So’nggi yangiliklar

14:27"Реал" собиқ футболчиси 48 ёшида ҳаётдан кўз юмди  0 14:00Breaking! Корея Республикаси ҳам 2031 йилги Осиё Кубогига мезбонлик қилмоқчи  3 13:36"Месси "Барселона"га қайтишига ишонаман"  2 13:09"Арсенал" ва "Барселона" "Эспаньол" дарвозабони билан шартнома имзоламоқчи  0 12:42Гвардиол, Бальде, Менди... FourFourTwo дунёнинг энг яхши чап қанот ҳимоячилари рейтингини тузди  4 12:16FourFourTwo дунёнинг энг яхши таянч ярим ҳимоячилари рейтингини эълон қилди  8 11:49​"Олимпик" собиқ футболчиси Қозоғистон клубига йўл олди  0 11:20"Бавария" спорт клуби аъзолари сони бўйича рекорд ўрнатди  0 10:48Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  13 10:03ПСЖ «Бавария» етакчисини текинга қўлга киритиши мумкин  2 09:25Sofascore. Ҳожимат Эркинов ва унинг шериклари «Ал Айн»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  1 08:47Салоҳ Италия клуби билан музокара олиб бормоқда  8 08:10Жаҳоннинг энг яхши марказий ярим ҳимоячилари рейтинги тузилди (топ-10)  12 07:35«Милан» ҳимоячиси ёзда «Манчестер Сити»га ўтиши мумкин  0 02:50АПЛ. "Лестер" сўнгги 12 ўйиндаги 11-мағлубиятини қайд этди  2

JCH-2022. Franciya Tunisga yutqazdi, lekin guruhda peshqadam sifatida pley-offga yo'l oldi Yangiliklar

JCH-2022. Franciya Tunisga yutqazdi, lekin guruhda peshqadam sifatida pley-offga yo'l oldi

Teglar :  FranciyaTunis
Jahon chempionatining 3-turidan o'rin olgan Tunis - Franciya uchrashuvi yakunlandi.

O'yinda Tunis 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Franciya garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, guruhda 1-o'rinni egallab, 1/8 finalga yo'l oldi. 


Tunis – Franciya 1:0

Gol: Xazri 58.

30 noyabr, 20.00, «Education City Stadium»

Tunis – Damen, Keshrida, Gandri, Merya, Talbi, Maalul, Sxiri, Laiduni, Ben-Romdan (SHalali, 74), Sliman (Abdi, 83), Xazri (Jebali, 59).

Franciya – Mandanda, Disasi, Varan (Saliba, 63), Konate, Kamavinga, Veretu (Rabo, 63), Tchuameni, Fofana (Grizmann, 73), Genduzi (Dembele, 79), Koman (Mbappe, 63), Kolo-Muani.

Ogohlantirishlar: Keshrida 28.


Ushbu sahifa orqali uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatishingiz mumkin bo'ldi.


MATNLI TRANSLYACIYA


102. Uchrashuv yakunlandi!


100. VAR golni bekor qildi. 


98. GOOOOL! Grizmann so'nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirmoqda! O'ng oyoqdagi kuchli zarba va gol. Yo'q, gol hisoblanmadi. Grizmann o'yindan tashqari holatda ekan!


94. Tunisliklar ketma-ket o'yin qoidalarini buzishmoqda. Franciya esa so'nggi daqiqani hujumda o'tkazyapti. 


90. Hakam 2-bo'limga 8 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 


89. Mbappe chap qanotdan reyd uyushtirdi. Uning zarbasini darvozabon Damen bartaraf etdi. 


85. Evropaliklarning yana bir hujumi samarasiz yakunlandi. 


80. Franuzlar oldinga o'tishmoqda. Yangi tushgan futbolchilar hisobiga jamoa hujumlar sonini oshirdi. 


79. Franciyada so'nggi o'zgarish: Genduzi o'rniga Dembele o'yinni tugatib qo'yadi. 


78. O'yin tempi oshgan. Maydonda kurash kechmoqda. Mayda follar ham ko'paydi. 


75. Tunisda Ben-Romdan o'rniga CHaleli maydonga tushdi. 


73. Fafana o'rniga Grizmann tushirildi. 


70. Ammo Tunis ham hujumda davom etyapti. 


67. Uchta o'zgarishdan keyin Franciya ham oldinga o'ta boshlayapti. 


64. Franciyada biryo'la uchta o'zgarish: Varan, Koman va Veretu o'rniga Saliba, Mbappe, Rabo o'yinni davom ettiradi. 


62. Narigi uchrashuvda Avstraliya hisobni ochdi. 


60. Gol urgan Xazri maydonni tark etdi. Uning o'rniga uchrashuvni Jebali davom ettiradi.


58. GOOOOOOL!!!! Xazriiiii!!!! U bir necha futbolchi orasidan qochib ketgan holda Mandanda darvozasini ishg'ol etmoqda - 1:0!


56. Tunis faollikni yo'qotayotgani yo'q. Jamoada hali pley-off uchun imkoniyat bor. Bu paralell o'yindagi natijaga ham bog'liq. 


52. Layduniiii! Afrikaliklar yana oldinga o'tishdi. Ammo navbatdagi hujum ham samara bergani yo'q. 


48. Tunis sardori Xazri CHuameni bilan to'qnashuvda yiqilib tushdi. Ammo jarima zarbasi yo'q. 


IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!


Tanaffusda o'qish uchun: JCH-2022. Pley-off masalasini hal qilgan Franciya hali imkoniyatni yo'qotmagan Tunisga qarshi (PREVYU)


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!


45+2. Xazri uzoqdan zarba berdi. Ammo noaniq. 


45. Hakam 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 


44. Paralell ravishda o'tayotgan Tunis - Franciya uchrashuvida hamon 0:0 hisobi qayd etilmoqda. O'yindan matnli translyaciyani ham kuzatib borishingiz mumkin


43. Tunisning yana bir hujumi ofsayd bilan yakunlandi. 


39. Kamavinganing etkazib bergan to'piga jamoadoshlari etib kela olishmadi. 


35. Zarbaaa! Xazriiii! Uning chap oyoqdagi zarbasini Mandanda bartaraf etdi. 


33. Tunisliklarning navbatdagi hujumini Kamavinga bartaraf etdi. 


28. Keshrida Kamavingaga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka bila jazolandi. 


25. Xavfli vaziyayattttt! Komanning darvoza yaqinidan chap oyoqda bergan zarbasi noaniq bo'ldi. 


23. Ana endi o'yin maydonning Tunis darvozasi joylashgan qismiga ham o'tdi - Franciya hujum tashkil qila boshladi. 


19. Uchrashuvning 19-daqiqasiga kelib franciyaliklar ham oldinga o'ta boshlashdi. 


17. Tunis Franciyaning ikkinchi tarkibiga bosim qilmoqda. Francuzlar asosiy vaqtni himoyada o'tkazishmoqda. 


13. Kamavinga jarima maydonchasi ichida Xazrini yiqitdi. Ammo penalti yo'q. Davom etamiz. 


11. Tunisliklar hozircha birinchi raqam sifatida harakat qilishmoqda. 


8. GOOOL!!! Afsuski hisobga olinmadi.... Tunis futbolchisi Gandri hisobni ochgandi. Afsuski ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat qayd etildi. Hisob ochilmay qoldi. 


5. Tunis oldinga o'tmoqda. O'yindagi dastlabki burchak zarbasini afrikaliklar amalga oshirishdi. 


3. Qanotda Hazri va Kamavinga to'qnashuvi bo'ldi. Fol. 


- UCHRASHUV BOSHLANDI! Tunis boshlab berdi!


- Davlatlar madhiyasi yangramoqda. 


- Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Tunis va Franciya o'rtasidagi uchrashuvdan matnli translyaciyani boshlaymiz. 


Tunisia

Wahbi Khazri - 58'

World Cup Grp. D . 3-tur

30/11/2022, 20:00

0
:
1
Tugadi

France

Stadion: Education City Stadium, 43627 tomoshabin

Bosh hakam: Matthew Conger

45'
90'
28'  Wajdi Kechrida
58'  Wahbi Khazri
58'  Aissa Laidouni
60'  Wahbi Khazri (Issam Jebali)
74'  Mohamed Ali Ben Romdhane (Ghaylen Chaaleli)
83'  Anis Ben Slimane (Ali Abdi)
63'  Raphael Varane (William Saliba)
63'  Jordan Veretout (Adrien Rabiot)
63'  Kingsley Coman (Kylian Mbappe)
73'  Youssouf Fofana (Antoine Griezmann)
79'  Matteo Guendouzi (Ousmane Dembele)
90'  Antoine Griezmann

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика