JCH-2026. Osiyoda beshinchi saralash bosqichi o'yinlarining sanalari malum bo'ldi
22 okt 18:24
Yangiliklar
JCH-2026. Osiyoda beshinchi saralash bosqichi o'yinlarining sanalari malum bo'ldi
JCH-2026 saralash bahslari davom etmoqda.
Noyabrdagi FIFA kunlarida Osiyoda JCH-2026 beshinchi saralash raundining o'yinlari bo'lib o'tadi. To'rtinchi bosqichda ikkinchi o'rinni olgan jamoalar (BAA va Iroq) beshinchi raundda o'zaro to'qnash keladi. OFK rasmiy sayti ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yinlar sanalarini elon qildi.
13 noyabr, Abu-Dabi
BAA - Iroq
18 noyabr, Basra
Iroq - BAA
Ushbu raund g'olibi 2026 yil mart oyida Meksikada o'tkaziladigan Konfederaciyalararo JCH-2026 pley-off bahslarida qatnashadi. So'nggi bosqichda Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika (2ta), Janubiy Amerika va Okeaniya vakillari ishtirok etadi. Meksikadagi saralashda 2ta jamoa JCH yo'llanmasiga ega chiqadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar