon (Tailand)

Gollar: Mehdi Gayedi 29, - 0:1. Muhammad Mohebbi 41, - 0:2. Muhammad Mohebbi 45, - 0:3. Mehdi Taremi 56 avtogol, - 1:3. Kim YU Song 60, - 2:3.

Golga aylanmagan penalti: Mehdi Taremi 67 (darvozabon).

KXDR: 1.Kang Ju Xyok, 3.Jang Kuk CHol (S), 4.Kim Pom Xyok, 6.Kyo Tam (15.Ri Un CHol, 68), 9.Ri Jo Guk (23.Jong Kum Song, 90), 10.Xan Kvang Song (11.Jong Il Gvan, 73), 12.CHoe Ju Song, 14.CHoe Ok CHol, 16.Kim YU Song (22.Pak Kvang Xun, 68), 17.Kang Kuk CHol, 20.Paek CHung Song.
Zaxira: 18.Sin Tae Song, 21.YU Kvang Jun, 2.Kim Jin Xyok, 5.Kim Kum CHon, 7.Ri Xun, 14.Sin Kvang Nam, 19.Kim Song Xyo.
Bosh murabbiy: Sin Yon Nam.

Eron: 1.Alirizo Beyranvand, 2.Ali Nemati, 4.SHojai Halilozoda, 5.Milad Muhammadi, 6.Said Izzatullohi, 8.Muhammad Mohebbi (21.Omid Nurafkan, 81), 9.Mehdi Taremi (19.SHahriyor Moganlu, 81), 10.Mehdi Gayedi (13.Hussayn Kanani, 54), 17.Sayid Muhammad Karimi (3.Muhammad Gorbani, 68), 20.Sardor Azmun (7.Alirizo Jahonbahsh, 68), 23.Arya Yusufi.
Zaxira: 12.Payam Niyazmand, 22.Sayid Hussayn Hussayni, 11.Ali Golizoda, 14.Amin Hazbavi, 15.Ruzbe CHeshmi, 16.Muhammad Javad, 18.Amirhussayn Hussayinzoda.
Bosh murabbiy: Amir Galenoi.

Ogohlantirishlar: Ri Jo Guk 1, Kang Kuk CHol 33, Arya Yusufi 72,

CHetlatish: SHojai Halilzoda 52. 

Murabbiylar fikri

Sin Yon Nam (SHimoliy Koreya bosh murabbiyi): "Bugun o'yin kutilganidek kechmadi, futbolchilarda haddan tashqari asabiy holat kuzatildi. Biz tayyorlagan taktika va strategiyalar ish bermagan bo'lsa-da, ikkinchi bo'limda o'zimizni o'nglab olib, ikki marta gol urishga erishdik. Oldinga siljish uchun xatolardan xulosa chiqarishimiz zarur".

Amir G'alinoi (Eron bosh murabbiyi):"Bugungi o'yin biz uchun juda muhim saboq bo'ldi, bir-biridan mutlaqo farq qiladigan ikki taym guvohiga aylandik. Birinchi bo'limda ajoyib o'yin namoyish etib, uchta gol urdik va SHimoliy Koreyaga hech qanday imkoniyat qoldirmadik, ammo ikkinchi bo'limda o'yinchilarimizdan biri chetlatilgach, o'yinimizda pasayish kuzatildi. Tanaffus payti katta farq bilan oldinda borayotganimizga qaramay, futbolchilarga hisobni durang sifatida tasavvur qilgan holda o'yinni davom ettirish kerakligini cqtirdik, chunki Koreya Xalq Demokratik Respublikasi xavfli jamoa va ularning oldingi o'yinlari ularni past baholash mumkin emasligini ko'rsatdi".

Qatar - O'zbekiston 3:2
14 noyabr 2024 yil. Doha, "Jassim bin Hamad" stadioni. 21:15 (Toshkent vaqti)
Hakamlar:
Kim Jong Xyok, Park Kyung Yong, Jang Jong Pil, CHae Sang Xyop (barchasi Koreya Respublikasi)
VAR: Kim Xigon (Koreya Respublikasi)
AVAR: CHoi Xyunjai (Koreya Respublikasi).

Gollar: 1:0 — 26, Almoez Ali, 2:0 — 41, Almoez Ali, 2:1 — 75, Abbos Fayzullaev, 2:2 — 80, Abbos Fayzullaev, 3:2 — 90+12, Lukas Mendes.

Qatar: 22.Meshal Barsham, 4.Muhammad Vaad, 5.Tari Salmon (9.Muhammad Muntari, 87), 7.Ahmad al-Ganehi (6.Abdul Aziz Hatim, 69), 10.Akram Afif, 12.Lukas Mendes, 13.Ibrohim Muhammad (11.Yusuf Abdurisag, 87), 15.Bassam Al Ravi (3.Abdulla Al Yazidi, 78), 16.Bualem Xuxi, 19.Almoez Ali, 20.Ahmed Fati Abdulla.
Zaxira: 1.Saad Al SHib, 21.Marvan SHerif Badreldin, 2.Al Mahdi Ali Muxtor, 8.Jassim Jobir Abdulsalam, 14.Homam Ahmed, 17.Mustafo Tariq Mashal, 18.Sulton Al Brake, 23.Abdulrahmon Fahmi Mustafo.

O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Otabek SHukurov (8.Jamshid Iskanderov, 65), 9.Odil Hamrobekov, 13.SHerzod Nasrullaev (8.Jamshid Iskanderov, 65), 14.Eldor SHomurodov (10.Jaloliddin Masharipov, 22), 18.Abdulla Abdullaev (17.Bobir Abdixoliqov, 45), 19.Azizbek Turg'unboev (5.Rustam Ashurmatov, 90+1), 22.Abbosbek Fazullaev, 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 16.Botirali Ergashev, 4.Farruh Sayfiev, 6.Akmal Mozgovoy, 11.Azizbek Amonov, 15.Umar Eshmurodov, 20.Hojimat Erkinov, 21.Abdurauf Bo'riev.

Ogohlantirishlar: Ahmad Fati (64), Jaloliddin Masharipov (73), Muhammad Vaad (90+2).

Murabbiylar fikri

Markes Lopes (Qatar bosh murabbiyi): "Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik va barcha jabhalarda raqibdan ustunroq edik. Tanaffusdan keyin jamoam o'yinida pasayish kuzatildi. O'zbekiston o'yinni o'z qo'liga oldi.

Qiyin o'yin bo'lgani shubhasiz. O'zbekiston terma jamoasining hujum chizig'i kuchli ekanligini bilardim. Raqibimiz o'yin davomida taktik uslubini o'zgartirgani ham bizga qiyinchilik tug'dirdi. So'nggi soniyalarda g'alaba golini kirita oldik. Futbolchilarimning butun o'yin davomida ko'rsatgan kuchli matonati va namoyon etgan xarakteri uchun juda minnatdorman".

Srechko Katanec (O'zbekiston bosh murabbiyi): "Birinchi bo'limda yo'q joydan ikkita gol o'tkazib yubordik. Keyin o'zimizni o'nglab ikkita gol urdik. Bu futbol, biz oxirida gol o'tkazib mag'lubiyatga uchradik. Qanday qilib so'nggi daqiqada oddiy gol o'tkazdik, buni bilmayman. Ancha paytdan beri mag'lubiyatga uchramayotgan edik, shuning uchun bu muxlislar uchun og'ir. Oldimizda yana 5 ta o'yin bor".

BAA - Qirg'iz Respublikasi 3:0

Gollar: Xarib Abdalla (15, 89), Markus Vinisius (35).

BAA: 17.Holid Eysa, 3.Zayid Sulton Al Zaabi (19.Xolid Ibrohim Al Dhanhani, 66), 9.Xarib Abdalla, 10.Fabio De Lima, 11.Kayo Kanedo (23.Bruno De Oliveyra, 73), 12.Xalifa Muborak Al Hammadi (5. Kuame Kuadio, 46), 12.Muhammad Umar Al Attas, 14.Markus Vinisius, 15.Yahyo Nodir (6.Majid Rashid Al Mehrzi, 81), 18.Makkenzi Xant (21.Issam Faiz, 72), 20.Yahyo Al Gassani.

Qirg'iz Respublikasi: 1.Erjan Tokotaev, 2.Valeriy Kichin (15.Maqsat Aliqulov, 86), 3.Tamirlan Kozubaev, 7.Joel Kojo (11.Kimi Merk, 71), 10.Guljigit Aliqulov, 12.Odiljon Abdurahmonov, 17.Eldiar Zaripbekov, 18.Qayrat Jirgalbek Uulu (9.Beknaz Almazbekov, 61), 19.Ermek Kenjebaev, 21.Kay Merk (14.Aleksandr Mishchenko, 71), 22.Alimardon SHukurov.

Murabbiylar fikri

Paulu Bentu (BAA bosh murabbiyi): "Bugun muhim g'alabani qo'lga kiritdik va ko'rsatgan o'yinimiz bilan bunga munosib edik. Birinchi bo'limda raqib hujumlaridan xavfsiradik, ammo ikkinchi bo'limda o'z o'yinimizni alo darajada namoyish etdik".

Turnir jadvali

#Jamoa nomiO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
1.Eron54109-313
2.O'zbekiston53117-510
3.BAA52127-47
4.Qatar521210-127
5.Qirg'iz Respublikasi51044-103
6.SHimoliy Koreya50235-82


6-tur

19 noyabr

SHimoliy Koreya — O'zbekiston

Qirg'iz Respublikasi — Eron

BAA — Qatar

"B" guruhi

Kuvayt - Janubiy Koreya 1:3

Gollar: Ox Se-Xun (10), Son Xen-Min (19-p), Muhammad Daham (60), Bae Jun-Xo (74).

Kuvayt - Holid al-Rashidi, Sami al-Sani (Otman al-Dosari, 71), Hasan al-Enezi, Holid Ibrohim, Meshar al-Enezi (Ahmad al-Dhifri, 71), Eyd Nosir (Yusuf Nosir, 71), Redxa Xani, Atbi Solih (Sulton al-Enezi, 61), Moat al-Dafiri (Yusuf Majid, 58), Muhammad Daham, Salmon Muhammad.

Janubiy Koreya - Jo Xyon-Vu, Li Myung-Jae (Li Tae-Sok, 64), Kim Min-Jae, YU Min-CHo, Seol Yung-Vu, Park Yong-Vu, Xvang In-Beom (Paik Seong-Xo, 75), Son Xen-Min (Bae Jun-Xo, 64), Li Jae-Sung (Li Xyun-Ju, 81), Li Kan-In, Ox Se-Xun (Ox Xyeon-Gyu, 81).

Murabbiylar fikri

Xuan Antonio Picci (Kuvayt bosh murabbiyi): "Dunyoning eng kuchli jamoalardan biri bo'lgan Janubiy Koreyaga mag'lub bo'ldik. SHogirdlarim ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadi. Agar shu darajada o'yin namoyish etishda davom etsak, qolgan o'yinlarda ham ijobiy natijalarga erishamiz".

Xon Myon Bo (Janubiy Koreya bosh murabbiyi): "Men terma jamoa murabbiyligiga kirishganimdan beri miyamda bitta oddiy, ammo aniq g'oya mavjud. U ham bo'lsa, jahon chempionatiga yo'l olish. Bugungi o'yinda ikki taym bir-biridan unchalik farq qilmadi, lekin ikkinchi taymda gol o'tkazib yuborganimiz achinarli bo'ldi. Ammo shu oydagi ikki safar o'yinidan birinchisida g'alaba qozonish juda yaxshi bo'ldi. Biz boshidanoq raqib ustidan hukmronlik o'rnatdik va ilk golni erta kiritdik. Rejalarimizni juda yaxshi amalga oshirdik. Menimcha, bizning futbolchilarimiz ikki gol hisobidagi ustunlikdan so'ng biroz bo'shashdi. Biz juda ehtiyotsiz harakatlandik. Odatda, shunday vaziyatlarda gol o'tkazib yuborishga moilmiz. Ammo biz javob qaytarishga va uchinchi golni kiritishga muvaffaq bo'ldik, o'yinchilarim buning uchun maqtovga loyiq".

O'mon — Falastin 1:0

Gol:  Al Gassani (83)

Murabbiylar fikri

Rashid Jabbor (O'mon bosh murabbiyi): "O'mon jamoasi uch ochkoga juda muhtoj edi. SHogirdlarim o'z maqsadlari sari olg'a borgani va qiyinchiliklarga qaramay, kerakli natijaga erishganini etirof etmoqchiman. Kelgusi o'yinlar oldidan yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlashimiz zarur". 

Makram Dabo (Falastin bosh murabbiyi): "O'mon jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Biz uchun og'ir natija bo'ldi, mag'lubiyatga loyiq emasdik. Ko'p imkoniyatlardan foydalana olmadik, tarkibda o'zgarishlar qilishga majbur bo'ldik, umuman olganda, omadimiz kelmadi. Endi keyingi o'yinlarga etibor qaratamiz".

Iroq — Iordaniya 0:0

Murabbiylar fikri

Xesus Kasas (Iroq bosh murabbiyi):"Futbolchilar o'yin davomida berilgan barcha ko'rsatmalarni to'liq bajara olmadi. Natijani o'z foydamizga hal qilishi mumkin bo'lgan imkoniyatlarni boy berdik. Mundial yo'llanmasi uchun kurash oxirigacha davom etadi. Iroqdagi muammo shundaki, ommaviy axborot vositalari va muxlislar o'yinchilarga juda katta masuliyat va bosim yuklaydi, bu esa jamoaga foyda keltirmaydi".

Jamal Al Salomi (Iordaniya bosh murabbiyi): "Iroqqa qarshi o'yinda durang ham muhim ahamiyatga ega, chunki bu o'yinni safarda o'tkazdik. "Mesopatamiya sherlari", asosan, standart vaziyatlardan xavf solishga urindi, chunki ularning tarkibida baland bo'yli o'yinchilar bor, bizda esa hujumda samaradorlik etishmadi".

Turnir jadvali

#Jamoa nomiO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
1.Janubiy Koreya541011-413
2.Iordaniya52218-48
3.Iroq52214-38
4.O'mon52036-86
5.Kuvayt50324-103
6.Falastin50233-72


6-tur

19 noyabr

Falastin — Janubiy Koreya

O'mon — Iroq

Kuvayt — Iordaniya

"C" guruhi

Avstraliya - Saudiya Arabistoni - 0:0
Hakamlar:
Odil Ali Al Naqbi, Ahmad Said Al Rashdi, Sobit Obayd Al Ali, Ahmad Eysa Darvish (barchasi BAA)
VAR: Yahyo Ali Al Mulla (BAA)
AVAR: Easa Xalifa Al Xajeri (BAA).

Avstraliya: 18.Joe Gauchi, 3.Lyus Miller, 5.Jordan Bos, 8.Jeyson Geria, 19.Xarri Suttar, 21.Kameron Burgess, 10.Aydin Xrustich (7.Nishan Velupillay, 46) (6.Entoni Kaseres, 74), 13.Ayden O'Nil (9.Kusini Yengi, 90), 14.Rayli Makgri, 22.Jekson Irvin (S), 15.Mitchell Dyuk (11.Brendon Borello, 74).
Zaxira: 1.Metyu Rayan, 12.Pol Izzo, 2.Milosh Degenek, 4.Kay Roules, 16.Aziz Behich, 20.Maks Balard, 23.Rayan Grant, 17.Patrik Yazbek.
Bosh murabbiy: Toni Popovich.

Saudiya Arabistoni: 22.Ahmad Al Kassar, 5.Ali Al Bulayhi, 12.Saud Abdulhamid, 13.Yosir Al SHahroni (S), 17.Hassan Al Tambakti, 6.Nosir Al Davsari, 8.Marvan Al Sahafi (3.Avn Al Saluli, 88), 16.Faysal Al Gamdi (2.Sultan Al G'annam, 88), 9.Firas Al Braykan, 10.Musab Al Juvayr (15.Abdulloh Al Haybari, 57), 11.Solih Al SHehri (14.Abdulloh Al Hamdan, 57).
Zaxira: 1.Muhammad Al Yami, 21.Hamid Al SHanqiti, 4.Ali Lajami, 18.Saad Al Nosir, 23.Ayman Fallatah, 19.Muhammad Al Qahtoni, 20.Abdulloh Radif.
Bosh murabbiy: Erve Renar.

Ogohlantirishlar: Ahmad Al Kassar 16, Ali Al Bulayhi 63, Rayli Makgri 65, Jeyson Geria 90. 

Murabbiylar fikri

Toni Popovich (Avstraliya bosh murabbiyi):"CHindan ham qiyin o'yin o'tkazdik, haqiqiy jahon chempionati saralash bosqichi to'qnashuvi guvohiga aylandik. Raqib birinchi bo'limda shijoat ko'rsatishdi va biz bunga yaxshi moslasha olmadik. Biz biroz holsiz ko'ridik. To'pni ko'p egallamasdan, bosim o'tkazish orqali ikkita juda yaxshi vaziyat yaratdik, ehtimol, ulardan birida gol urishimiz kerak edi. Ammo ikkinchi bo'limda o'yinni nazoratimizga oldik, deb o'ylayman. Umuman olganda, hali ko'p o'yinlar bor, endilikda Bahraynga yo'l olamiz".

Erve Renar (Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi): "Biz bu o'yinning qiyin bo'lishini oldindan bilardik va aynan shunday bo'ldi. Bizda ko'plab o'yinchilar safda emas, shu bois yosh jamoa bilan kuchli o'yin namoyishga etishga majbur edik. Lekin ularga tasannolar aytaman. Biz muntazam yaxshi o'yin ko'rsata olmadik, ammo bugun maydonda kuchli edik. Avstraliya jamoasi yaqinda Yaponiyada durang o'ynadi va yangi murabbiy boshchiligida Xitoyni mag'lub etdi, shuning uchun qiyin uchrashuv bo'lishi aniq edi. Biz bir ochko olishga erishdik. Hozir guruhning o'rta pog'onasidamiz, bundan keyin har bir o'yin hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi".

Bahrayn — Xitoy 0:1

Gol: Jang Yuning (90+1)

Dragan Talayich (Bahrayn bosh murabbiyi): "Biz bu o'yinda mag'lubiyatga loyiq emasdik. Natija uchun men javobgarman, ammo sizlarga vada beraman, biz 2026 yilgi jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritamiz".

Branko Ivankovich (Xitoy bosh murabbiyi):"Avvalo, shogirdlarimni ushbu ulkan g'alaba bilan tabriklamoqchiman. Bugun og'ir o'yin bo'ldi, ammo ko'rsatgan o'yinimiz g'alabaga munosib edi. Avval takidlaganimdek, Bahrayn kuchli jamoa va bu biz uchrashuv juda qiyin bo'lishini bilardik. O'yinchilarimiz astoydil ter to'kib, matonat bilan kurashdilar. Ularning barchasi bugungi o'yinda qahramonlik ko'rsatib, bizga mana shu qimmatli g'alabani tuhfa etishdi".

Indoneziya — Yaponiya 0:4 

Gollar: Jasten Habner (35 avt.), Minamino (40), Morita (49), Sugavara (69)

Murabbiylar fikri

Sin Txe Yon (Indoneziya bosh murabbiyi):"Futbol shunday o'yinki, ishtirokchilar uchun o'yin tugagunga qadar, yani 90 daqiqa davomida o'z darajasini saqlab qolish oson emas. Uchrashuv boshida bizda ajoyib imkoniyat bor edi. Ammo Ragnar undan unumli foydalana olmadi, aynan shu sababli mag'lub bo'ldik. Agar birinchi bo'lib gol ura olganimizda, natija boshqacha bo'lishi mumkin edi".

Xadzime Moriyasu (Yaponiya bosh murabbiyi): "Menimcha, o'yin boshida Indoneziya bir-ikki jiddiy hujum qilishga uringan bo'lsa-da, jamoamiz ularni bartaraf etishga erishdi. Biz duch kelgan xavfli vaziyatlarga bardosh berib, qatiyat bilan harakat qildik va bu g'alabamizga zamin yaratdi".


#Jamoa nomiO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
1.Yaponiya541019-113
2.Avstraliya51314-36
3.Saudiya Arabistoni51313-46
4.Xitoy52035-136
5.Bahrayn51223-85
6.Indoneziya50324-93


6-tur

19 noyabr

Xitoy — Yaponiya

Indoneziya — Saudiya Arabistoni

Bahrayn — Avstraliya


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

+4   
16 noy 07:02:10
Soccerland777
Мақола учун раҳмат!
+3   
16 noy 18:27:05
Rasul Matkarimov
Faxriddin foydalanuvchining fikriga javob berish
Катанисни кулида 20очко борми.катанис эрон Билан уйинда 2 очко бой берди ,катарга катанис ютказди.буни тушуниш учун фолбин булиши керакмас.фолбинга ишинг куп тушса керак . катанискимнг булади манга бундай ёзяпсан.рузикул бердиев катанесдан кучли шуни билдим.ёш боласан .ёмон сукким келди лекин ИТ тишласа Ман итни тишламайман
Bundan oldin eron yutilib yurganmidi..Katanes kelgach ikkinchi taymlarda qoshayapdi Uzbekiston oldinlari otirishardi Exxe deb...
+3   
16 noy 12:43:31
Dilshod Raxmatov
Азим Исмаилов foydalanuvchining fikriga javob berish
Булмаган гап Эсимда бир пайтлар акшга 0-3 ютказганимиздан сунг кейинги уйинда шомуродов майдонга тушмаганида мексикага карши дахшатли уйин килинганди шу ишни катанец Футболчилар билан Яна бир бор такрорласа булди
Айтганингиз келсин,мен адашган бўлай,лекин терма командамизнинг асосий ўйинчилари(Шомурадов,Шукуров)нинг йўқлиги,мағлубиятдан кейин ўйинчиларимизнинг руҳий ҳолати мени шундай фиклашга мажбур қилаяпти.
+2   
16 noy 12:29:38
Dilshod Raxmatov
Ассалому алайкум қадрдон футболсевар дўстлар.Хафа бўлманглар,Ўзбекистон 19 ноябрда КНДР билан дуранг ўйнаса буни катта ютуқ сифатида қабул қилиш керак,аммо минг афсуслар бўлсинки ютқазиб қўйиш эҳтимоли анча юқори.Ўзларингни шундай натижа бўлиши мумкинлигига ҳозирдан тайёрлаб боринглар.Чунки ҳақиқий футбол ишқибози терма командамиз ютқазиб қўйса инфаркт ёки инсульт бўлиб қолиши мумкин.Нима бўлганда ҳам терма командамизга омад тилайман.
+2   
16 noy 10:12:07
Faxriddin
Aminboy foydalanuvchining fikriga javob berish
Кандай алмаштирилади 2урдаги 10очко ишониш керак тренера янгиси мослангунча поезд кетади
Катанес янги мураббийдай Гап .касалхонадан шундай чикиб катарга келди уйнатди.кур курона ,Ким канака ахволда билгани хам йук
+2   
16 noy 09:59:59
Aminboy
Faxriddin foydalanuvchining fikriga javob berish
2ютсак ,3ютсак чикамиз бекор гап.10уйин булса максимально 30 буладиган булса камида 22 ,24 очко керак.шундай экан 2 та уйда 2та чужойда ютмасак 2 урин оломамиз.10очко хали 40%дегани.шу учун хозир тренерни алмаштириш керак.катанес ш кореяни ютомайди.сабаби у ишонган уйинчилар жарохат олди.кеча катардан кейин срази катанисни хайдаш керак эди.футболчилар кулидан келганидан ортигини килади,катанес имзоси 0лиги билиниб колди.ш Корея Билан уйиндан кейин булса хам катанисни хайдаш керак.шу таркиб Билан р бердиев бемалол олиб чикади
Кандай алмаштирилади 2урдаги 10очко ишониш керак тренера янгиси мослангунча поезд кетади
+2   
16 noy 09:47:48
Bahodir
Faxriddin foydalanuvchining fikriga javob berish
2ютсак ,3ютсак чикамиз бекор гап.10уйин булса максимально 30 буладиган булса камида 22 ,24 очко керак.шундай экан 2 та уйда 2та чужойда ютмасак 2 урин оломамиз.10очко хали 40%дегани.шу учун хозир тренерни алмаштириш керак.катанес ш кореяни ютомайди.сабаби у ишонган уйинчилар жарохат олди.кеча катардан кейин срази катанисни хайдаш керак эди.футболчилар кулидан келганидан ортигини килади,катанес имзоси 0лиги билиниб колди.ш Корея Билан уйиндан кейин булса хам катанисни хайдаш керак.шу таркиб Билан р бердиев бемалол олиб чикади
Бекорни айтибсиз 2 та ютсак чикамиз.
Бразилямизмидик 20 очко тўплаб, хатто бразиля хам очко йўқотяпти саралашда хамма жон жахди билан ўйнаяпти ўзимизни даражамизни билиб олишимиз керак. Максималний харакат қилиш керак сабабини қилсак муносиб бўлсак чиқамиз (агар тизимда ғирромлик бўлмаса)
+2   
16 noy 09:21:56
Ааа Ууу
Нимага бизнинг гурухдаги очколар курсатилмаган ёки фақат менга куринмай турибдими
+2   
16 noy 08:54:53
Faxriddin
2ютсак ,3ютсак чикамиз бекор гап.10уйин булса максимально 30 буладиган булса камида 22 ,24 очко керак.шундай экан 2 та уйда 2та чужойда ютмасак 2 урин оломамиз.10очко хали 40%дегани.шу учун хозир тренерни алмаштириш керак.катанес ш кореяни ютомайди.сабаби у ишонган уйинчилар жарохат олди.кеча катардан кейин срази катанисни хайдаш керак эди.футболчилар кулидан келганидан ортигини килади,катанес имзоси 0лиги билиниб колди.ш Корея Билан уйиндан кейин булса хам катанисни хайдаш керак.шу таркиб Билан р бердиев бемалол олиб чикади
+2   
16 noy 08:34:02
Shahi
FIFA ga Appelatsiya bersin O'zbekiston ko'rib chiqsin!!
+2   
16 noy 07:45:09
Азим Исмаилов
Эрон Ж.Корея Япония деярли чикиб булди колган 3 та тугридан тугри йулланма учун кураш энди авжига чикади
катанецга эса маглубият дарс булади деган умиддаман
Ш Кореяни ютишимиз шарт оркага йул йук
олга Узбекистон
+2   
16 noy 07:14:53
Jurayev Zafar
Bu Qatar qanday qilib boʻlsayam yutdi hakamgayam yaxshila uzatishdi mayli keyngi oʻyinlarda yutamiz termamiz juda kuchli
+1   
17 noy 00:36:09
Leader RM
Шу Рузикул Бердиев деганлар олдимдан чикса кулогини тагига тортворардим.
+1   
16 noy 23:30:15
Ааа Ууу
Odilbek Abdushukurov foydalanuvchining fikriga javob berish
Jadvalni chapga suring barmoq bilan. O‘ng tarafda oxirida ochkolar soni chiqadi.
Рахмат!
+1   
16 noy 18:57:36
Faxriddin
Rasul Matkarimov foydalanuvchining fikriga javob berish
Bundan oldin eron yutilib yurganmidi..Katanes kelgach ikkinchi taymlarda qoshayapdi Uzbekiston oldinlari otirishardi Exxe deb...
Эронни уйда 1киши Кам буб ютолмаса жч нима бор.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика